|
4-Amaliy mashg’ulot mahsulot haqidagi malumotlarni standartlashtirish va kodlash reja
|
Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 450,39 Kb. | | #157810 |
Bog'liq 4-Amaliy Shtrix kod 4-Amaliy mashg’ulot MAHSULOT HAQIDAGI MALUMOTLARNI STANDARTLASHTIRISH VA KODLASH Reja: - Shtriх kodlash va uning yaratilish tariхi.
- Shtriх kodlar turlari. Chiziqli va ikki o‘lchovli shtriх kodlar.
- O‘zbekiston respublikasida shtriх kodlashtirish tizimi.
- EAN shtriх kodlari va хorijiy davlatlarga ajratilgan davlat kodlari.
1. Shtriх kodlash va uning yaratilish tariхi.
Ba’zan biror mahsulot xarid qilganimizda uning ko‘rinarli joyida yoki etiketkasida har xil qalinlikdagi chiziqlar va raqamlar bilan belgilangan shakllarni ko‘rishimiz mumkin. Ularga shtrix-kod nomi berilgan. Xo‘sh, shtrix-kodlar nima va qachon paydo bo‘lgan?
Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30-yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bo‘lib, undan amalda foydalanish bir necha o‘n yillardan so‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix-kodlarni dastlabki qo‘llovchilar temir yo‘lchilar bo‘lib, shu usul orqali temir yo‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan.
Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi EAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bo‘lib, bu chiziqlarning o‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida o‘qishga mo‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
2. Shtriх kodlar turlari. Chiziqli va ikki o‘lchovli shtriх kodlar. Ikki o‘lchovli shtriх kodlar QR kod. Skaner qurilmasi. 3. O‘zbekiston respublikasida shtriх kodlashtirish tizimi. - O‘zbekiston tovarlarining ichki va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshliligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovarlarni raqamlashning xalqaro tizimlari doirasida identifikatlashtirish, iste’molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-sentabrdagi 438-son qarori qabul qilindi.
- “EAN International” tovarlarni raqamlash Xalqaro Uyushmasi (Belgiya) tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga 478 raqamli identifikatlashtirish kodi berilganligi.
- O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq, tovarlari EAN shtrixli kodlari bilan tamg‘alanadigan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hamda tovarlarni identifikatlashtirish tizimidan foydalanuvchilar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish uchun “EAN Uzbekistan” tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish markazi tashkil etilganligi;
4. EAN shtriх kodlari va хorijiy davlatlarga ajratilgan davlat kodlari. EAN13: 9789943339019 E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
| |