• Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada
  • Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi
  • Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam
  • Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi
  • 4-mavzu. Kompaniyа holati tahlili




    Download 102,71 Kb.
    bet3/5
    Sana30.05.2024
    Hajmi102,71 Kb.
    #257970
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    strategiya 4

    Qullanilayotgan strategiyani baholash.
    Qullanilayotgan strategiyani baholash uchunkompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:

    • arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;

    • raqobatchilardan farq qilib turish;

    • istemolchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.

    Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristiqasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik kulamidir. Bu yerda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish sohalaridagi yordamchi strategiyalarni tahlil qilish lozim.
    Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan sunggi amaliyotini tahlil qilib chiqish kerak.
    Strategik faoliyatning eng aniq ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

    • Korxona nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;

    • Korxona oladigan daromad xajmining o’sishi yoki usmayotganligi xhamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;

    • Korxonada sof foyda tendentsiyalari xamda investitsiyalarning qaytish tezligi qanday;

    • Korxonada savdo xajmining bozordagi umumiy o’sishga nisbatan tez yoki sekin usayotganligi va xokazo.

    Tabiiyki, eng yaxshi strategiya xech qanday radikal o’zgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir.


      1. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

    Kuch - bu shunday xususiyatki, kompaniyaga qo’shimcha imkoniyatlar beradi. Bu kuch maxoratda, sezilarli tajribada, qimmatli tashkiliy resurslarda yoki aniq imkoniyatlarda, Korxonaga bozorda ustunlik yaratib beruvchi yutuqlarda bo’lishi mumkin. Kuch shuningdek, bozorda raqobatchilikni kuchaytirish tajribasiga ega bo’lgan boshqa bir kompaniya bilan qo’shilishi yoki sherikchilik qilish yo’li bilan xam yaratilishi mumkin.


    Zaiflik - bu kompaniya faoliyati uchun zarur bo’lgan nimaningdir yetishmasligi, kompaniya qila olmaydigan qandaydir ish yoki kompaniyani noqulay vaziyatga solib qo’yadigan sharoit. Kompaniyaning kuchli va zaif jixatlari aniqlangach, xar ikkala ro’yxat o’rganilishi va baholanishi lozim28. Buning uchun SWOT tizimi qo’llaniladi (tahlil, xarajatlar tahlili, imkoniyatlar va boshqalar tahlili). Bunda kuch va zaiflik balansi to’ziladi. Kompaniyaning eng muxim yutugi - bu raqiblariga nisbatan kompaniya yaxshi bajara oladigan ishdir.
      1. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

    Kompaniya axvoli tahlilining muxim qismi - bu Korxona xarajatlarining raqobatga bardoshliligini aniqlashdir. Baholardagi farqlarning kelib chiqish sabablari xilma-xil bo’lishi mumkin. Ularning eng muximlari quyidagilar:

    1. xom ashyolar, butlovchi qismlar, quvvatlar va boshqa tovarlar narxlaridagi

    farq;

    1. texnologiyaning turliligi va jixozlar yoshining turliligi;

    2. ishlab chiqarish xarajatlarining turliligi;

    3. raqiblarning inflyatsiyaga va xorijiy valyutalar almashtiruv kurslarining

    o’zgarishiga bogliqlik darajasining turliligi;

    1. marketing xarajatlarining turliligi;

    2. transportirovka xarajatlarining turliligi ;

    3. sotish shaxobchalarini tashkil etish xarajatlarning turliligi.

    Raqobatga bardoshli bo’lish uchun kompaniyaning xarajatlari raqiblar xarajatlariga teng yoki undan past bo’lishi lozim. Buning uchun kompaniya qiymatlar zanjirining xar bir bo’ginida tahlil o’tkaziladi. Qiymat yaratuvchi zanjir quyidagilardan iborat bo’ladi.
    Asosiy faoliyat doirasida: moddiy-texnika ta’minoti; tayyorlash;
    tovarlarni istemolchilarga yetkazish; sotish va marketing;
    xizmat ko’rsatish;
    Qo’shimcha faoliyat doirasida:

    tadqiqotlar va ishlanmalar, texnologiyalar va tizimlarni rivojlantirish; inson resurslarini boshqarish;


    umumiy boshqarish;
    Xarajatlarni to’gri baholash uchun menedjer 4 ta ishni bajarishi lozim: Korxonaning qiymatlar zanjirini to’zish;
    zanjir ichida turli uchastkalar o’rtasidagi aloqani o’rganish; bozorda muvaffaqiyat keltiruvchi faoliyat turlarini aniqlash; solishtirma baholash o’tkazish;


      1. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam?

