Likvidlik koeffitsentlari - korxonaning qisqa muddatli qarzlarini to‘lashga
bo‘lgan qobilyatini tavsiflaydi. Qiska muddatli qarzlarni ifodalash uchun quyidagi
koeffitsentlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Joriy likvidlik;
Muddatli likvidlik;
Absolyut likvidlik;
Sof aylanma mablaglar.
Likvidlik koeffitsentlarni hisoblash tartibi 1-ilovada keltirilgan.
Ishchanlik faolligi koeffitsentlari - korxona resurslaridan foydalanish
samaradorligini tavsiflaydi. Resurslardan foydalanish samaradorligini
ifodalash uchun quyidagi koeffitsentlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Aktivlar aylanuvchanligi;
Debitorlik qarzlari aylanuvchanligi;
Kreditorlik qarzlari aylanuvchanligi;
Moddiy ishlab chiqarish zaxiralari aylanuvchanligi
Operatsion tsiklning davomiyligi;
Ishchanlik faolligi koeffitsentlarni hisoblash tartibi 2-ilovada keltirilgan.
Rentabellik koeffitsentlari - korxona faoliyati samaradorligini tavsiflaydi.
Korxonalar
faoliyati
samaradorligini
ifodalash
uchun
quyidagi
koeffitsentlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Aktivlar rentabelligi;
Sotish rentabelligi;
Xususiy sarmoya rentabelligi;
Bitta aktsiyaning foydaliligi.
Sarmoyalar tuzilmasi koeffitsentlari - korxonaning uzoq muddatli
qarzlarini to‘lashga bulgan kobilyatini tavsiflaydi. Uzoq muddatli qarzlarni to‘lash
qobilyatini ifodalash uchun quyidagi koeffitsentlardan foydalanish tavsiya etiladi:
Moliyaviy bogliklik
koeffitsenti;
Mulkchilik koeffitsenti;
Kreditorlarning himoyalanganligi koeffitsenti.