• Dizel yonig’ilarining markalanishi.
  • 4. Dizel yonilg’isining setan soni




    Download 30 Kb.
    Sana05.12.2023
    Hajmi30 Kb.
    #111967
    Bog'liq
    Цетан сони

    4. Dizel yonilg’isining setan soni.


    Yonilg’i tarkibidagi normal parafin uglevodorodlar harorat va siqilgan havo bosimi ta’sirida eng avval parchalanadi va oksidlanadi. Setan C16N34 ning struktura formulasi: SN3 - SN2 - SN2 - - SN2 - SN3 bo’lib, n- parafin uglevodorodlar qatoriga kirib, etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri sifatida qabul qilingan, uning o’z-o’zidan alanga-lanishiga moyilligi 100 birlik bilan baxolanadi.
    Aromatik uglevodorodlar qiyin oksidlanadi va qiyin alangalanadi (o’z-o’zidan alangalanish harorati juda yuqori). Bular qatoriga  - metil-naftalin C10N7SN3 kiradi.
    Uning struktura formulasi
    СН СН

    СН С – СН3


    СН СН

    СН СН

    bo’lib, etalon aralashmaning ikkinchi tashkil etuvchisi sifatida qabul qilingan. Uning o’z-o’zidan alangalanishga moyilligi "0" birlik bilan baholanadi.


    Dizel yonilg’isining setan soni deb, setan va -metilnaftalindan tashkil topgan, yonish (o’z-o’zidan alangalanish) tasnifi sinalayotgan yonilg’inikiga teng(o’xshash) bo’lgan sun’iy tayyorlangan aralashmadagi protsentda hisoblangan setan miqdoriga (hajmi bo’yicha) aytiladi.
    Setan soni bir silindrli IТ9-3 ustanovkasida aniqlanadi. Bu ustanovka o’zgaruvchan siqish darajasida (7 dan-23 gacha) ishlash imkonini beradi. Aniqlash, sinaladigan dizel yonilg’isini va etalon yonilg’ini qiyosiy yondirish yo’li bilan amalga oshiriladi.Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel yonilg’isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo’lgan etalon aralashma tanlanadi.
    Setan soni 40 dan kichik bo’lsa, dvigatel qattik ishlaydi, 50 dan katta bo’lsa, alanga yonish kamerasida bir xil tarqalmaydi va forsunka oldida yonadi. Setan sonini oshirish uchun 1% gacha maxsus prisadka - izopronil nitrat ko’shish mumkin. U setan sonini 10-12 birlikka oshiradi. Setan soni dizel yonilg’isining o’z-o’zidan o’t olishni tavsiflaydi.
    ε
    19-rasm. Setan sonini o’zgarishini dizel dvigatelining siqish darajasigaga bog’liqlik grafigi.
    Setan soni qancha katta bo’lsa, dizel yonilg’isining o’z-o’zidan alangalanishi boshlanguncha bo’lgan davr shuncha kichik bo’ladi, dvigatel shuncha ravon ishlaydi, dvigatelni ishga tushurish harorati xam shuncha past bo’ladi.Dizel dvigatellarini ishlatishda yonilg’i purkalishini ilgarilatish burchagi to’g’ri o’rnatilgandagina yonilg’i yaxshi yonadi, ya’ni bu burchak optimal bo’lishi zarur. U katta yoki kichik bo’lganda dvigatel quvvati kamayadi, yonilg’ining chala yonishi, ortiqcha sarflanishiga hamda dvigatelning F.I.K. kamayishiga olib keladi.

    Dizel yonig’ilarining markalanishi.


    Barcha markadagi dizel yonilg’isining shartli ifodasi undagi massasi bo’yicha oltingugurt miqdori va yozgi yonilg’i uchun qo’shimcha ravishda o’t olish harorati, qishki yonilg’ilar uchun qotish harorati ham yoziladi.
    Avtomobillar uchun uch rusmdagi: L (yozgi); Z (qishki); A (arktik) dizel yonilg’ilari ishlab chiqariladi. Тarkibidagi oltingugurtning miqdoriga ko’ra dizel yonilg’isi ikki xil:
    - massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,2% gacha;
    - massasi bo’yicha oltingugurt miqdori 0,4% gacha (arktik moy-lar uchun 0,5%) bo’lgan dizel yonilg’ilari bo’ladi.
    L markali dizel yonilg’isi atrof havo harorati 00C dan yuqori, Z markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 200C gacha, A markali dizel yonilg’isi havo harorati minus 500C gacha bo’lganda ishlatiladi.



    Nazorat savollari:




    1. Dizel dvigatellari yonilg’isiga qanday talablar qo’yiladi?

    2. Yonilg’ining qanday fizik-ximiyaviy xossalari aralashma hosil bo’lishiga va yonish jarayoniga ta’sir ko’rsatadi?

    3. Qovushqoqlik nima va u dvigatelning ishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

    4. Хiralanish va qotish haroratlari deb nimaga aytiladi?

    5. Setan soni deb nimaga aytiladi, u yonilg’ining qanday xossalarini belgilaydi?

    6. Dizel taqqillab ishlashning mohiyati nimada?



    Download 30 Kb.




    Download 30 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4. Dizel yonilg’isining setan soni

    Download 30 Kb.