Bog'liq 4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org
I. Umumiy rentabellik ko‘rsatkichlari: 1) jami aktivlarning rentabelligi;
2) ishlab chiqarish fondlarining rentabelligi;
3) korxonaning joriy xarajatlari rentabelligi;
4) sotilgan mahsulot rentabelligi.
II. Qo‘shimcha rentabellik ko‘rsatkichlari: 1) xususiy (o‘z) kapitalining
rentabelligi; 2) qarzga olingan kapitalning rentabelligi; 3) asosiy kapitalning
rentabelligi;
4)
aylanma
kapitalning
rentabelligi;
5)
permanent
(investitsiya)kapitalning rentabelligi.
Bu borada iqtisodchi olimlardan M.Q.Pardaev va B.I.Isroilovlarning
tavsiyalarini diqqatga sazovor deb hisobladik. Ularning tavsiyalariga ko‘ra
rentabellikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar iqtisodiy mazmuni bo‘yicha to‘rt guruhga
bo‘linadi: ishchanlik bilan bog’liq umumiy rentabellik ko‘rsatkichlari, iqtisodiy
salohiyat bilan bog’liq rentabellik ko‘rsatkichlari, moliyaviy salohiyat bilan bog’liq
rentabellik ko‘rsatkichlari va moliyaviy bozordagi faollik bilan bog’liq rentabellik
ko‘rsatkichlari.
Bugungi kunda amaliyotda keng tarqalgan va iqtisodchilar tomonidan bir
qancha rentabellik ko‘rsatkichilarini aniqlashni quyidagi usullari tavsiya etilgan.
1. Jami aktivlarni rentabelligi = Sof foyda: aktivlarni o‘rtacha qiymati.
2. Joriy aktivlar = Sof foyda: joriy aktivlarni o‘rtacha qiymati.
3. Sotilgan mahsulotni retabelligi = Sof foyda: mahsulotni sotishdan
tushgan sof tushum.
4. Sotilgan mahsulotni retabelligi = Sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish
tanarxi: mahsulotni sotishdan tushgan sof tushum.
5. Korxonaning asosiy faoliyatining rentabelligi = Korxonaning asosiy
faoliyatining rentabelligi.
6. Xususiy (o‘z) kapitalining rentabelligi = Sof foyda: o‘z mablag’larining
o‘rtacha yilik qiymati.
7. Asosiy kapitalining rentabelligi = Sof foyda: uzoq muddatli aktivlarning