4-kurs talabasi, K. O. Matnazarova Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi




Download 223,52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.02.2024
Hajmi223,52 Kb.
#155610
1   2   3
Bog'liq
362-364
Silikat, Ayovsiz sahro-WPS Office, 1366358 Оптические свойтва тверды, BAHODIROV JAVOHIR BAHROM O‘G‘LI QAYD VARAQA, Mirjalol word, 2 17 амалий машғулот Мавзуга оидл тақдимот тайёрлаш , 1 китоб Digital Control Systems Design, Identification and Implementation, kurs jumisi Jasuebek.Allashukirov, 13-tema.2-sem-23, Dasturlew Begin esaplari, Avtomatik boshqarish nazariyasi 1-qism, Umarov T Moliya Asoslari, 15-topshiriq, @C1WITHLEVEL UP cambridgeIELTSbooksIELTS Writing Task 2 l, Qiz bolalar uchun “klinli” yubka chizmasini chizish
www.
kokanduni.uz 
ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo‘lishlari, bir-birlarining 
fazilatlarini o‘zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi. 
O‘quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o‘z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish 
mahoratini taqozo etadi.
Muloqot - yunoncha so‘zdan olingan bo`lib, so‘zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr 
almashinuv degan ma`nolarni anglatadi. Haqiqiy pedagog faqat bilimga emas, so‘zalshish 
madaniyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Maktabda, umuman o‘qish jarayonida 2 ta asosiy shaxs –
o‘qituvchi va o‘quvchi bo‘ladi. Bu ikkala shaxsning dars jarayonida, sinfdan tashqari ish olib borish 
jarayonida ularning bir-biri bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, o‘quvchi shaxsi shakllanishida 
ta'limimiy-tarbiyaviy jarayon yaxshi ta'sir ko‘rsatadi.
Demak, o‘qituvchining muomala odobi - u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o‘z 
kasbiy vazifasini bajarayotganda sodir bo‘ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir. Bu yondoshuv 
asosida pedagogik muomala odobini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
❖ 
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi muomala;
❖ 
o‘qituvchi bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi muomala; 
❖ 
o‘qituvchi bilan ota-onalar o‘rtasidagi muomala;
❖ 
o‘qituvchi bilan maktab rahbarlari o‘rtasidagi muomala. 
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib
birlashtiruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida 
sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala o‘quvchilarning faoliyatiga hamrohlik qiladi 
nihoyat, boshqarish vositasi bo‘lgan muomala faoliyatidan keyin boradi. 
Muomala - insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til 
hisoblanadi. Shuning uchun ham til - aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi 
madaniyatli bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e'tibor topadi. So‘zga chechanlik, hech 
qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. Shuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz 
tilga, so‘zga hurmat bilan yondashishlarini uqtirib o‘tganlar. 
Xulosa qilib aytganda pedagogik mahoratiga ega boʼlgan oʼqituvchi, bilim saviyasining va 
tafakkurining kengligi, oʼtkir dunyoqarashi, maʼnaviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati
taʼlim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari taʼlim-
tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini taʼminlovchi hamda jonli muloqotini tashkil 
etuvchisihisoblanadi. Oʼqituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish 
uchun oʼz oldiga doimo quyidagi savollarni qoʼyib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob 
bera olishi kerak: Mahoratli oʼqituvchi faoliyatining asosida nimaga oʼrgatish, kimni oʼrgatish, 
qanday oʼrgatish masalasi turadi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. R.А.Мavlonova, N.H.Rahmankulova, К.О.Мatnazarova, P.T.Хolmatov, 
2. М.К.Shirinov, “Umumiy pedagogika” Darslik. - Т.: "Navroʻz", 2016. 
3. Xaydarova R.A. “Umumiy pedagogika”. O‘quv qo‘llanma. TDShU 2021. 
4. Xoliqov A. “Pedagogik mahorat”. Darslik.-T.: Iqtisod-moliya, 2011 
5. Axmedjanov M.M., Xo`jaev B.Q. “Pedagogik mahorat”. Buxoro Ma`ruzalar matni 2004 yil
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 223,52 Kb.
1   2   3




Download 223,52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-kurs talabasi, K. O. Matnazarova Qo‘qon universiteti “Ta’lim” kafedrasi

Download 223,52 Kb.
Pdf ko'rish