4-amaliy mashg’ulot Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari




Download 35,33 Kb.
bet1/3
Sana26.09.2024
Hajmi35,33 Kb.
#272553
  1   2   3
Bog'liq
4-AMALIY MASHG\'ULOT


4-amaliy mashg’ulot
Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish.Ta'lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari. Matematikadan ma'ruza mashg‘ulotlarini axborot kommunikasiya texnologiyalari asosida tashkil etish maqsad va vazifalari, shart-sharoitlari.

Texnologiya (yunoncha-techne) so’zidan olingan bo’lib, moxirlik, ustalik, san’at yoki bir ishni uddalay olish demakdir, bu esa jarayondan boshqa narsa emas. Bu aniq bir jarayonga nisbatan qo’llaniladi. Jarayonlar esa odamlar tomonidan tanlangan va belgilangan strategiya asosida va turli vositalarni, usullarni qo’llab amalga oshiriladi. Axborot texnologiyasi- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar («Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda). Bundan tashqari axborot texnologiyalariga turli manbalarda turlicha ta’riflab keltirilgan: 1) Ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish, va ulardan foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va uslublari. 2) Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan tartibi. 3) Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari;


Keng ma’noda axborot texnologiyasi misolida idora cho’tidan foydalanish va kitoblarni bosib chiqarishni ko’rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan foydalanuvchi jarayonlarning sermehnatligini kamaytirish va ularning ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnikalardan optimal foydalanish bilan bog’liqdir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyalarining maqsadi - inson yoki tizim ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishdir. Axborot texnologiyalarining maqsadi-inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo’yicha qaror qabul qilishdir. Axborot texnologiyasi–obyekt-jarayon yoki hodisa (axborot mahsuloti)ning holati haqidagi yangi sifat axborotini olish uchun ma’lumotlar (boshlang’ich axboroti)ni to’plash, qayta ishlash va uzatishning vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanuvchi jarayondir. Telekommunikatsiyalar - signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o’tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash; telekommunikatsiyalar tarmog’i - uzatishlarning bip yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui; telekommunikatsiya vositalari - elektrmagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutasiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar;
telekommunikatsiyalar xizmatlari - operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli; Axborotli texnologiya tizim sifatida boshqarish subyektida shakllanadi, Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish subyektining ustqurmasi hisoblanadi.
Axborotli texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning bo’lishi shart: 1. Mutaxassislar;
2. Texnik vositalar;
3. Axborot resurslari va axborotlar.
Shuning uchun ham axborotli texnologiya boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig’ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi “inson mashina tizimi” deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan - axborotli texnologiyani yaratish tamoyillarini umumiy xolda to’rt qismga ajratish mumkin:

  • Iqtisodiy- tashkiliy tamoyillar

  • Texnikaviy tamoyillar. § Iqtisodiy tamoyillar.

  • Ijtimoiy tamoyillar.

