13-rasm. Titish jadalligini titishsamaradorligiva salbiy oqibatlar bilan bog’liqligi
Tolalarni titilganlik darajasi
Tolalarni titilganlik darajasini korxonaninglaboratoriyasi tomonidan jihozlarni tamirlashdan so’ng tekshiriladi.
Titish darajasi uch usulda baholanishi mumkin:
1) tolali mahsulotni zichligi, kg|m;
2) tolali bo’lakchaning massasi;
3)tolali bo’lakchani belgilangan balandlikdan erkin tushish vaqti
Titilgan tolalarni hajmini aniqlash uchun tsilindr shaklidagi idishdan foydalaniladi. Idishning ko’rinishivao’lchamlari rasmda keltirilgan: tsilindr qismining balandligi N*35sm,DiametriD* 40sm, konus qismi balandligi h*10sm, konus ostidiametri d*20sm.
14-rasm.Tolalarni titilganligini aniqlashuchun foydalaniladigan idish
Namuna olishda titilgan tolalarmashinaningchiqarish qismidan zichlamasdan maxsus kutiga yig’iladi.
Olingan namunadan tsilindrik idishga tolalarni solib, uning ustiga qopqoq yopiladi. qopqoqning beshyeridaunga 100 grammdan yukchalar qo’yiladi. Jami yukchalar tolaning bir kubometriga 100 N dan to’g’ri kelishini ta`minlaydi. Idishga solingan tolalar bir oz zichlanadivauning hajmi aniqlanadi.
Bunda hajmini aniqlash uchun quyidagi formulaga asoslaniladi.
Yuqorida keltirilgan o’lchamlarga asosan
Idishga solingan tola bilan to’lmay qolgan qismi balandligi maxsus shkala bo’yicha topiladi. Shkalada idishning diametri o’zgarmas bo’lgani uchun uning hajmini aniqlash formulasi asosida aniqlanadi.
So’ngra idishni tolasi bilan birgalikda massasitortiladi va undan bo’sh idish massasi ayirib tashlanadi.Idishdagi tola zichligi esa hisoblab topiladi
bu yerdam-namuna massasi; V-namunani hajmi.
Ayrim tajribalaro’tkazilganda quyidaginatijalar olindi (kg|m3):
Titib ta`minlash mashinasidan15.7
Gorizontal tituvchi 11.9
Savash mashinasi qabul bunkeri 11.85
Rezerv bunkerda10.55
Titilganlik darajasini bo’lakcha massasi bo’yicha aniqlashda olingan na`munadan kamida 100 dona bo’lakcha qisqich yordamida ajratib olinadi va birgalikda tortiladi.Bitta bo’lakchaning massasi quyidagicha hisoblab topiladi
,
bu yerda: n - bo’lakchalar soni; G - barcha bo’lakchalarning massasi,g.
Bo’lakchani belgilangan balandlikdan tushishinianiqlash uchun xavoharakatlanmaydiganxonadayokimaxsusshaffof idishni ichida belgilangan (masalan 1 metr) balandlikdan tushiriladi. Tushish vaqti bo’lakchani og’irligi va zichligiga bog’lik bo’lgani uchun u titish darajasini kompleks baholashga imkon beradi.
Olingannatijalarkorxonadao’rnatilgantexnik me`yorlar bilan taqqoslanib tolani titilganligi vamashinaning titish darajasi aniqlanadi. Aynanbirishchia`zo yoki mashinaning titish imkoniyatini, ya`ni mashinadatolalarni titish darajasini qiyosiy baholashda avvalgi mashinachiqarish qismidan olingan ko’rsatkich navbatdagi mashinani kirish qismidagi ko’rsatkich hisoblanib, tekshirilayotgan mashinada titish darajasini quyidagicha baholash mumkin
bu yerda G va g-mos ravishda mashinaga kiraetgan vachikaetgan tolalarni bo’lakchasini massasi (hajmi yoki tushish vaqti)
|