Moddiy-texnika ta’minotini bozor iqtisodiyotiga mos ravishda qaytaqurish
moddiy resurslaridan markazlashtirilgan tarzda foydalanish va iste’molchilarni mol
yetkazib beruvchilarga biriktirib qo‘yishdan ishlab chiqarish vositalari bilan
fondlar va naryadlarsiz, iste’molchilarning buyurtmasi bo‘yicha, shartnoma
narxlaridan foydalangan holda, xaridor manfaatini ko‘zlab, ish yuzasidan sherik
tanlash orqali erkin oldi-sotdi shaklidagi savdo qilishga o‘tish natijasida ishlab
chiqaruvchining o‘z amrini o‘tkazishini va tanho huquqqa (monopoliya)
egabo‘lishni bartaraf etib, rivojlangan bozorning paydobo‘lishigaolib keldi.
Korxonalarning moddiy-texnik ta’minoti holatini tahlil qilish uchun ularning
ta’minot bo‘limi vaomborxona ma’lumotlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Ana
shu ma’lumotlargaasoslangan holda materiallar guruhi bo‘yicha keltirilishi va
biznes-rejaning bajarilishini aniqlash mumkin.
Moddiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish darjasini ifodalovchi
umumlashgan
ko‘rsatkich
material qaytimi hisoblanadi. U moddiy