• 1. Kompyuter xavfsizligi bilan bog‘liq ahloqiy qoidalar. Etika
  • Axborot etikasi
  • Kompyuter etikasi
  • 4-amaliy ish. Kompyuter xavfsizligi bilan bogʻliq ahloqiy muammolar va ularning turlari. Ishdan maqsad




    Download 2.07 Mb.
    bet1/6
    Sana08.04.2024
    Hajmi2.07 Mb.
    #191263
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1711433677 (2)
    Maqola, 576 17.09.2021, . Diskret tasodifiy, yakuniy javoblari to\'liq, M.T.Usmonov, Mavzu sql server muhitida “Mohiyat aloqa” modeli asosida ma’lum, Matnli-axborotni-qayta-ishlash-texnologiyasi.Бабаханова, 4780013063471-ru-letrizil-kapli-dlya-priema-vnutr-5-mgml-20-ml-1-22.11.2023, Moliya HUQUQIDAN USLUBIY MAJMUA, Fan nomi Raqamli kamera smenari mustaqil ish-fayllar.org, Reja Videofayllar. Analogli va raqamli video, ZpEkqf1FFe2PKIuEWOCbK8PW74gdp7vNJCh2Cjlm, 1-mavzu. Davlat-xususiy sherikligining mazmuni va mohiyati, 1. Кириш. Фаннинг максади ва вазифаси, ривожланиш тарихт, Mavzu Algebraik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda ax

    4-AMALIY ISH.
    KOMPYUTER XAVFSIZLIGI BILAN BOGʻLIQ AHLOQIY MUAMMOLAR VA ULARNING TURLARI.
    Ishdan maqsad: Kompyuter xavfsizligi bilan bog‘liq ahloqiy qoidalar, Ahloqiy muammolar, Ahloqiy muammolarning turlari.
    Ishni bajarish tartibi:
    1. Kompyuter xavfsizligi bilan bog‘liq ahloqiy qoidalar.
    2. Ahloqiy muammolarning turlari va ularga yechimlar
    1. Kompyuter xavfsizligi bilan bog‘liq ahloqiy qoidalar.
    Etika — shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U “toʻgʻri” – “notoʻgʻri”, “yaxshi” – “yomon” tushunchalarini tahlil qiladi.
    Axborot etikasi — axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan bogʻliq holatlarda yuzaga keladigan axloqiy muammolarni oʻrganadigan fan. Axborot etikasi kompyuter etikasi va axborot falsafasi bilan bogʻliq. Axborot axloqiy dilemmalari "axborot jamiyati"da muhim ahamiyat kasb etadi. Hozir ham axborot texnologiyalari mualliflik huquqini himoya qilish, intellektual erkinlik, mas’uliyat va xavfsizlik bilan bogʻliq asosiy inson huquqlariga taʼsir qiladi. Axborot etikasi axborotga egalik qilish, foydalanish, maxfiylik, xavfsizlik va umumiylik masalalarini hal qiladi.
    Kompyuter etikasi — Kompyuterlardan foydalanishni tartibga soluvchi axloqiy me'yorlar toʻplami. Bu jamiyatning kompyuterlardan, ham apparat, ham dasturiy ta'minotdan foydalanish haqidagi qarashlari. Maxfiylik muammolari, intellektual mulk huquqlari va jamiyatga ta'siri, kompyuter axloqining umumiy muammolaridan biridir. Shaxsiy hisoblash qurilmalaridan foydalanganimizda shaxsiy ma’lumotlarimiz muhofazasi va oʻzgalarning shaxsiy chegarasini hisobga olishimiz zarur.
    Kompyuter etikasi juda keng tushuncha boʻlib bunda “Ijtimoiy muhandislik” elimentlarini ham uchratish mumkin.
    Axloqiy tamoyillar axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarni xakerlardan ajratib turadigan narsadir. Misol uchun, ikkinchisi ma'lumotlarni oʻg‘irlashga harakat qilsa, birinchisi uni himoya qilishga harakat qiladi. Xakerlar ma'lumotlarga kirganda, undan g‘araz maqsadlarda foydalanadilar. Boshqa tomondan, xuddi shu ma'lumotlarga kirish huquqiga ega boʻlgan axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar ma'lumotlarning yaxlit va xavfsiz boʻlishini ta'minlash uchun oʻz mahoratlaridan foydalanadilar. Axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar ma'lumotlarning buzilishidan tortib "chuqur soxtalashtirish (deepfake)"gacha, inson shaxsiy hayotini izdan chiqarishga qaratilgan ahloqqa zid boʻlgan koʻplab tahdidlarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishadi. Ushbu axloqsiz onlayn harakatlar odamlar va biznesga chuqur ta'sir qiladi. Misol uchun, xaker kompaniya ma'lumotlarini oʻg‘irlashi mumkin, bu mijoz ma'lumotlarining daxilsizligi buzilishi mumkin. Kiberjinoyatchi ushbu ma'lumotlarni olib, “onlayn qorabozor” yani darknetda sotishi mumkin. Kiberxavfsizlik shaxsiy hayotni saqlash va shaxsiy ma'lumotlarni oʻg‘irlashdan himoya qilish uchun juda muhimdir.
    Dunyodagi koʻplab davlatlar qonunchiligida axborot va axborot texnalogiyalaridan foydalanishning axloqiy normalari ishlab chiqilgan.
    Koʻpgina davlatlarda ruxsatsiz rasmga olish, telefon qoʻng‘irog‘ini yozib olish, baland ovozda telefonda suhbatlashish va hattoki bazi davlatlardagi metro va tunellarda telefon va boshqa shunga oʻxshash qurilmalardan foydalanish ham taqiqlangan.

    Download 2.07 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 2.07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy ish. Kompyuter xavfsizligi bilan bogʻliq ahloqiy muammolar va ularning turlari. Ishdan maqsad

    Download 2.07 Mb.