362
www.
kokanduni.uz
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATINI
SHAKLLANTIRISH
G.F. Mirzakbarova
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi
4-kurs talabasi,
K.O. Matnazarova
Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi
v.b dosenti p.f.f.d (PhD)
Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak zamonaviy o‘qituvchining o‘zi-o‘zini rivojlantirishda
pedagogik mahoratining ahamiyati va uning jamiyatda tutgan o‘rni, bo‘lajak pedagoglarga kasb
malakalari
va mohirligini egallash, shaxsiy mahoratni shakllantirish,
ijodkorligini tarbiyalash,
pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik,
pedagogik madaniyat, pedagogik nazokat va pedagogik
qobiliyatni egallash haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik mahorat, boshlang‘ich sinf, metod,
pedagogik qobiliyat, mahorat,
usul, taʼlim, tarbiya, pedagogik texnika, pedagogik madaniyat.
Fan va madaniyat rivojlanishi ta'lim-tarbiya ishlarining qay yo‘sinda olib borilishidan kelib
chiqadi. Bu falsafiy aqida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy qonuniyat hisoblanadi. O‘zbekiston
mustaqillikka erishgandan keyin ta'lim-tarbiya sohasida, milliy axloq-odobni qayta tiklash borasida,
milliy urf-odatlar, turli-tuman an'analarni joyiga qo‘yish, milliy qadriyatlarni yanada rivojlantirish
xususida juda keskin va buyuk burilishlar bo‘lgani barchaga ayondir. Davlatning buyuk kelajagi -
yoshlarni chuqur
bilimli va pokiza axloq-odob, qalb egasi qilib tarbiyalash lozimligini yoddan
chiqarmaslik lozim. Bu katta muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarni o‘rni muhim. Zamonaviy
ilm-fan texnika va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi ta’lim tizimiga va unda faoliyat olib
borayotgan o‘qituvchilarga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Shunday ekan bugungi kunda
kasblar ichida o‘qituvchilik kasbi muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi
yosh qalblar
kamolotining meʼmoridir. Har bir fan mustaqil o‘quv maqsadi, mazmuni va o‘zining o‘rganish
mavzusi (predmeti) va metodiga ega. Shunga asosan, «Pedagogik mahorat» fani, o‘qituvchi –
tarbiyachining
kasbiy faoliyati, mohirligini o‘rganuvchi va uni takomillashtirish to‘g‘risida
maʼlumotlar beruvchi fan hisoblanadi. Pedagogik mahoratning mazmun,
mohiyati shu kasbning
malakalarini shakllantirish va rivojlantirishning yo‘llari, vositalari, shakllarini tashkil etadi.
Pedagogik mahoratning umumiy asoslarini yoritishda eng muhim tayanch tushuncha