• Intellektual kitoblar
  • Elektron ta’lim resurslari
  • Elektron o’quv nashri
  • Elektron uslubiy qo’lanma
  • 4-amaliy mashg’ulot Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari




    Download 35,33 Kb.
    bet2/3
    Sana26.09.2024
    Hajmi35,33 Kb.
    #272553
    1   2   3
    Bog'liq
    4-AMALIY MASHG\'ULOT

    Yarimmedia kitoblar – bu multimedia kitoblardan farqli ravishda ma’lumotlarni yetkazib berishda turli vositalarning kombinatsiyasidan foydalanuvchi kitoblar.
    Gipermedia kitoblar – bu multimediali kitoblarning takomillashgan shakli bo’lib, bunda foydalanuvchi asosiy matndan tashqari turli qo’shimcha manbalarga ham (sharhlarga, atamalarning izohlariga, tuzatishlariga) murojaat qilishi mumkin.
    Intellektual kitoblar – bu imtihon oluvchi kitoblarga o’xshash bo’lib, bunda ta’lim oluvchilarning qobiliyatlari, bilim darajalari maxsus testlar yordamida ularning kompyuter bilan muloqot jarayonida aniqlanadi va baholanadi.
    Telemedia kitoblar – bu telekommunikatsiya vositalari yordamida masofadan o’qitishga xizmat qiluvchi kitobdir.
    Kibernetik kitoblar – bu matematik modellashtirish vositalari yordamida hodisalarni va obyektlarni har tomonlama o’rganish va tadqiq qilishga yordam beruvchi kitobdir.
    Elektron ta’lim resurslari – bu muayyan fan bo’yicha yaratilgan elektron o’quv qo’lanma, elektron ko’rsatmalar, elektron ma’lumotnomalar, lug’atlar virtual stendlar, multimediali vositalar va boshqa elektron nashrlar majmuasidir.
    Elektron nashr – bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, mustaqil, video – foto va boshqa axborot obyektlari majmuasidan iborat bo’lib, ular elektron axborot tashuv vositalari yoki kompyuter tarmog’i orqali taqdim etishga mo’ljallangan.
    Elektron o’quv nashri – bu ta’lim oluvchilar tomonidan egallashi lozim bo’lgan bilimlar, ko’nikmalar va malakalarni ijodiy va faol ravishda o’zlashtirishiga ko’maklashuvchi nashr bo’lib, u ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialini o’z ichiga oladi.
    Elektron uslubiy qo’lanma – bu ta’lim – tarbiya jarayonidagi pedagogik tajribani (amaliyotni) umumlashtirish va uzatish hamda ta’lim – tarbiyaviy faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatishga mo’ljallangan nashr.
    Elektron o’quv qo’llanma – bu muayyan fanning o’quv rejasidagi vaqt va o’quv dasturidagi ma’lumot hajmini qisman yoki to’liq qamragan va fanni o’rganishga tegishli ma’lumotni to’liq adaptasiya qila olgan masofaviy o’qitish va mustaqil o’rganish uchun mo’ljallab tayyorlangan nashr.
    O'quv maqsadli elektron vositalarni yaratish mutaxassis tomonidan amalga oshiriladi, ammo undan samarali foydalanish pedagog tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu didaktik materiallarning talabalarga bekamiko’st yetkazib berilishi uchun pedagok uchun erganomik shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi kerak.
    Elektron shaklidagi o’quv – uslubiy materiallar – bular elektron darslik, elektron o’quv qo’llanmalari, elektron kutubxonalar, mos (CD, Flash va h.k.) sig’imdagi audiovizual materiallar, interfaol o’quv kurslari, ko’mpyuterda hisoblash tajribasini o’tkazish uchun labaratoriya vazifalari, test sinovlarini o’tkazish bo’yicha tizimlar. Ta’limning ko’rgazmalilik metodidan amaliy faoliyatda foydalanishda namoyish etish, tasvirlash va ekskursiya metodi bilan ish ko’rishda ta’lim oluvchilarni turli mavzularda tasviriy materiallar bilan ishlashga jalb etish muhim didaktik ahamiyatga ega.
    Zamonaviy elektron axborot-ta’lim resurslari qo’yidagi talablarga javob berishi zarur:
    1. Pedagogik talablar o’z navbatida didaktik va uslubiy talablarga bo’linadi.
    1.1. Didaktik talablar: yaratiladigan elektron axborot-ta’lim resursi (EATR) amaldagi davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturlariga to’la muvofiq bo’lishi zarur;
    -ta’lim oluvchiga qiziqarli va ilmning jamiyatdagi rivojlanish darajasiga mos ilmiylikka ega bo’lishi;
    -ta’lim berish jarayonida bilimni o’zlashtirish darajasini oshirish uchun, fan-texnika va texnologiyalar erishgan yutuqlardan maksimal foydalanilgan;
    -berilishi zarur bo’lgan o’quv materialining hajmi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar darajasida bo’lishi;
    -tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilar uchun, taqdim etiladigan o’quv materialini berish intensivligini o’zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
