• R = T 1 + M - T 2
  • 4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja




    Download 126,83 Kb.
    bet3/43
    Sana28.01.2024
    Hajmi126,83 Kb.
    #147599
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
    Bog'liq
    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi-fayllar.org

    T
    1
    + M = R + T
    2

    Bu yerda:


    T
    1
    - sotilmagan mahsulotlarning yil boshiga qoldig’i;
    M - joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hajmi;
    R - joriy yilda sotilgan mahsulot hajmi;
    T
    2
    - sotilmagan mahsulotlarning yil oxirigabo‘lgan qoldig’i.
    Tovar balansining unsurlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog’liq. Agar rejaga
    nisbatan yil boshiga bo‘lgan qoldiq ko‘p bo‘lsa, u holda sotish hajmi oshadi.
    Demak, sotish hajmining o‘zgarishiga tovar mahsulotini ishlab chiqarish va
    sotilmagan mahsulotlarning o‘zgarishi ta’sir qilar ekan. Endi yuqorida berilgan
    tenglikdan sotish jarayonini quyidagicha ifoda etish mumkin:
    R = T
    1
    + M - T
    2

    Mahsulot ishlab chiqarishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar - sof mahsulot,


    me’yoriy sof mahsulotlarni tahlil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Sof mahsulot tovar mahsulot bilan uni ishlab chiqarishga qilingan 
    moddiy sarflar va asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyasi 
    summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.





    Me’yoriy sof mahsulot ishlab chiqarishdagi ishchilarning asosiy va 
    qo‘shimcha ish haqini, ijtimoiy sug’urta uchun ajratmalar va me’yoriy 
    foydani jamlash orqali aniqlanadi.
    Shartli sof mahsulot bu sof mahsulot qo‘shuv asosiy fondlarning 
    amortizatsiyasidir.
    Korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga baho beruvchi muhim mezon - sotish
    rejasining shartnoma majburiyatini hisobga olgan holda bajarilishi bo‘lib qoldi.
    Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rejaning bajarilish darajasi 100 foizdan oshmaydi,
    eng maqbuli 100 foizdir.
    Tuzilgan shartnoma majburiyatiga asosan iste’molchilarni zarur tovarlar
    xilma-xilligi bilan ta’minlash sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Korxonalar mahsulot
    ishlab chiqarish rejasini nafaqat qiymat ifodasida, balki belgilangan assortimenti
    bo‘yicha bajarilishi zarur. Korxona faoliyatiga to‘g’ri baho berishda mahsulotning
    xilma-xilligi bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishini aniqlashda eng kam son
    miqdorini hisobga olish usuli qo‘llaniladi.
    Mahsulot sifati deganda, uning barcha mo‘ljallangan maqsadda foydalanishga
    yaroqli xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Xalq xo‘jaligi tarmoqlarida mahsulot
    sifatini baholashda turli ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Mahsulot sifatini tahlil qilishda
    foydalaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda sifatsiz mahsulot uchun
    iste’molchilargato‘lanadigan jarimalar, mahsulotni kafolatli ta’mirlovchi
    ustaxonalarga sarflanadigan xarajatlar kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
    Shunday qilib, mahsulot sifatini tahlil qilish usullari tahlil qilinayotgan
    korxonaning qaysi tarmoqqa mansub ekanligiga bog’liq ekan.
    Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bo‘yicha dasturning bajarilishini tahlil
    qilish jarayonida mahsulotni bir maromda ishlab chiqarishni tashkil qilish katta
    ahamiyatga ega. Mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish deganda, uni tuzilgan
    jadval asosida, mahsulotning oldindan aniqlangan xilma-xilligi va sifatiga muvofiq
    yetkazib berish va sotishni o‘z vaqtida ta’minlash tushuniladi. Bir maromda
    mahsulot ishlab chiqarishning umumlashgan ko‘rsatkichi bir me’yorda ishlash
    koeffitsienti hisoblanadi,u jadval bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasi
    bajarilgan kunlarni umumiy ish kunigabo‘lish bilan aniqlanadi, odatdaoy hisobida.
    Tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha biznes-rejaning bajarilishi ko‘pgina
    omillarga bog’liq. Shuning uchun tovar mahsuloti ishlab chiqarish bo‘yicha
    biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish jarayonini
    osonlashtirish uchun ular ma’lum iqtisodiy belgilariga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi:
    1.Mehnat omillari. Bu omillar tarkibiga korxonalarni ishchi kuchi bilan
    ta’minlash, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kabi masalalar kiradi.



    2.Mehnat vositalari omillari. Bularga korxonalarning asosiy fondlar bilan


    ta’minlanishi, texnik holati va ulardan foydalanish samaradorligi singari masalalari
    kiradi.
    3.Mehnat buyumlari omillari. Bularga korxonalarning xom ashyo va
    materiallar bilan qay darajada ta’minlanganligi, moddiy-texnika ta’minotining
    holati va moddiy resurslardan foydalanish samarasi kabi masalalar kiradi.

    Download 126,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




    Download 126,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish usullari. Reja

    Download 126,83 Kb.