4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Sifatni boshqarish va oshirish tizimini rivojlanish tarixi Sifat tizimi rivojlanish tarixi




Download 43.42 Kb.
bet4/4
Sana01.11.2023
Hajmi43.42 Kb.
#92737
1   2   3   4
Bog'liq
4-AMaliy
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek
Sifatni rejalashtirish fazasi. Mazkur faza oldingi asrning 60-yillari o‘rtasidan boshlangan bo‘lib, oldingi fazada ilgari surilgan g‘oyalarni yanada rivojlantirish, iste’molchilarning talablarini to‘laroq qondirish borasida shakllantirila boshlagan. Sifatni rejalashtirish fazasi kelib chiqishi asosan jahon bozorida mahsulotlar va xizmatlarning rivojlanishi, bozordagi raqobatning keskin kuchayishi hamda iste’molchilarning manfaatlarini himoya etish masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bilan izohlanadi.
1976 yilda yaponiyalik mashhur mutaxassis K.Isikava o‘zining ishida, sifat muammolarini echish uchun sabab-oqibat diagrammasi qurish usulini qo‘llash taklifi bilan chiqadi. Ayni shu davrda mashhur yapon olimi G.Taguti mahsulotni loyihalashtirish bosqichida optimal qarorlar qabul qilish yo‘li bilan mahsulot sifatini ta’minlash usuli va g‘oyasini ilgari surib, buni o‘zining ishlarida batafsil tavsiflab bergan.
Sifatga nisbatan talablarning kuchayishi yangi fazada quyidagi konseptual asoslarga suyanishga olib keldi:
  • buyumlardagi nuqsonlarning (defektlarning) aksariyati loyihalash ishlarining sifati etarli darajada bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarish bosqichida kelib chiqadi;


  • ishlab chiqariladigan buyum va mahsulotlarning xossalarini va ularni ishlab chiqarish jarayonlarini matematik modellash amallarini keng qo‘llash orqali konstruktiv va texnologik defektlarni ishlab chiqarish bosqichi boshlangunga qadar aniqlash;


  • “0 defekt” konsepsiyasining o‘rnini “iste’molchining qanoatlanganligi” konsepsiyasiga berish;


  • iste’molchiga yuqori sifatni kuchli raqobat natijasida doimiy pasayib boruvchi, o‘rinli narxda taklif etish lozim.



Mahsulot sifatiga butun dunyo bo‘yicha nafaqat bozor raqobati va shu bilan bir qatorda boshqa omillar ya’ni iqtisodiy, ekologik, texnologik talablar ta’sir etib bormoqda.

1980 yil oxirlarida yalpi sifat menejmenti (TQM - Total Quality Managment) usuliyati shakllanib belgilandi. Sifat asosida yalpi boshqarish - bu iste’molchilarning qoniqish darajasini oshirish uchun olingan ko‘nikma va bilimlarni qo‘llash va umumiy o‘qitish hamda faoliyatning barcha turlarini doimiy yaxshilashda bar­cha xodimlarni jalb qilish va guruhli ishda peshqadamlik yordami bilan yuqori rahbariyatning maxsuldorlikni doimiy yaxshilash asosidagi biznes falsafasidir. ISO 9000 seriyali standartlarning paydo bo‘lishi va ularni amaliyotda keng joriy kilishga TQM birinchilardan bo‘lib yo‘l ochib berdi.


Jahon global iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlarida bozor talab qilgan va optimal qiymatga ega mahsulotlarni etkazib beruvchi korxonalargina muvaffaqiyatga erishishlari mumkin. Zamonaviy iqtisodiy holat korxona rahbarlarining e’tiborni alohida ishchilar samaradorligiga emas, balki korxonani boshqaruvida tizimli yondoshishga qaratishga undamoqda, bunda korxonaga, iste’molchilar talablariga, shuningdek atrof-muhitni muhofazasi talablariga muvofiq bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga olib keladigan ko‘p jarayonlarni uyg‘unlashgan o‘zaro aloqasi sifatida qaralmoqda. Boshqarishga bunday yondoshishni, jahon iqtisodiyotining rivojlanishini zamonaviy bosqichida korxonalarni oldida turgan maqsadlar va vazifalarni qayta ko‘rib chiqish hamda doimiy takomillashtirish jarayoni natijasidagi ustivor yo‘nalishlarni qayta baholanishi bilan tushuntirish mumkin. YUzaga kelayotgan raqobat sharoitlarida doimiy takomillashtirish tamoyili korxonalar yutug‘ining kafolati hisoblanib, shu bilan birga rahbarlarni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga va iste’molchilarda ularning sifati hamda ekologik xavfsizligiga ishonchni ta’minlashga olib keladigan yo‘llar va usullarni izlashga majbur qiladi.
Birinchi tan olingan tizimlar - sifat va sifat standartlari sanoat ishlab chiqrish jarayonlari rivojlanishi va texnologik o‘zgarishlar natijasi sifa­tida ikkinchi jahon urushidan so‘ng joriy qilindi.
Bu o‘zgarishlar birinchi bo‘lib AQSHda sezildi va harbiy qurol-aslahalarni standartlashtirish maqsadida quyidagi standartlar qo‘llana boshlandi:

Bu ikkala standart hozirgi kunda ham amalda bo‘lib, harbiy kontraktlar va boshqa matssadlar uchun qo‘llanilmoqda.


Bu standartlar shuningdek, NATO doirasida qo‘llaniladigan AQAP (Sifatni ta’minlash bo‘yicha birlashgan materiallar) nomi ostida mashhur bo‘lgan standartlar to‘plamlari uchun asos qilib olingan.
Vaqt o‘tishi bilan sifat standartlariga aniq zaruriyat harbiy sanoat doirasidan tashqarida ham paydo bo‘la boshladi. SHuning uchun ham BS 4891 va BS 5179 Britaniya standartlari joriy qilindi. Ular asosan amaliy rahbariy hujjatlarga o‘xshash bo‘lib, shartnomalar bo‘yicha talablar sifatida qo‘llanila olmasdi. AQAP standartlari harbiy talablar bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli ularni ham qo‘llash mumkin deb hisoblash qiyin edi.
Bu muammo o‘z echimini 1979 yilda topdi, shu yili 1, 2, 3 uch qismdan iborat bo‘lgan BS 5750 standarti nashr qilindi. Ular bir-biriga o‘xshash va sub’ektiv edi hamda qo‘shimcha tushuntirishlarni, shuningdek standartlarni qo‘llash bo‘yicha ma’lumot bo‘lgan qo‘shimcha qismlarni (4, 5 va 6) talab qilar edi.
BS 5750 iste’molchilar va ta’minotchilar tomonidan shartnoma tuzish holatlarida qo‘llanilar edi. Ammo, bunga qo‘shimcha ravishda, BSI (Britaniya Standartlar Instituti) uchinchi tomondan ro‘yxatga olish sxemasini joriy qildi. Bu BSI ga tegishli tashkilotlar talablariga muvofiq bo‘lgan kompaniyalarni ro‘yxatga olishga imkon berdi. Ro‘yxatga olish barcha mavjud va kelajakdagi iste’molchilar nomidan sifat kafolati bo‘lib xizmat qilishi mumkin edi.

Download 43.42 Kb.
1   2   3   4




Download 43.42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Sifatni boshqarish va oshirish tizimini rivojlanish tarixi Sifat tizimi rivojlanish tarixi

Download 43.42 Kb.