    -iqtidorli ta’lim oluvchilar uchun EATR fani doirasida maxsus qo’shimcha bloklar taqdim etish (olimpiada masalalari, nobel mukofotlariga taqdim etilgan tematikalar va h.k.)
    -foydalanuvchi uchun qulay, sodda, aniq, intuitiv va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo’lishi;
    -o’rganiladigan o’quv materialini ta’lim oluvchi (o’quvchi) osonroq o’zlashtirilishi uchun imkoniyat doirasida ovoz, animasiya, rasm va shu kabi media fayllar bilan boyitilgan bo’lishi;
    - ta’lim oluvchining bilim darajasiga moslashuvchan, uning tayyorgarlik darajasiga bog’liq holda ishlaydigan, uning hissiy va jismoniy imkoniyatlarini ham hisobga olishi;
    -murakkab hisob-kitoblarni amalga oshirish, olinadigan natijalarni tahlil qilish, natijalarni grafik interpretasiya orqali namoyish etish, o’rganiladigan fan mazmuniga ko’proq e’tibor berish, masala va misollar yechish uchun sharoit yaratilishi;
    -o’rganuvchining e’tiborini chalg’ituvchi ortiqcha elementlar bo’lmasligi;
    -o’rganuvchining bilim, qobiliyat va psixologik xususiyatlari darajasini o’quv jarayoniga muvofiqligini ta’minlash;
    -o’rganiladigan fan bo’yicha istalgan bosqichda o’z-o’zini nazorat qilishga imkoniyat yaratish;
    -o’rganiladigan fan bo’yicha tayyorlanadigan materiallarni istalgan tashuvchiga o’tkazish imkoniyatining mavjudligi; -fanni o’rganishda imkoniyat doirasida kalit so’zlar, qo’shimcha adabiyotlar, giperko’rsatmalar va yordamchi funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarining bo’lishi;-tavsiya etiladigan sinfdagi o’quvchilarning barcha psixofiziologik va etnogenetik xususiyatlarini hisobga olinishi shart.
    1.2. Uslubiy talablar:
    -Katta hajmdagi o’quv materialini o’zlashtirish va qayta ishlash imkoniyatini berish, olingan natijalarni tahlil qilish uchun grafik interpretasiyalardan foydalanish;
    -ta’lim beruvchiga darsni mustaqil dars ko’rinishda o’tkazishga sharoit yaratish, bu holatda ta’lim beruvchi maslahatchi rolida ishtirok etishini ta’minlash;
    -ta’lim oluvchiga mustaqil o’rganish, zarur holatlarda misol, masala, laboratoriya ishlari va topshiriqlarni mustaqil bajarishga sharoit yaratish;
    -darslarga tayyorgarlikni o’qituvchiga qulay usulda amalga oshirishga imkoniyat yaratishi (slayd, matn, videomaterial va h.k. tayyorlash imkoniyatini berish);
    -o’rganiladigan o’quv materialini sistemali, mantiqiy ketma-ketligini, modulliligini va ular orasidagi uzviylikni ta’minlash;
    -o’qituvchiga ta’lim oluvchilar o’zlashtirgan bilim darajasini turli xil murakkablikdagi (murakkablik darajasi shakllantiriladigan) nazorat dasturlari yordamida nazorat qilish imkoniyatini berish zarur.
    2. Ergonomik talablar: - taqdim etiladigan o’quv materialining asosan monitor orqali taqdim etilishini hisobga olish; - taqdim etiladigan o’quv materiali ta’lim oluvchini toliqtirmasligi; - ta’lim oluvchiga “do’stona munosobatda” bo’lishi;
    - kompyuter ekranida aks ettiriladigan o’quv materiali ta’lim oluvchiga aniq, ravshan, tez o’zlashtirilishi va tushunarli bo’lishi;
    - o’quv materialini taqdim etishda qisqartmalar va noaniq atamalar bo’lmasligi;
    - o’zlashtriladigan material imkoniyat doirasida ta’lim oluvchining diqqatini jalb etishi; - ta’lim oluvchi qayta ishlaydigan yoki ishlamoqchi bo’lgan materialnigina ko’ra olish imkoniyati mavjud bo’lishi shart;
    - taqdim etiladigan o’quv materiali ma’naviy-ma’rifiy va tarixiy an’analar, milliy qadriyatlar va etnogenetik xususiyatlarni hisobga olishi shart.
    - elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda psixologik qulaylikni ta’minlash (o’rganuvchilarning yosh va individual xususiyatlari, fikrlashning turli xilligi va (foydalanilgan ranglar, ovoz va ekranda yuz beradigan o’zgarishlar) ni hisobga olish);
    - elektron axborot-ta’lim resursi bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash, ta’lim oluvchini toliqtirmasligi lozim (navigasiyaning qulayligi va aniqligi, ma’lumotni idrok etish osonligi, zarur bo’lmagan, tushunish qiyin qisqartmalar va turli ortiqcha kodlardan foydalanmaslik; qo’llaniladigan shriftlar, ranglar, ekranda ma’lumotlarni ayrim qismlarini ajratib ko’rsatish usullari zerikishni keltirib chiqarmasli zarur);

    Download 35,33 Kb.
    1   2   3




    Download 35,33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-amaliy mashg’ulot Axborot-kommunikasiya texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish. Ta'lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari

    Download 35,33 Kb.