• 4-labaratoriya ishi. 12-variant. Nazorat savollari
  • 4-labaratoriya ishi. 12-variant. Nazorat savollari




    Download 1,09 Mb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi1,09 Mb.
    #101723



    Muhammad al – Xorazmiy nomidagi
    Toshkent axborot texnologiyalari
    Universiteti kompyuter injinering (AT-servis)
    Fakulteti talabasing
    Kompyuter tarmoqlari fanidan
    4- mustaqil ishi

    Guruh : 215-21.
    Bajardi : Mahmudjonov Jasur
    Tekshirdi : Xaldarova Gulzira.
    4-labaratoriya ishi.
    12-variant.










    Nazorat savollari

    1. WAN nima?

    2. RIP protokoli qanday ishlashini aytib bering

    3. Lokal tarmoqlarning global tarmoqlardan farqi nimada?

    1. WAN (inglizchadan. "Wide Area Network") - global tarmoq. Bunday tarmoq turli joylarda va bir-biridan turli masofalarda joylashgan juda ko'p turli xil tugunlarni birlashtiradi. U shaharlar, mamlakatlar va hatto qit'alarni birlashtira oladi. Boshqacha qilib aytganda, "WAN" biz Internet deb atagan narsadir.
    2. RIP (Routing Information Protocol) - tarmoqdagi marshrutlash jadvallarini yangilash va almashish uchun foydalaniladigan ichki marshrutlash protokoli. RIP dinamik marshrutlash protokoli bo'lib, asosan kichik va o'rta tarmoqlarda qo'llaniladi.

    RIP protokoli tarmoqdagi marshrutizatorlar o'rtasida marshrutlash ma'lumotlarini almashish uchun ishlatiladi. Bu qanday ishlashini tushunish uchun biz quyidagi bosqichlarni ko'rib chiqishimiz mumkin:


    1. Qo'shni marshrutizatorlar bilan aloqa: RIP protokoli muntazam ravishda marshrutlash jadvali ma'lumotlarini qo'shni routerlar bilan almashadi. Bu RIP xabarlar orqali amalga oshiriladi.


    2. Metrik hisoblash: Har bir marshrutizator o'zining marshrutlash jadvalini yangilaydi.


    3. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega bo’lishadi. 

    • Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko’p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Internet kompyuter tarmog’i keng tarqalgan, ommaviylashgan global kompyuter tarmog’idir, ya’ni Internet – bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’i. Uning tarkibiga erkin ravishda birlashgan tarmoqlar kiradi. Internet alohida tarmoqlarni birlashtirgan. Shuning uchun u katta imkoniyatlarga ega. O’zining shaxsiy kompyuteri orqali Internetning ixtiyoriy abonenti axborotni boshqa shaharga uzatishi, Vashington kongressi kutubxonasidagi adabiyotlar katalogini ko’rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi metropoliten muzeyining eng so’nggi ko’rgazmasining rasmlari bilan tanishib chikishi, tarmoqga ulangan abonentlar bilan konferentsiyada yoki o’yinda ishtirok etishi mumkin. Internetning asosiy yacheykasini mahalliy kompyuter tarmoqlari tashkil etadi. Elektron aloqa – bu internetning eng ko’p xizmat ko’rsatish turi bo’lib, ma’lum elektron manzilga axborotni elektron usulda uzatish vositasidir.

    Download 1,09 Mb.




    Download 1,09 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-labaratoriya ishi. 12-variant. Nazorat savollari

    Download 1,09 Mb.