4.2. Mehnat omillaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari. Mehnat unumdorligi haqida tushuncha va uning mohiyati. Korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish usullari. Korxonalarning ish kuchi bilan ta’minlanishini tahlil qilishda ishlovchi barcha
xodimlarning tarkibi aniqlanadi. .Korxonaning ishchi kuchi bilan qay darajada
ta’minlanganligi. Ular ikki turkumgabo‘linadi: asosiy faoliyatda ishlovchi vaasosiy
bo‘lmagan
faoliyatdaxizmat
qiluvchi
xodimlar.
O‘z
navbatidaasosiy
faoliyatdaxizmat qiluvchi xodimlar quyidagi toifalargabo‘linadi: ishchilar,
xizmatchilar, shu jumladan, rahbarlar, mutaxassislar va boshqaxizmatchilar. Ushbu
qayd etilgan xodimlar mahsulot ishlab chiqarishda birday qatnashmaydilar. Agar
rahbarlar, mutaxassislar vaxizmatchilar soni bo‘yicha faqat mutlaq farq aniqlansa,
ishchilar soni bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish o‘sish sur’atini hisobgaolgan
holda nisbiy farq ham aniqlanadi. Nisbiy kamlik esa mehnat unumdorligi
o‘sganligidan dalolat beradi.
Mehnat unumdorligi vaqt birligi (soat, smena, oy, kvartal, yil) ichida ishchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarf qilingan vaqt birligi bilan o‘lchanadi. Mehnat unumdorligini hisoblashda quyidagi uch ko‘rsatkichdan foydalanish
mumkin:
1. Natura ko‘rsatkichlar. 2.Shartli-natura ko‘rsatkichlar. 3. Pul (qiymat) ko‘rsatkichlari.
Mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda vaqt birligi davomida hosil
qilingan mahsulot miqdori bilan o‘lchanadi. Bunda individual korxona va xalq
xo‘jaligi ko‘lamidagi mehnat unumdorligi farqlanadi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir
ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori bilan o‘lchanadi. Sanoat
korxonalarida mehnat unumdorligi darajasi tovar mahsulotining hajmini
ishlovchilarning soniga nisbati bilan aniqlanadi. Tahlil jarayonini chuqurlashtirish
uchun bir ishchiga to‘g’ri keladigan o‘rtacha yillik, kunlik va soatlik ish
unumdorligi ham hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar tovar mahsuloti hajmini
mutanosib tarzda ishchilarning ro‘yxatdagi soniga, hamma ishchilar tomonidan bir
yilda ishlangan kishi-kunlariga va kishi-soatlariga nisbati tariqasidaaniqlanadi.