• 4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati..
  • 4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja




    Download 24.91 Kb.
    bet1/6
    Sana31.10.2023
    Hajmi24.91 Kb.
    #91807
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja-fayllar.org
    штамп, elektronika, texnikaa, Doc1 to pdf, Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy trabiyasining vositalari ., AKUMULYATOR BATAREKANING TUZILISHI VA ISHLASHI, Aromatik galoidbirikmalar., Gayratova Dilyora Sherali qizi, O\'zgaruvchan tok tasiridagi rezonans hodisalari, KORREKSION PEDAGOGIKA ASOSLARI, IDIROK HAQIDA TUSHINCHA VA UNING XUSUSIYATLARI, SO’ROVNOMA yangi, hasharsa, 11 lecture

    4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja




    4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar 
    Reja: 
    4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
    4.2. Statistik jadvallarning turlari.
    4.3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari.
    4.4. Statistik jadvallarni o‘qish va tahlil qilish.
    4.5. Statistik ko‘rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
    4.6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish.
    4.7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan
    kompleks foydalanish va uning ahamiyati.
    Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin,
    ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
    matnda so‘z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.
    Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa
    ham, ammo sub’ektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq.
    Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha
    og‘irlashadi.

    4.1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.. 
    Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon
    etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib
    tasvirlaydi.
    Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan
    tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz,
    turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol
    va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini
    oydinlashtiradi.
    Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl
    bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan ob’ektlar va ularning
    ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy
    sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
    Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib,
    sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va
    tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi
    kerak.
    Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi
    va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek,
    o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
    Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi
    bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik
    jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik
    to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi,
    odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha
    joylanishi ham mumkin (jadval 4.1 ga qaralsin).




    Download 24.91 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-mavzu. Statistik jadvallar va grafiklar Reja

    Download 24.91 Kb.