|
4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati
|
bet | 46/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22Sana: 31-mavzu.Xotira muqaddas
(Xotira va qadrlash kuni oldidan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
Kompetensiya — TK-2:media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi, TK-3: doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi.
Kun shiori:Xotira muqaddas
Tarbiyaviy mashg`ulotningjihozi:Mavzuga oid rasm,plakat,va bukletlar,slaydlar,texnik vositalar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
O`qituvchi:
Men seni sevaman onajon Vatan,
Xushsurat,xushsuhbat momolarimni.
Men seni sevaman jonajon Vatan,
Har so`zi hikmat bobolarimni.
II.Asosiy qism:
Bu ko`hna dunyo paydo bo`libdiki,Yer yuzida hayot guli-Hazrati Inson yaralibdiki,Xotira bor,mehr-muhabbat bor.Demak,Qadr bor.Ayniqsa,bizning mamlakatda Xotira va Qadr o`zgacha mazmun,nufuz va ma`noga ega.Davlatimiz Rahbari 9-may—“Xotira va Qadrlash kuni”ni umumxalq bayrami deb e`lon qilar ekan:”Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini,bor kuch-quvvatini ayamagan biror-bir faxriy,biror-bir kishi unutmasligi kerak.Ularning har biriga munosib hurmat-ehtirom ko`rsatilishi shart”,deya ta`kidlagan,edi.Zero,bizning Vatanda har bitta insoning o`z munosib o`rni,qadr-qimmati,xotirasi bor.Biz,urush ko`rgan insonlar,faxriy pedagoglar bundan buyon ham yosh avlodni iymon-e`tiqodli qilib tarbiyalashda,ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga hurmat ,Vatanga sadoqat,mehr-muhabbat,kelajakka ishonch ruhida tarbiyalashda o`z hayotiy tajribamiz,bilimimizni sarf etaveramiz.Inson sha`ni,qadr-qimmati har narsadan ustun bo`lgan yurtimizda kelajak avlod baxtu saodati uchun kurashgan jasorat sohiblari bemisl hurmat ,izzat-ikrom,beqiyos tashakkur,tahsinga loyiq.
|
| |