• Matematik ishlov berish metodlari guruhi.
  • Shakllantiruvchi eksperiment




    Download 63,04 Kb.
    bet5/10
    Sana01.12.2023
    Hajmi63,04 Kb.
    #109289
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi Reja
    101., VJ7Cg2QxrjqmLPPdpwTZLSYDileQTyUUkZtHD2Nl, Djadigerova Nodira, Biznes páni, “SHIMОLI-G’АRBIY BАQTRIYАNING KUSHОN PОDSHОLIGI DАVRI АRXЕОLОGIK YОDGОRLIKLАRI”, SOHANING INNOVATSION YANGILIKLARI, 1, 1, 3, personal yaratilishi, 1-bo’lim variantlarning 1- savollari, 41987 1.2-maruza matni (1), KMR Tibbiyotda AT - Hamshiralik ishi 140321203848, texnogen
    Shakllantiruvchi eksperiment – bu usulning asosiy belgisi V.V.Davidovning “psixikaning u yoki bu empirik shakllarining xususiyatlarini oddiygina ta’kidlab emas, balki ularni faol modellashtirib maxsus sharoitlarda namoyon etib, ular mohiyatini ochib berishi” kerak degan fikri bilan belgilanadi.
    Shakllantiruvchi eksperiment usullarini qo‘llash o‘quv-kasbiy jarayonlarning ma’lum tavsiflarini o‘zgartirish va shu o‘zgarishning ta’lim oluvchilarning yosh, intellektual xususiyatlariga bo‘lgan ta’siri bilan bog‘liq. Mohiyatiga ko‘ra, bu usul keng tadqiqot o‘tkazish vositasi sifatida boshqa usullarni qo‘llash orqali o‘tkaziladi. Shakllantiruvchi eksperiment V.V.Davidov bergan tavsifiga ko‘ra – birinchidan, ko‘p sonli ya’ni, statistik muhim; ikkinchidan, u yoki bu konsepsiyani yuritish uchun amalga oshiriladigan; uchinchidan uzoq davomli va nihoyat pedagogik-nazariyotchi diagnostik metodistlarni o‘zaro hamjihatliligini ta’minlab beruvchi eksperimentdir. Shakllantiruvchi eksperiment kasbiy ta’limning optimal texnologiyalarida, korxonada kasbiy tayyorgarlikning samarali metodikasida,
    malaka oshirish tizimiga innovatsion usullarni qo‘llash jarayonida foydalaniladi.


    Matematik ishlov berish metodlari guruhi. Miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular
    o‘rtasidagi ma’lum aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi.
    Sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir qatorda psixologik tadqiqotning ob’ektligi sezilarli darajada oshiriladi. Tadqiqot usullarining to‘g‘riligi nafaqat qo‘llanilgan matematik apparatning takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob’ektlarni real miqdoriy tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi.
    Ta’lim yoki tarbiyaning u yoki bu amallarini yoki tomonlarini baholash uchun miqdoriy belgilarni topish – matematik muammo hisoblanmaydi. Bu vazifani tadqiqotchi psixologlar hal etishi kerak. Ammo bu masalani hal etish uchun o‘lchov usullarining qo‘llash chegaralari va sharoitlarini hisobga olib, psixologik hodisalarni to‘g‘ri o‘lchash kerak bo‘ladi.



    Download 63,04 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 63,04 Kb.