    Kompaniyaning raqobatga bardoshliligini aniqlash uchun qiymatlar zanjiridan foydalanish yetarli emas. Kompaniyaning raqobatchilik kuchi va pozitsiyasi chuqurroq tahlil qilinishi lozim. Buning uchun quyidagilar aniqlanadi29:



    • xozirgi vaqtda kompaniya o’zining raqobat pozitsiyasini qanchalik qattiq ushlab turibdi;

    • amaldagi strategiya saqlanib qolsa kompaniya raqobat pozitsiyasining mustaxkamlanish va zaiflashish istiqboli qanday;

    • asosiy raqiblar ichida kompaniya qanday o’ringa ega;

    • xozirgi vaqtda kompaniya asosiy raqiblardan ustunmi yoki orqadami;

    • tarmoqning xarakatlantiruvchi kuchlari, raqobat bosimlari, raqobatchilarning kutilayotgan qadamlaridan kelib chiqib kompaniya o’zining pozitsiyasini ximoya qila oladimi;

    Bu savollarga javob topish uchun quyidagilarni bajarish lozim:



    1. qadam - tarmoqdagi muvaffaqiyatning kalit omillari ro’yxati to’ziladi;

    2. qadam - xar bir ko’rsatkich bo’yicha kompaniya va uning raqiblariga baho beriladi;

    3. qadam - raqiblarning kuchli tomonlariga berilgan baho umumlashtiriladi;

    4. qadam - raqiblarning raqobatda ustunlik yoki zaif jixatlari xaqida xulosa chiqariladi;



      1. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi?

    Yuqoridagi tahlil natijasini o’rganib, menejerlar nimaga etibor berish kerakligini aniqlashlari lozim. Kompaniyaning zaif joyini topa bilish, ana shu zaifliklarni bartaraf qilish choralarini ishlab chiqish menejerlarning asosiy vazifasiga aylanadi. Ushbu vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun menejerlar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:



    1. tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarni xisobga olganda Korxonaning bugungi strategiyasi ma’qulmi;

    2. Korxonaning amaldagi strategiyasi tarmoqning kelajakdagi muvaffaqiyatning kalit omillariga mos keladimi;

    3. tarmoqdagi 5 ta raqobat kuchlaridan amaldagi strategiya yaxshi ximoya qiladimi;

    4. qanday vaziyatlarda bugungi strategiya kompaniyani tashqi xavflar va ichki zaifliklardan ximoya qila olmaydi;

    5. bir yoki bir nechta raqiblarning xujumi kompaniyaga zarar yetkaza oladimi, agar yetkaza olsa qanday zarar yetkaza oladi;

    6. kompaniya raqobat ustunligiga egami yoki u raqobatchilikdagi kamchiliklarni tugatish uchun yanayam ko’proq ishlashi kerakmi;

    7. bugungi strategiyaning kuchli va zaif tomonlari nimalardan iborat;

    8. kompaniyaning raqobat pozitsiyasini kuchaytirish uchun qo’shimcha choralar ko’rish lozimmi;

    Ushbu savollarning javoblari kompaniya amaldagi strategiyasini davom ettirgani ma’qulmi yoki strategiyani tubdan o’zgartirish lozimmi degan savolga javob beradi.
    Vaziyat tahlilining sunggi bosqichida kompaniyaning ish rejasini tashkil qiluvchi barcha muxim strategik yondashuvlar aniqlanadi. U bajarilgan vaziyat taxhliliga tayanishi va quyidagi savollarga javob berishi kerak:

    • mavjud strategiya tarmoqdagi xarakatlantiruvchi kuchlarga mosmi?

    • mavjud strategiya tarmoqning kelgusidagi muvaffaqiyat omillari bilan qanchalik kuchli bog’liq?

    • mavjud strategiya xozir va ilgari emas, kelgusidagi beshta raqobat kuchidan qanchalik yaxshi ximoyalangan?

    • mavjud strategiya kompaniyani ichki xatarlar va tashqi zaifliklardan ximoyalay oladimi?

    • kompaniya bir yoki bir nechta raqiblarning xujumlaridan xavfsirashi kerakmi?

    • kompaniyaning qiymat pozitsiyasini yaxshilash, ijobiy imkoniyatlarni ko’paytirish yoki uning raqobatli pozitsiyasini yaxshilash uchun qo’shimcha chora- tadbirlarni amalga oshirish kerakmi?



      1. Qadriyatlar zanjiri. Asosiy faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Yordamchi faoliyatdagi qadriyatlar zanjiri. Muvaffaqiyatning kalit omillari.


    Download 102,71 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 102,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Kompaniyа holati tahlili

    Download 102,71 Kb.