Ko‘rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, innovatsion jarayonlarni
boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar mavjudligini
talab qiladi. Bu erda, tegishli tushunchalarni ta’riflash zaruriyati muammosi alohida
turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda,
faqatgina innovatsion boshqaruv tizimida samarali bo‘lgan o‘ziga xos elementlar
ham kirishi lozim. Innovatsion faoliyat ta’minotining uslubiy muammolarini hal
etish, undan samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi mahsulotlarning o‘ziga xosligini tadqiq etgan holda, innovatsion
faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo‘yicha bir qator muammolarni mavjudligini
ko‘rishimiz mumkin:
ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning
universal shaklini
shakllantirishning murakkabliligi;
innovatsion va kundalik ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda
boshqaruv sifatini turli-tumanligi;
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlarida turli xil boshqaruv
tizimlariga bo‘lgan talabi;
bozor ehtiyojlarida kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni boshqarishning
moslashuvchan tizimini barpo etish mexanizmini murakkabligi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning
tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha huquqiy-
me’yoriy bazani yaratish;
- innovatsion tizimda sof raqobatli muhitni shakllantirish;
- xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsion-texnologik
ishlanmalarni rag‘batlantirish;
- raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotishni
ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni
ishlab chiqish va ularni
amaliyotga joriy etish;
- innovatsion sohadagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va
ularni malakasini nazoratini ta’minlash;
- innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy-
iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish;
- ilmiy va ilmiy-texnik mahsulot uchun davlat buyurtmalar tizimini
takomillashtirish;
- soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish hisobiga mablag‘
kiritilayotgan investorlarni va yuqori texnologiyali
ishlab chiqarishni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
- innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish
maqsadida innovatsion loyihalarga investitsiyalar kiritish manbasi sifatida
ammortizatsion jamg‘armalarga ajratmalar miqdorlarini bozor talabidan kelib
chiqqan holda o‘zgartirish;
- chet ellik hamkorlar bilan birga ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish
bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish maqsadida qulay sharoitlarni yaratishni
ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- rivojlangan turli mamlakatlar bilan hamkorlikda ko‘rgazma va
yarmarkalar faoliyatini muntazamligini ta’minlash;
- milliy innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha turli mamlakatlar
bilan axborot almashishi uchun xalqaro innovatsion axborot tizimiga kirish;
- ilmga oid texnika va tajriba-sinov parklarini shaklantirishda innovatsion
uskunalar lizingini rivojlantirish zarur.
Mamlakatimiz innovatsion tizimini shakllantirishda hududiy ilmiy-
innovatsion tizimi (HIIT) asosiy elementlardan hisoblanadi (4.3-rasm).
Viloyat
hokimligi
Hududning ilmiy-innovatsion faoliyati rivojlanishini
Muvofiqlashtiruvchi kengash
Innovatsion klaster
Oliy ta’lim
muassasalari, Fanlar
akademiyasi,
ilmiy
muassasalar
Innovatsiya va
texnologiyalar
transferi markazlari
Innovatsiyalarga
qaratilgan iqtisodiyot
tarmoqlari (iinovatsion
faol korxonalar)
Innovatsiyalarning hayotiylik sikli:
(g’oya, ishlanmalar, - ularni innovatsion mahsulotga aylantirish –
innovatsiyalar bozorini o’rganish – tajriba namunalarini ishlab chiqish –
ishlab chiqarishga tadbiq etish)
Innovatsion faoliyatning infratuzilmaviy majmuasi
Moliyalashtirish
tizimi
hududiy ilmiy-
texnologik
rivojlanish
jamg’armalari,
sug’urta
kompaniyalari,
banklar, venchur
kapitali
Sotish tizimi
Biznes-
inkubatorlar,
ishlanmalarni
tijoratlashtirish
ofislari, konsalting
firmalar,
ko’rgazma,
sertifikatlashtirish
markazlari
Kadrlar bilan
ta’minlash tizimi
Oliy ta’lim
muassasalari, ta’lim
markazlari,
kadrlarni tayyorlash
va
qayta tayyorlash
institulari, ilmiy
muassasalar
Axborot ta’minot
tizimi
axborot-tahlil
markazlari, noyob
ilmiy uskuna va
asboblardan
foydalanish
jamoaviy markazlari