Yuqorida keltirilgan qismlar ichida iqtisodiy-tashkiliy tamoyillar asosiy o’rinni egallaydi va bu qism tarkibiga quyidagi tamoyillarni kiritish mumkin:
1. Tizimli yondashish.
2. Uzluksiz rivojlanish.
3. Yagona raxbarlik.
4. Yangi masalalarni yechish.
5. Uzaro alokadorlik.
6. Ma’lumotlardan kup marta foydalanish.
Мультимедиа воситаларини таълимда қўллаш қуйидагиларга имконият яратади: · таълимнинг гуманизациялашувини таъминлаш; · ўқув жараёнининг самарадорлигини ошириш; · таълим олувчининг шахсий фазилатларини ривожлантириш (ўзлаштирганлик, билимга чанқоқлик, мустақил таълим олиш, ўзини ўзи тарбиялаш, ўзини ўзи камол топтиришга қаратилган қобилиятлилик, ижодий қобилиятлари, олган билимларини амалиётга қўллай олиши, ўрганишга бўлган қизиқиши, меҳнатга бўлган муносабати); · таълим олувчининг коммуникатив ва ижтимоий қобилиятларини ривожлантириш; · компьютер воситалари ва ахборот электрон таълим ресурслари ёрдамида ҳар бир шахснинг алоҳида (индивидуал) таълим олиши ҳисобига очиқ ва масофавий таълимни индивидуаллаштириш ва дифференциялаш имкониятлари сезиларли даражада кенгаяди; · таълим олувчига фаол билим олувчи субъект сифатида қараш, унинг қадр-қимматини тан олиш; · таълим олувчининг шахсий тажрибаси ва индивидуал хусусиятларини ҳисобга олиш; · мустақил ўқув фаолиятини олиб бориш, бунда таълим олувчи мустақил ўқиб ва ривожланиб боради; · таълим олувчиларда, ўзларининг касбий вазифаларини муваффақиятли бажариш учун ҳозирги тез ўзгарувчан ижтимоий шароитларга мослашувига ёрдам берадиган замонавий таълим технологияларидан фойдаланиш кўникмаларини ҳосил қилиш. Multimedia – kompyuterning axborotlarini rangli grafika, matn va grafikada effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, annimasiya, shuningdek, to’laqonli videokliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati. Multimediyali kitoblar – bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlangan (masalan, CD – ROM diskga) hamda matnli, ovozli, statik – dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan kitoblar. Yarimmediya kitoblar – multimedia kitoblardan farqli ravishda, ma’lumotlarni yetkazib berishda turli vositalarning (CD – ROM, magnit disk, qog’oz va h.k.) majmuasidan foydalanuv-- chi kitoblardir
Kompyuter imkoniyatlarini oshiruvchi yangi texnik va dasturiy vositalarning paydo bo’lishi sekin-asta "kompyuter texnologiyalari" atamasining "Axborot texnologiyalari" atamasi bilan siqib chiqarilishga olib kelmoqda. Bu atama ostida elektron vositalar yordamida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish, va ishlatish jarayonlari tushuniladi. Shunday qilib, ta’limni axborotlashtirish deganda o’quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi.
Didaktika quyidagi vazifalarni bajaradi:
- “nimaga”, “nimani”, “qanday” o’qitish kerak degan savollarga javob beradi;
- ta’limning sharoitini tasvirlaydi va tushuntiradi;
- o’quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirib va tarbiya bilan bog’lab ta’limning mohiyati, qonunlari va tamoyillarini tadqiq qiladi;
- ta’lim mazmunining pedagogik asoslarini aniqlaydi;
- yangi ta’lim tizimlarini, o’qitish texnologiyalarini, formalarini, metodalrini ishlab chiqadi;
- diagnostika (tashxis) tizimlarini, nazorat va ta’lim natijalarini loyihalaydi;
- turli ta’lim konuyepsiyalari asosida ta’lim natijalarini bashorat qiladi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari): ta’lim jarayoni, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil etish shakli. Bu terminalogiyaga mos holda ta’lim axborot texnologiyalarini (TAT) o’quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. Elektron vositalar tarkibiga qo’llanilishi TAT metodik qo’llanmalarida ko’rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi. TAT ning apparat, instrumental va dasturiy vositalarining jadal rivoji turli didaktik g’oyalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yaratmoqda. Lekin, o’zimizning va chet ellarning ta’limga ixtisoslashgan kompyuter tizimlarini ko’rib chiqar ekanmiz, ularning ko’pchiligini didaktik ko’rsatkichlarga ko’ra xattoki "qonikarli" ham deb bo’lmaydi. Gap shundaki, ta’limga muljallangan "yumshoq" mahsulotning sifat darajasi uni loyixalash jarayonida – AUT ma’lumotlar bazasini va elektron kitoblarni to’ldirayotganda, modellashtiruvchi tipdagi kompyuter tizimlari bilan ishlashni rejalarini tuzish, misol va masalalari ishlab chiqish jarayonlarida belgilanadi. Afsuski, TAT ning metodik ta’minoti texnik vositalar rivojidan ancha ortda qolmoqda. Buni metodik jihatdan TAT ni psixologiya, pedagogika, telematika, kibernetika, informatika singari murakkab fanlar bilan ishlashi bilan tushuntirsa bo’ladi. Kasbiy ta’lim uchun TAT ni yaratish aynan uning mavzusi sohasini, dars o’tish metodikasini yaxshi bilish zarurligi bilan ham qiyinlashadi.
Elektron o’quv adabiyotlari va ularni ishlab chiqishga qo’yilgan talablar. Keyingi paytlarda darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishga yangicha yondashuvlar paydo bo’lmoqda. Bu borada elektron o’quv adabiyotlarini yaratish o’zining ijobiy pedagogik samaralarini bermoqda. Bunda elektron kitoblar (multimedia kitoblar, yarim media kitoblar, gipremedia kitoblar, intellektual kitoblar, telemedia kitoblar, kibernetik kitoblar), elektron nashr, elektron ta’lim resurslari, elektron uslubiy qo’llanma, elektron forumlar, elektron shakldagi o’quv – uslubiy materiallar, elektron o’quv nashri va shu kabilarning ahamiyati beqiyos. Quyida ular tavsiflarini keltiramiz. Elektron darslik – bu an’anaviy darslikdan farqli o’laroq, fanga oid tegishli materiallarni dinamik talqinda, ya’ni foydalanuvchi e’tiborini jalb qiluvchi turli ranglardan, multimedia, audio va video animasiyalar, gipermurojaatlardan o’rinli foydalangan holda tuzilgan yoxud dasturlarshtirilgan darsliklar. U kompyuter texnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o’quv materiallari, ilmiy adabiyotlarning har tomonlama samarali o’zlashtirilishiga mo’ljallangan adabiyot. Shuningdek, u muayyan fanning o’quv hajmini to’liq qamragan va masofaviy o’qitish hamda mustaqil o’rganish uchun kompyuter texnologiyalariga asoslangan, bo’lib, unda materiallar (o’quv va ilmiy materiallar faqat virtual (matn) shaklida, o’quv materiallari esa virtual (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklida) multimedia elementlari, ya’ni ma’lumot ikki – uch o’lchamli grafik ko’rinishida, video, animasiya va qisman virtual (matn) shaklida, obyektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini ifodalaydigan shaklda yaratiladi. Elektron kitoblarni yaratish ta’lim tizimiga CD – ROM va multimedia texnologiyalarining keng joriy qilinishi, elektron o’quv adabiyotlarining ishlab chiqilishiga va ularning ta’lim - tarbiyada samarali qo’llanishiga katta imkoniyatlar yaratish jarayonidan iborat bo’ladi. Elektron kitoblar to’rtta yo’nalishdan iborat bo’ladi. Ular: Qomusiy; ma’lumot beruvchi; o’qituvchi; imtihon oluvchi. Elektron kitoblar axborot turlari va ularni foydalanuvchiga yetkazib berish bilan shug’ullanadi. Bunda multimediali kitoblar – bu axborotlarni bitta axborot tashuvchi vositasiga jamlagan bo’lib, u matnli, ovozli, statik, dinamik va videotasvirli ma’lumotlardan tashkil topgan bo’ladi.

Download 35,33 Kb.
  1   2   3




Download 35,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-amaliy mashg’ulot Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari

Download 35,33 Kb.