|
Elektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarining funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish
|
bet | 4/11 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 3,49 Mb. | | #119771 |
Bog'liq 4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalariElektron jadvallarni qayta ishlashda jadval prosessorlarining funksional imkoniyatlaridan optimal foydalanish
Elektron jadvallar - jadvalli berilganlar (ma’lumotlar) bilan mumkin bo’lgan amallarni bajaruvchi maxsus dasturlardir
Berilganlarni jadval ko’rinishda taqdim qilish axborotlarni tahlil qilishni birmuncha osonlashtiradi.
Jadval shaklida ifodalanishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar bilan masalalar yechish uchun elektron jadvallar yoki jadval prosessorlari deb nomlanuvchi maxsus dasturlar paketi ishlab chiqilgan.
Ular asosan iqtisodiy mazmundagi masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lib, bundan tashqari ular bilan matematik, fizik, muhandislik masalalarini yechish, formulalarga asosan hisoblashlarni amalga oshirish, grafiklar va diagrammalar qurish mumkin.
Kompyuter ekranida elektron jadvallar to’g’ri burchakli shaklda ixtiyoriy shakl va o’lchamda tasvirlanadi. Elektron jadvalni yacheykasi o’zida sonli kattaliklarni, formulalarni, hisoblash natijalarini, hisoblashlarni amalga oshirishi uchun bir butun dasturlarni saqlashi mumkin.
Jadval prosessorlari - qayta ishlanishi talab qiladigan buxgalteriya hisoblarini, ilmiy eksperementlar natijalarini va boshqa faoliyat sohalaridagi jadvalli ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar sinfidir.
Zamonaviy elektron jadvallari hisoblash natijalarini turli hil diagrammalar yordamida taqdim qilish, ilyustrasiyalardan foydalanish va natijalarni rasmiylashtirishni boshqa imkoniyatlaridan foydalanishga imkon beradi.
Elektron jadvallarni qo’llanish sohalari:
Elektron jadvallarni asosiy imkoniyatlari:
foydalanuvchi tomonidan berilgan formulalarga asosan hisoblash ishlarini amalga oshirish;
optimallashtirish masalalarini yechish;
hisoblash natijalariga asosan tahlil va modellashtirish ishlarini amalga oshirish;
jadval va hisobotlarni rasmiylashtirish;
talab qilingan diagrammalarni tuzish;
berilgan mezon ko’ra yozuv (zapis)lar imkoniyatlarini tanlash asosida ma’lumotlar bazasini tuzish va boshqarish, istalgan parametrlar bo’yicha saralash ishlarini amalga oshirish;
jadvalga boshqa dasturiy vositalarda tuzilgan axborotlarni qo’yish yoki joylashtirish;
natijaviy hujjatlarni chop qilish;
jadvallarda saqlanuvchi ma’lumotlardan jamoa bo’lib foydalanish, elektron jadvalni ko’rish uchun barcha ishchi guruh ishtirokchilariga tarqatish.
Elektron jadvallarni imkoniyatlari:
1.Elektron jadval yordamida masalalarni yechish, foydalanuvchini shunga o’xshash masalalarni algortmlarni ishlab chiqishdan ozod qiladi. Buning uchun jadvalga masalani yechish modeliga mansub bo’lgan boshlang’ich ma’lumotlarni va matematik munosabatlarni aniq bir tartib bilan yozish kerak bo’ladi.
2. Bir tipdagi formullarni kiritishda, ularni takroran bir necha marotaba kiritishni zaruriyati yo’q, buning uchun formulalarni nusxasini kerakli yacheykaga joylashtirish yetarli bo’ladi. Bu jarayonda formulaga tegishli yacheyka adresi avtomatik tarzda qayta shakllantiriladi, ya’ni yangilanadi.
3. Istalgan yacheykadagi saqlanuvchi berilganlarni o’zgartirilishi unga bog’langan barcha yacheykalardagi hisoblashlarni avtomatik tarzda o’zgarishini va hisoblanishini ta’minlaydi.
4. Boshlang’ich ma’lumotlar va hisoblashlar bo’yicha olingan natijalarini sonli ko’rinishda yoki grafik ko’rinishlarda taqdim qilish mumkin. Berilgan ma’lumotlar asosida qurilgan grafiklar, ularning boshlang’ich malumotlarini o’zaritirilishiga mos ravishda avtomatik tarzda o’zgaradi.
Microsoft Excel ish kitobi bilan bajariladigan ishlar.
|
| |