) Ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir topshiriq




Download 447,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.11.2023
Hajmi447,25 Kb.
#104074
1   2   3   4
Bog'liq
\'ishlanma

2) Ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir topshiriq. 
Quyidagi fikrlar bilan tanishing va ularni ta’limning qaysi xususiy (tashkiliy, 
sotsiologik, psixologik, kibernetik,gnoseologik) qonuniyatiga tegishli ekanligini 
aniqlang: 
I. Ta’lim natijalari o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘nikmalariga; ta’lim 
samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarni 
o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy 
rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish 
hajmiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. 
II. Ta’lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga
fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik 
darajasiga;bilish faolligi darajasiga bevosita bog‘liq. 
III. Ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning 
sifati nazoratning to‘g‘ri olib borilishiga; ta’lim sifati o‘quv jarayonini boshqarish 


sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va 
sifatiga bevosita bog‘liq. 
IV. Individning rivojlanishi, bevosita va bilvosita muloqotda bo‘ladigan 
individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud 
holatiga, o‘zaro bir-biriga o‘rgatishning jadalligiga; o‘qituvchi va o‘quvchilar 
muloqotining sifatiga bevosita bog‘liq. 
V. Ta’lim natijasi o‘quvchining o‘quv mehnatiga, o‘zining o‘quv 
majburiyatlariga 
munosabatiga; 
o‘quvchining 
ishchanlik 
qobiliyatiga; 
o‘quvchilarning aqliy faolligini oshirish o‘quv mashg‘uloti jadvalining tuzilishi
unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg‘ulotlarining joylashtirilishiga bevosita 
bog‘liq.
 
5-topshiriq.Ta’limning mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillarini 
aniqlashga doir chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi
Quyida keltirilgan ta’limning tamoyillari bilan tanishing. Ularni maqsadiga 
ko‘ra ikki tur (mazmunli va tashkiliy-metodik)ga ajrating. 
1. Insonparvarlik. 
2. Tabiat bilan uyg‘unlik. 
3. Ko‘rgazmalilik. 
4. Onglilik, faollik, ijodiylik. 
5. Madaniyat bilan uyg‘unlik. 
6. Tushunarlilik. 
7. Ilmiylik. 
8. Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligi. 
9. Izchillik, tizimlilik, ketma-ketlik. 
10. Tarbiyalovchi ta’lim. 
11. O‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish. 
12. Oqilona talabchanlik bilan ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish. 

Download 447,25 Kb.
1   2   3   4




Download 447,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



) Ta’limning xususiy qonuniyatlariga doir topshiriq

Download 447,25 Kb.
Pdf ko'rish