• A, B, C, D,…X, Y, Z
  • Microsoft Excel 93-2003
  • Ячейка (katak)
  • 4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari




    Download 3,49 Mb.
    bet6/11
    Sana15.12.2023
    Hajmi3,49 Mb.
    #119771
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari

    Microsoft Excel 93-2003 ilovalari 65 536 ta satr, 256 ta ustun va 16 777 216 yacheyka (katak)dan iborat bo’ladi.
    Microsoft Excel 2010 da 1 048 576 ta satr va 16384 ta ustun 17 179 869 184 yacheyka (katak)dan tashkil topgan.
    Ishchi listida ustunlar lotin tilidagi 26 ta harflar A, B, C, D,…X, Y, Z harflar bilan belgilanadi. Masalan, Microsoft Excel 93-2003 ilovalarida ustunlarni harflar bilan nomlanishida quyidagi ketma-ketlikda nomlash qabul qilingan:
    A, B, C, D, …, X, Y, Z, AA, AB, AC, AD,…, AX, AY, AZ, BA, BB, BC, BD, … , BX, BY, BZ, CA, CB, CC, CD, …, CX, CY, CZ, …, …, …, …, …, …, …, …, HW, HX, HY, HZ ,…, IT, IU, IV (256 ta ustun);
    Ustunlar Microsoft Excel 93-2003da 1, 2, 3, …, 65534, 65535, 65536 yoki Microsoft Excel 2010 da 1, 2, 3, …,1 048 574, 1 048 575, 1 048 576 kabi sonlar ketma-ketligida raqamlanadi. Прокурутка tugmasi - ishchi list oynasini sichqoncha ko’rsatkichi bilan gorizontal va vertikal holatda harakatga keltirish asosida ekranda listning istalgan qismini ko’rish vazifasini bajaruvchi vosita.
    Ячейка (katak) - axborotlarni kiritish va saqlash uchun mo’ljallangan, elektron jadvalning eng kichik qismi. Har bir yacheyka matn, son yoki formulani o’zida saqlashi mumkin.
    Адрес (adres) - yacheyka (kattak)ni elektron jadvaldagi joylashgan o’rnini nomi. Bu adres ustunlar (harf) va satrlar (sonlar) kesishmasi asosida shakllanadi. Masalan , A1 (A ustun va 1- satr), B18 (B ustun va 18- satr), C231 (C ustun va 231- satr) yoki AB12 (AB ustun va 12- satr)
    Ссылка (murojaat, havola) - u yacheyka adresini anglatuvchi ko’rsatma- murojaatni ifodalaydi. U boshqa yacheyka (katak)larga murojatni belgilaydi yoki ko’rasatadi. Boshqa yacheykalarga murojaatni ta’minlash uchun A1 yoki R1C1 kabi stillar qo’llaniladi. Barcha ссылка-murojaatlar bir nechta tiplarga ajratiladi: absalyut (o’zgarmas), nisbiy (o’zgaruvchi) va tashqi (boshqa listlar bilan bog’lashni ta’minlovchi).
    Formatlash - bu yacheykalarning tashqi ko’rinishini o’zgartirish yoki shu yacheykada joylashgan berilganlarni taqdim qilinishni o’zgartirish.
    Yacheykalarni formatlash parametrlari va unda saqlanuvchilar bir-biri bilan o’zaro bog’liq emas. Formulalar satrida yacheykada saqlanuvchi qiymatlar aniq ifodalaniladi.
    Yacheykalarni formatlash uchun mumkin bo’lgan harakatlar ro’yxati quyidagilardan iborat bo’ladi: sonlar formatni o’zgartirish; shriftni o’zgartirish; shrift parametrlarini o’zgartirish; saqlanuvchilarni tekislash; ustunlar kengligini o’zgartirish; satrlar balandligini o’zgartirish; satrlar va ustunlarni yashirish; ramka va uzorlar tuzish; ranglar o’rnatish va ularni turlarini o’zgartirish (zalivka).

    Download 3,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 3,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Elektron jadvallarni qayta ishlash texnologiyalari

    Download 3,49 Mb.