-tuzilgan shartnoma majburiyati asosida mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha
sotish rejasini bajarilishiga baho berish;
-mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni tez amalgaoshirish bo‘yicha
rezervlarni aniqlash kabilar.
Korxonalarning mahsulot sotishini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar
quyidagilardir:
- korxonaning yalpi mahsuloti - bu tovar mahsuloti qo‘shuv
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i hamda korxonaning o‘zida
tayyorlangan yarim-fabrikatlar vaasboblardan iboratdir;
- tovar mahsuloti deganda, barcha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tgan,
to‘la butlangan, texnik nazoratbo‘limidan ham o‘tgan vaomborga
topshirilgan mahsulot tushuniladi;
- sotilgan mahsulot deganda, tovarlar iste’molchilarga jo‘natilib, uning
haqi mol yuboruvchilarning bankdagi hisob-kitob raqamiga o‘tkazilishi
tushuniladi.
Sotish hajmining o‘sish sur’atigako‘pginaomillar ta’sir etadi. Bo‘larga
mahsulot sifati, uni bir maromda ishlab chiqarish, mahsulotni o‘z
vaqtida
iste’molchilarga jo‘natish, uning haqini to‘lash, sotilmagan mahsulotlarning yil
boshiga va yil oxirigabo‘lgan qoldig’i kabilar kiradi. Ishlab chiqarilgan va sotilgan
mahsulotlarning bir-biriga bog’liqligini tekshirish uchun
tovar balansini tuzish
kerak. Uni quyidagi formula orqali ifoda qilish mumkin: