|
4-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2021-2022-yil Tushuntirish xati
|
bet | 8/51 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 2,9 Mb. | | #244374 |
Bog'liq 4-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti 21-22Sana: 4-mavzu:Sizni sharaflaymiz, aziz ustozlar
(1 oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan).
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarni ustozlarga hurmat ruhida tarbiyalash va ulardan o`rnak olishga o`rgatish.
Kompetensiya—TK-2: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
TK-4: Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi
Kun shiori: Ustoz –otangday ulug’
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:mavzuga oid rasm,DVD
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism:
O`quvchilarni darsga hozirlash
II.Asosiy qism:
Ma`naviyat daqiqasi:
Ilm-ziyo berar bizga,
Onadir har o`g`il-qizga,
Jo bo`ldingiz qalbimizga,
Mehribonim o`qituvchim.
Jonajonim-o`qituvchim.
Ustoz-murabbiylar shunday buyuk insonki,ulardan bir umr qarzdormiz.Ustoz va shogird quyosh va oyga o`xshaydi.Oy quyoshdan nur olib borliqni yoritgani kabi shogird ustozdan ziyo olib hayot mash`alini yoritadi.O`qituvchi hayot charog`boni.U yosh avlodga ilm-fan asoslarini o`rgatadi.Zamonamizning har tomonlama barkamol kishisini yetkazadi.
Mustaqillik bizga juda ko`p erkinliklarni berdi.Ayniqsa,maorif sohasiga katta e`tibor berildi va berilmoqda Respublikamizda juda ko`p kollej va maktablar qurilib o`quvchilar ixtiyoriga topshirildi.Prezidentimiz”Ustoz va murabbiylar”bayrami deb 1-oktabr kunini belgiladi.Har yili shu kun juda katta bayram bilan o`tkazilmoqda.Xalqimizda”Ustoz-otangdek ulug”degan gap bor.Sizlar ham harf o`rgatgan ustozingizni hech qachon unutmang.Ulug` bobomiz A.Navoiy aytganlaridek senga bitta harf o`rgatgan kishini aslo unutib bo`lmaydi.
|
| |