4-Laboratoriya mashg’uloti.(2-soat)
Mavzu: Optik va elektron nivelerlashda geometric nivelerlash usullari
nisbiy balandlikni o‘lchash.
Laboratoriya mashg‘uloting mazmuni va maqsadi
Laboratoriya ishida guruhdagi talabalar 6 yoki 5 tadan brigadalarga bo‘linib,
joyda berilgan ikki nuqta orasidagi nisbiy balandliklarini nivelir asbobi orqali ikki
hil usulda hisoblab topish va olingan natijalarni maxsus jadvalga yozish.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan asboblar va jihozlar
Nivelir shtativi bilan, geodezik reyka, burchak o‘lchash jurnali.
Mavzu bo‘yicha umumiy nazariy ma’lumotlar
Geodezik o‘lchash ishlari natijasida yer yuzasidagi yoki muxandislik in-
shootlaridagi nuqtalar orasidagi balandliklar farqini (nisbiy balandlik) aniqlash va
shu nuqtalarni qabul qilingan tizimlarda
balandliklarini hisoblashga nivelirlash
deyiladi. Nivelirlashda qo‘llaniladigan asboblarga ko‘ra: geometrik, trigono-metrik,
mexanik, gidrostatik, borometrik,
gidrodinamik, stereofotogram-metrik va
aeronivelirlash turlari mavjud.
Geometrik nivelirlash - gorizontal vizirlash ko‘rish nuriga ega bo‘lgan
geodezik asbob (nivelir) va maxsus o‘lchash reykalari yordamida nuqtalar baland-
liklarini farqini (orttirmalarini) o‘lchashdan iboratdir.
Geometrik nivelirlashda
nivelirni o‘lchanayotgan nuqtalarga nisbatan o‘rnatilishiga ko‘ra: ikki usulda-
o‘rtadan(a) va
oldiga qarab(b) nivelirlash usullarida bajarladi(2.1-rasm).
a) b)
2.1-rasm. Nivelirlash usullari
Oldinga qarab nivelirlashda balandligi N
A
ma’lum bo‘lgan A nuqta ustiga
nivelir va N
S
balandligi aniqlanishi kerak bo‘lgan S nuqtaga geodezik reyka
o‘rnatiladi. Nivelirni vizirlash nurini gorizontal xolatga keltirilib, asbob balandligi –
i o‘lchanadi (A nuqtadan nivelirni okulyar markazigacha bo‘lgan masofa) va V
nuqtadagi reykadan b sanog‘i olinadi. A va S nuqtalar orasidagi orttirma h, asbob
balandligi i dan v sanog‘ini ayirmasiga teng, ya’ni:
h = i - b (2.1)
Rasmga ko‘ra, S
nuqtani balandligi esa
H
S
= H
A
+h (2.2)
bo‘ladi.
(2.1) ifodaga (2.2) tenglamadagi h nig qiymati qo‘yilsa,
H
S
= H
A
+ i-b (2.3)
kelib chiqadi.
Bu yeda H
A
+ i – asbobni mutlaq balandligini ko‘rsatadi va
asbobning sath
balandligi deb yuritiladi va H
ACB
ifoda bilan belgilanadi.
Asbobning sath balanligi - H
ACB
orqali V nuqtaning balandligi quyidagicha
aniqlanadi:
H
S
= H
ACB
-b (2.4)
O‘rtadan nivelirlashda nivelir qo‘yilgan joy – stansiya deyiladi,
keyingi
nuqta deb unga nisbatan boshqa nuqtaning nisbiy balandligi aniqlanayotgan
nuqtaga, oldingi deb nisbiy balandligi aniqlanayotgan nuqtaning sanoqlari qabul
qilingan.
Shunga ko‘ra:
H
S
= H
A
+h (2.5)
bu yerda,
h = a – b (2.6)
(2.6) ifodaga (2.5) tenglamani qo‘ysak
H
S
= H
A
+ a – b (2.7)
Tenglamadagi H
A
+ a kattalik oldinga qarab nivelirlashdagi kabi asbobning
sath balandligini ifodalaydi.
Agar oldingi nuqta keyingi nuqtadan yuqorida joylashgan bo‘lsa,
nisbiy
balandliklar ishorasi plyus va aksincha joylashgan bo‘lsa minus ishorasi qabul
qilinadi.
Agar ikki nuqta balandliklarini farqi (nisbiy balandlik) bitta stan-siyada
aniqlansa oddiy nivelirlash yoki bir nechta stansiyalarda, ya’ni nivelir va reykalarini
bir necha marta ko‘chirishlar orqali hisoblansa murakkab nive-lirlash deyiladi.
Murakkab nivelirlashlarda, nivelir yo‘llari
hosil qilinib, stansiya uchun
umumiy bo‘lgan nuqtalar bog‘lovchi, qolganlari oraliq nuqtalar deb yuri-tiladi.
Murakkab nivelirlashda boshlang‘ich va oxirgi nuqtalarning baland-liklarini farqi
har bir stansiyada hisoblangan nisbiy balandliklarni yig‘indisiga teng:
h=h
1
+h
2
+h
3
+…+h
n
= ∑ h (2.8)
Bu ifodani (2.5) ko‘ra quyidagicha yozish mumkin:
∑ h = ∑ a - ∑b (2.9)
Nazorat savollari
1. Nivelirni ish holatiga qanday tartibda o‘rnatiladi;
2.Nisbiy balandlik o‘lchash usullari qanday;
3.Balandliklar qanda hisoblanadi;