o‘rtasida uskunalar xarid qilish, loyiha-konstruktorlik va texnologik ishlar keng
tarqalgan. Ichki va tashqi bozorlarda keskin raqobat mavjudligi innovatsiyalarning
asosiy maqsadlarini belgilab beradi.
Innovatsion jarayonlarning iqtisodiy rivojlanishdagi roli texnologik bazani
yangilash, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi bozorlarni egallash va bu bilan
iqtisodiy o‘sishning yanada yuqori sur’atlariga erishishda o‘z aksini topadi.
Innovatsion rivojlanish omillari iqtisodiy o‘sishning asosini tashkil etgan holda
ishlab chiqarish sohasining ko‘pgina xususiyatlarini ham belgilaydi (4.2-rasm).
Paydo bo‘lishiga qarab ular ichki va tashqi omillar bo‘lishi mumkin.
Ichki omillar:
-
ishlab chiqarish rivojlanishining moddiy-texnik bazasi;
-
korxona ixtisosligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning maqsadi;
- boshqaruv turi va tashkiliy tuzilmasi;
- boshqaruv uslubi va uslubiyoti;
- ishlab chiqarishning yangilik darajasi;
- turli xil xodimlarning talab qilingan va mavjud malakaviy darajasi;
- xodimlarni rag‘batlantirish tizimi;
- xodimlarning innovatsiyaviy faolligi darajasi;
- tashkiliy madaniyat va boshqalar.
Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bozor tuzilmalari;
- soliq tizimi;
- qonuniy-huquqiy tizim;
- moliya-kredit tizimi;
- umumiqtisodiy, ijtimoiy va tashqi siyosiy xarakterga ega omillar;
- tarixiy va milliy omillar.
Innovatsion asosga ega bo‘lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini echish
jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar tizimini ifodalashi
lozim. Bu ayniqsa, o‘z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan
korxonalar uchun muhimdir (4.2-rasm).