• Excel
  • Vstavka
  • Jadvalli ma‘lumotlardan diagramma tuzish yo‘llari




    Download 3,49 Mb.
    bet10/11
    Sana15.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #119771
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari

    4.4.Jadvalli ma‘lumotlardan diagramma tuzish yo‘llari


    Excel 2010 elektron jadvalida diagrammalar yasash usullari haqida
    Diagramma jadval ko‘rinishda berilgan ma’lumotlarni grafik ko‘rinishda tasvirlash usuli bo‘lib, unda tasvirlangan ma’lumot tushunishga oson bo‘libgina qolmay, balki ishni ham tezlashtiradi. Xususan ko‘p sonlar va bu sonlar orasidagi bog‘liqlikni tasvirlashda diagrammaning roli juda muhimdir. Jarayonning strukturasi va undagi o‘zgarishlar diagramma yordamida aniqlash mumkin. Bu narsani faqat sonlarning o‘ziga qarab aniqlash juda mushkul. Diagrammalar ish jadval List laridagi sonlar asosida yasaladi. Shuning uchun ham diagramma tuzishdan oldin sonlarni hosil qilish lozim.
    Odatda diagrammanii yasash uchun kerak bo‘ladigan sonlar bitta List da yoki alohida faylda joylashadi. Bitta diagramma yasashda ixtiyoriy sondagi Listlardagi ma’lumotlardan foydalanish mumkin, xuddi shuningdek, ixtiyoriy sondagi ish kitoblardan ham.
    Excel da yasalgan diagrammani joylashtirishning ikki usuli mavjud:
    1)Diagrammani bevosita List ning o‘zida joylashtirish. Bu holda diagramma shu Listning elementi sifatida qaraladi. Bunday diagrammalarga tatbiq etilgan diagrammalar deb ataladi.
    2)Ish kitobning yangi Listida diagrammani joylashtirish. Bu holda Listda faqat diagramma joylashib, unda kataklar bo‘lmaydi. Oddiy List diagrammali Listdan shunisi bilan farq qiladi. Agar siz diagrammali List ni faollashtirsangiz, u holda Excel menyusi u bilan ishlash uchun mos ravishda o‘zgaradi. Bunday Listlarga diagramma Listlari deb ataladi.
    Diagrammani joylashtirish jarayoniga bog‘liqmas holatda, uni hohlagancha boshqarish mumkin. Uni rangini o‘zgartirish, joyini surish, masshtab yo‘laklarini o‘zgartirish, chiziq turlarini kiritish va h.k.
    Siz ishingizga mos keladigan diagrammani tajriba yo‘li bilan tanlashingiz mumkin. Agar bu yetarli bo‘lmasa, turli usullar bilan diagrammani o‘zgartirish, Ya’ni unga izoh, grafik, ob’ektlar kiritish mumkin. Excelda yasalgan diagramma ish jadval List idagi ma’lumotlarga bog‘liq bo‘lib, ma’lumotlar o‘zgarishi bilan unga mos diagramma ham avtomatik tarzda o‘zgaradi. Bu Excel da diagrammalar yasashning eng muhim tomonidir.
    Excel 2010 elektron jadvalida diagramma turlari
    Ma’lumki, diagrammaning har xil turlari mavjud, chiziqli aylanma, grafikli va h.k. Excelda ixtiyoriy turdagi diagrammalarni yasash mumkin., ayrim hollarda o‘ziga xos sirli, yaproq, halqali va boshqa turdagi diagrammalarni yasash imkoni mavjud.
    Diagramma o‘rnatish Vstavka varaqasini Diagrammы guruhi buyruqlari bilan o‘rnatiladi

    Bu guruhda diagammalar Gistogramma, Grafik, Krugovaya, Lineychataya, S oblastyami, Tochechnaya, Drugie buyruqlari bilan beriladi. Masalan, Gistogramma buyrug‘i berilsa, gistogrammani: Ob’emnaya gistogramma, Diagramma guruhidaga marker bosilsa Vstavka diagrammы (Diagrammalar o‘rnatish) muloqot oynasi chiqariladi. Uning Shablonы panelida diagramma shablonlari, o‘ng tomondagi panelda shablonlarga oid digaramma turlari keltiriladi.



    Download 3,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jadvalli ma‘lumotlardan diagramma tuzish yo‘llari

    Download 3,49 Mb.