ITTKI innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi usullarini joriy
qilish hisobiga innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha resurslar
jalb qilish;
zaruriy innovatsion infratuzilma (texnologiyalar,
innovatsion texnologik
markazlar, kichik innovatsion-texnologiya, korxonalar va boshqalar) innovatsion
faoliyat sub’ektlariga iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va
rivojlantirish;
innovatsion faoliyat qatnashchilarining munosabatlarini
tartibga soladigan
qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish;
innovatsion sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash
tizimlari yaratish;
korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat
ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish;
yangiliklar kiritish asosida ishlab chiqarishda jadal tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish;
mahsulot (tovar, xizmat) raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishning texnik
darajasini oshirish;
ichki va tashqi bozorlarda sanoat va
fan-texnika yangi birlamchi
mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish;
innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya
ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish.
Bizga ma’lumki, yangi tovar ishlab chiqarishda muvaffaqiyat keltirishning
uchta omili mavjud. Ya’ni o‘z raqobatchilariga nisbatan tovarlarining ustunligi,
iste’molchilar tomonidan qabul qilish uchun ajralib turuvchi xususiyatlarining
mavjudligi, firmaning
innovatsion marketing, yuqori ITTKI va ishlab chiqarish,
ya’ni texnologik nou-xauning mavjudligidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan
muvaffaqiyat keltiruvchi omillar innovatsion marketingda muhim o‘rin tutadi.
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchi korxonalarida
savdo vasof foyda hajmini
oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga harakat qiladi.Bunda ular
marketing faoliyatini yanada rivojlantirishga, unda yangi tovarlar ishlab chiqarish,
yangi xizmat turlarini joriy etish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shuning uchun
ham bu o‘rinda korxonalar faoliyatiga yangiliklarni kiritish, yangi tovar ishlab
chiqarish, innovatsion marketing usullarini ishlab chiqish va uni hayotga tadbiq etish
muhim ahamiyat kasb etadi.