4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi Reja




Download 63,04 Kb.
bet6/10
Sana01.12.2023
Hajmi63,04 Kb.
#109289
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi Reja

O‘lchov – ma’lum qoidalarga muvofiq voqealar va ob’ektlarga raqamlarni qo‘yib, yozish raqamli tavsiflarni, narsa – buyum va hodisalarga qo‘shilib yozilishining eng oddiy metod – ularni qayd etishdir. Qayd etishning mohiyati shundaki – qandaydir belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning u yoki bu variantini tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va xulosalarni qilish imkonini beradi. Qayd etishning muhim xususiyati shundaki, u psixologik – pedagogik tadqiqotlarda ko‘p uchraydigan hol bo‘lib, ya’ni o‘rganilayotgan xodisalarning belgilarini aniqlash, imkoni bo‘lmagan hollarda ham miqdoriy jihatlarini tahlil qiladi.
Masalan talabalarning bilim va malakalari darajasini, u yoki bu ma’naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta’lim metodining samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni – xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma’lum miqdoriy tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining qonuniyatlarini o‘rganish mumkin.
Ma’lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi – tartibga solish operatsiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan hodisalar ma’lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi. Keyin ob’ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob’ektlarda o‘rganilayotgan sifatning tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Ma’lumotlarni tartibga solgandan keyin ularni guruhlashadi. Buning uchun o‘rganilayotgan sifat ma’nosini ma’lum intervali o‘lchov belgisi deb qabul qilinadi. O‘rganilayotgan hodisalarda belgi ma’nosi necha marta shu o‘lchov birligi kuzatilayotgan ob’ektda namoyon etilishi son bilan belgilanadi. Ma’lum sabablarga
ko‘ra, matematik apparatni qo‘llashda va o‘lchovda qiyinchiliklar kelib chiqadi/ O‘lchov natijasida olingan miqdoriy sifatlar matematik statistika usullari
yordamida ishlab chiqiladi va bu empirik natijalarni umumlashtirishga “Tasodifiy” natijalar sababini tushuntirishga unga ma’lum ishonarli izoh berishga imkon beradi.
Amaliy psixologiyada miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berishning eng keng tarqalgan usullari – dispersion, korrelyatsion va omilli tahlil usullaridir.



Download 63,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 63,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi Reja

Download 63,04 Kb.