• 4.1.3.Biznes-rejani ishlab chiqish ketma-ketligi. Nimadan boshlash kerak
  • Turizmda biznes-rejalashtirishning tarmoq xususiyatlari




    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana20.11.2023
    Hajmi203,2 Kb.
    #101694
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4.1-amaliy mashgulot.Turizmni rejalashtirish
    ssylka-na-spec-S2990, [S2985G и S2965] Руководство по настройке - копия, 2a, Biznes huquqi, Mavzu Ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish shartla
    Turizmda biznes-rejalashtirishning tarmoq xususiyatlari 
    Nomoddiy mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini rejalashtirish 
    oddiy ish emas. Xizmatlarni quyidagi kategoriyalar bilan tavsiflab bo’lmaydi:
    ishonchlilik, issiqqa chidamlilik, rasmiylashtirish, dizayn, og’irlik o’lchami, ya’ni 
    har qanday moddiy tovarni tavsiflashda qo’llaniladigan kategoriyalar bilan 
    ifodalash mumkin emas. Xizmatlar sezilmaydigan, olib qo’yib bo’lmaydigan, uni 
    iste’mol qilish davrida mijoz talabini qondirmasa, almashtirish yoki qaytirish 
    mumkin emas. Ayniqsa, bu turistik xizmatlarga tegishli hisoblanadi, chunki tur 
    xizmatni turist qoidaga ko’ra ularni ishlab chiqarish va iste’mol qilish joyidan 
    ancha uzoq masofada qabul qilib olgan bo’ladi. Mijozni tur xizmatni harid qilib 
    olishga ishontirish oson emas, chunki uni afzalligini yagona isboti bo’lib, mijozga 
    aynan bizning tashkilot xizmatlaridan foydalaning deb taklif qilingan kafolat 
    so’zlaridir, xolos.
    Turizm korxonalari faoliyatini rejalashtirishda biznes-rejani ishlab chiqish 
    yanada murrakab hisoblanadi. Oldin sanoat korxonalari tarmoq vazirligi tomonidan 
    ishlab chiqilgan reja bo’yicha faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, turizm bilan bog’liq 
    bo’lgan korxonalar faoliyati hech kim tomonidan, hech qachon rejalashtirlmagan. 
    Turizm xatto xalq /xo’jaligi tarmog’i bo’lib hisoblanmagan, undagi xizmatlarni
    ishlab chiqish yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritilmagan. Shuning uchun hozirda 
    turizm korxonalari o’z biznesini noldan boshlashga to’g’ri kelmoqda. 
    4.1.3.Biznes-rejani ishlab chiqish ketma-ketligi. 
    Nimadan boshlash kerak? 
    Amaliyot shuni ko’rsatadiki, rejani tuzish muvaffaqiyati va uni amalga 
    oshirishning natijasi ma’muriyatning harakatlariga bog’liq bo’ladi. Rahbariyat 
    quyidagilarga e’tibor berish zarur: 
    • Birinchidan, o’zi va boshqa ishtirokchilar uchun rejani tuzish zaruriyati 
    to’g’risida va uni tuzish to’g’risida qaror qabul qilishni talab qiladi. 
    Ikkinchidan, rejalashtirish jarayoniga ishtirok etuvchi ma’suliyatli, 
    javobgar xodimlarni tayinlash. Bundan tashqari quyidagilarni aniqlash zarur: 


    - ishda kim ishtirok etadi (odatda taqsimlovchi direktor va ma’muriyat); 
    - ishni tashkil qilish va chegaralari; 
    - ishda qatnashayotgan har-bir qatnashchining hissasi. 
    • Uchinchidan, rejani tuzish va yozish ustidan javobgar shaxslarni aniqlash; 
    • To’rtinchidan, ish grafigini tuzish va uni tamom qilish muddatlarini 
    aniqlash.
    Yangi korxona uchun yoki oldindan faoliyat ko’rsatib kelayotgan korxonalar 
    uchun biznes reja tuzilishiga bog’liq ravishda uning bo’limlarida ba’zi o’zgarishlar 
    kiritilishi mumkin. Agar korxona oldindan tashkil etilgan va bozorda faoliyat 
    ko’rsatayotgan bo’lsa, unda “Marketing shaxsiy resurslar tahlili” bo’limida 
    tashkiliy-huquqiy shakli, mulkchilik shakli, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi 
    xodimlar, ishlab chiqarish quvvatlari, bozor ulushi, korxona nufuzi va moliyaviy 
    holati, hamda yuqorida ko’rsatilgan ko’rsatkichlarga kiritilishi mumkin bo’lgan
    o’zgarishlar aks ettirilishi zarur.
    Agar korxona noldan tashkil etilayotgan bo’lsa, unda uning ta’sischilarini 
    (agar ular aniqlangan bo’lsa), uni kredit tarixi, faoliyat turlari, moliyaviy holatini 
    ko’rsatish kerak. 

    Download 203,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turizmda biznes-rejalashtirishning tarmoq xususiyatlari

    Download 203,2 Kb.
    Pdf ko'rish