• Nazorat uchun savollar
  • 4-mavzu. Kompaniyа holati tahlili




    Download 102,71 Kb.
    bet5/5
    Sana30.05.2024
    Hajmi102,71 Kb.
    #257970
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    strategiya 4

    Korxonaning raqobat pozitsiyasi kuchini baholash.
    Qiymat, raqobat pozitsiyasini baholashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy tahlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:

    • Korxonaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?

    • bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday o’zgarishini kutish mumkin?

    • Korxonaning qanday raqobat ustunliklari bor?

    Umumiy qoida: kompaniya o’zining raqobatdagi kuchli jixatlarini ko’paytirib borishi va o’zining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o’z strategiyasida o’zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni kurishi lozim.
    Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bo’lishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qaerda ekanligini ko’rsatadi.
    Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bo’lgan jixatlarda raqiblar zaif bo’lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.- noyob imkoniyatlar Korxonaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;
    - bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;
    - potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.

    Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bo’layotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bo’lgan yoki o’sish uchun boshqa imkoniyatlari bo’lgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.


    SWOT-tahlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:
    - kompaniya o’z strategiyasida o’zining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bo’lmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?
    - kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga to’zatish kiritish kerak?
    - qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? SHuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bo’lmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Korxonaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa Korxonalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.
    Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baholash uchun quyidagilar muxim:
    kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
    kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
    kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar sohasidagi funktsional strategiyalarini baholash;
    kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda yetakchiligi va xokazo.
    Korxonaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;
    kreditlar xajmi;
    kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;
    sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;
    foyda xajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;
    kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;
    Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:
    KORXONA AHVOLINI TAHLIL QILISH

    Kompaniyada yo’zaga kelgan vaziyatni eng aniq ko’rsatadigan indikatorlardan biri - uning o’z raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa mahsuloti kam differentsiyalashgan tarmoqlarga ta’alluqli bo’lib, kompaniya har qanday sharoitda ham o’z raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks xolda raqobatli pozitsiyani qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:


    - xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning narxlaridagi farqlar;
    - asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar;
    - ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bo’lganligi, ishlab chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki tannarxlardagi farqlar;
    - inflyatsiya va valyuta kurslarining o’zgarishiga kuchli bog’liqlik;
    - transport xarajatlaridagi farqlar;
    - taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar.
    Strategik qiymatli tahlilda asosiy etibor Korxonaning o’z raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bo’lib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard istemolchilarning narxlarigacha bo’lgan qiymat manzarasini aks ettiradi . Ushbu jadval xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi Korxonalar bir-biridan eng katta farq qiladigan uchta asosiy soha borligini ko’rsatadi: ta’minot sohasi, taqsimot kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning o’z ichki faoliyati. Agar Korxona zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida o’z ichki xatti-xarakatlarini o’zgartirishi mumkin.
    Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, Korxona quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin:
    - yetkazib beruvchilar bilan o’zi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi;
    - yetkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;
    - moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;
    - arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;
    - taqsimotning narxlari maqbo’l bo’lgan yangi manbalarini topishi;
    Qiymat bo’yicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki sohalarida bo’lsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
    - byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;
    - ishchilarning va qimmatbaho asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini kutarishga urinish;
    - ba’zi texnologik jarayonlarni Korxonaning o’zida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bo’lish-bo’lmasligini o’rganib chiqish;
    - resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;
    - qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob-uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida ko’rib chiqish;
    - mahsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo;
    Qo’shimcha faoliyat doirasida:
    tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish;
    inson resurslarini boshqarish;
    umumiy boshqarish;
    Asosiy faoliyat doirasida:
    moddiy texnika ta’minoti;
    tayyorlash;
    tovarlarni istemolchilarga yetkazish;
    sotish va marketing;
    xizmat ko’rsatish;
    Strategik ko’rishni shakllantirish
    • Kompaniya menejerlarining «tashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shugullanmoqchi va kelajakda qanday bo’lmoqchi?» - degan masalaga qarashlari strategik ko’rish deyiladi. Strategik ko’rish - «biz kimmiz, nima qilyapmiz, nima qilmoqchimiz» degan savollarga javob beradi. Ba’zan kompaniyalar o’zining vazifasini noto’gri belgilab, uni faqat foydada ifodalaydilar. Biroq foyda kompaniya bajaradigan ishning natijasidir. Faqat foyda olishga qaratilgan kompaniyaning missiyasi korxonalarni bir biridan farqlash imkonini yo’qotadi. Vaxolanki, xar bir kompaniya o’zining qiyofasiga - imidjiga ega bo’lishi kerak.
    • Yaxshi o’ylab ko’rilgan strategik ko’rish va kompaniya missiyasini asoslash quyidagi 3 ta jixatdan iborat:
    • kompaniya biznesning qaysi sohasida ishlayotganligini tushunish;
    • kompaniyaning strategik ko’rishi va missiyasini aniq, lo’nda va ilxom bilan tushuntirib berish;
    • kompaniya strategik ko’rishi va missiyasini o’zgartirish xaqida o’z vaqtida qaror qabul qilish;
    Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
    • Maqsadlarni qo’yish - biznes missiyasining maxsus maqsadlar qatoriga aylanish jarayonidir. Ayni paytda tashkilotning xar bir bo’linmasini kerakli tomonga yo’naltirish jarayoni ham ana shunday boshlanadi. Maqsadlar menejer muvaffaqiyatga erishish uchun muxim deb xisoblagan xar bir muxim natija uchun zarurdir. Maxsus muhim natijalar odatda tarmoqning miqyosi va darajasini, ishning rivojlanishi, investitsiyalarning qaytarilishini, dividendlarning o’sishini, bozorning o’lchamlarini, sifatli mahsulotning yoki texnologik peshqadamlikning obro’sini, beqaror iqtisodiyotda ishlay olish qobiliyatini, diversifikatsiya darajasini, moliyaviy qudratni, istemolchilarga xizmat ko’rsatishni, qiymat bo’yicha raqobatlasha olish qobiliyatini o’z ichiga olishi mumkin.
    Nazorat uchun savollar

    1. Kompaniya axvolining tahlili qanday savollardan iborat?

    2. Amaldagi strategiyaning samaradorligi qanday aniqlanadi?

    3. Kompaniyaning kuchi yoki zaifligi nimalardan iborat?

    4. Kompaniya baholari va xarajatlarining raqobatgabardoshliligi

    qanday aniqlanadi?

    1. Kompaniyaning raqobat mavqei qanday?



    Download 102,71 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 102,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Kompaniyа holati tahlili

    Download 102,71 Kb.