Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik materiallardan foydalanish metodikasi




Download 78.81 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi78.81 Kb.
#47967
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-SINFDA GEOMETRIK MAZMUNDAGI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI
modemlar-signallarning-modulyasiya-va-demodulyasiyasi, солик аксевирка, лекция 8 русча, Destination B1 tarjimalari, \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish., \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish. (1), Qutb koordinatalar sistemasi, 2.LESSON-2 YOQUBOV.O1, 2-кайта тапсырыу, Server va ishchi stansiyaning tushunchasi, gender, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim., Ruziyev Ilkhom Referat ishi
2.2.Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik materiallardan foydalanish metodikasi.
Biz yuqorida boshlang’ich sinflarda qaysi geometrik tushuncha va figuralar bilan o’quvchilarni tanishtirishimizni va ular bu mavzular yuzasidan qanday bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo’lishlari kerakligiga to’xtalib o’tdik. Navbatdagi bo’limda ushbu geometrik mavzular bo’yicha qanday amaliy ishlar olib borish mumkinligiga to’xtalib o’tamiz, I, IV sinf matematika darsliklaridan misollar keltiramiz.
Nuqta,to'g’ri va egri chiziqlar, to'g’ri chiziq kesmasi.
Nuqta bilan o’quvchilar I sinfda, o'qitishning birinchi qadamlaridanoq tanishadilar. Raqamlar yozishga tayyorgarlik ko’ra turib, o'quvchilar o’qituvchi ko'rsatganidek, quyidagi amaliy topshiriqni bajaradilar: nuqtani katakning o’ratsiga qo'ying (katakning pastki chap burchagiga,katak tomonlaridan birining o’rtasiga va h.k.); qo'yilgan nuqtalarni namuna bo’yicha birlashtiring.
Masalan: Nuqtani katakning o’rtasiga, katakning o’ng burchagiga, katak pastki tomonining o’rtasiga qo’ying va ushbu nuqtalarni ketma – ketlik bilan birlashtiring.
To’g’ri chiziq bilan tanishgandan so’ng, o’quvchilar nuqtani to’g’ri chiziqqa qo'yishni berilgan 1,2,3, ta nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni nuqtani to’g’ri chiziqqa nisbatan vaziyatini aniqlashga ham aynan shu amaliy ish yordam beradi. 1 – sinfda Nuqta. Chiziqlar. Kesma. Siniq chiziq mavzusini (83-bet. Matematika) o’rganish jarayonida chiziqlar to’g’ri va siniq chiziqlarga bo’linishini aytib o’tiladi va rasmda ko’rsatilganidek nuqtalar qo’yiladi va shu nuqtalardan to’g’ri chiziq o’tkazishni aytib o’tadi. Bir to’g’ri chiziqda yotgan nuqtadan o’tgan chiziq to’g’ri chiziqni, bir to’g’ri chiziqda yotmagan nuqtalardan o’tgan chiziq siniq chiziq ekanligini farqlab oladi va quyidagi amaliy ishlarni bajaradi.
Daftaringizga istalgan uchta ixtiyoriy nuqta qo’ying va ular orqali avval istalgancha to’g’ri chiziq o’tkazing.
Bu vaziyatda ikki xil hol bo’lishi mumkin. Bir to’g’ri chiziqda yotgan 3 ta nuqta, bir to’g’ri chiziqda yotmagan 3 ta nuqta.
To’g’ri chiziq kesmasi bilan tanishilgandan so’ng, shunga o’xshash topshiriqlar nuqta va kesma bilan bajariladi.
Ko’pburchaklarni yasab, ularning elementlari bilan tanishayotganda o’quvchilar ko’pburchakning uchlari nuqtalar chizishni bilib oladilar.
Masalan: Topshiriqlarni bajaring.

  1. Tomoni 2 sm bo’lgan kvadrat chizing.

  2. Tomonlari 2 sm va 3 sm bo’lgan to’rtburchak chizing.

II sinfda o’quvchilar nuqtalarning lotin harflari orqali belgilanishi bilan tanishadilar. o’qituvchi chizmada nuqtalarni farq qilish maqsadida ularni lotin alifbosining bosh harflari bilan tushuntiradi, masalan, D, K, M, O va h.k. Ular nuqtaning yoniga yoziladi.
Uzunligi 3 sm bo’lgan AB kesma va uzunligi undan 2 sm ortiq bo’lgan CD kesma chizing.
I sinf o’quvchilarida to’g’ri chiziq haqidagi tasavvurlar turli amaliy mashqlarni bajarish jarayonida shakllanadi. Bunda to’g’ri chiziq egri chiziq bilan taqqoslanadi. Masalan, ip (kanop) tarang qilib tortiladi, so'ngra ipni osilib (solqalanib) turadigan qilib bo'shatiladi; aytaylik to’g’ri yo'1 va egri (so’qmoq) yo'1 tasvirlangan rasm qaraladi,buklangan qog’oz varag’ini bukilish chizig’i bo’yicha qiyiladi va h.k. Har gal qanday chiziq-to’g’ri chiziq yoki egri chiziq hosil bo’lganligi aniqlanadi.
Bolalar chizg’ichdan foydalanib, to'g’ri chiziqni o’tkaza olishlari lozim.
Bunga o’xshash amaliy ishni 1-sinfda sm mavzusi bilan tanishgandan keyin bajaradilar. Amaliy mashqlarni bajarish jarayonida bolalar to’g’ri chiziqning ba'zi xossalari bilan tanishadilar. Masalan, nuqta orqali chiziq o’tkazishni mashq qilayotganda bolalar o’z kuzatishlarini umumlashtiradilar, bitta nuqta orqali istalgancha to’g’ri va egri chiziqlar o’tkazish mumkin; ikkita nuqta orqali bitta to’g’ri va istalgancha egri chiziqlar o’tkazish mumkin.
To’g’ri chiziq kesmasi bilan ham o’quvchilar amalda tanishadilar: o’quvchilar o’qituvchining orqasidan to’g’ri chiziqlar hamda to’g’ri chiziq kesmalarini chizmalarda ko’rsatadilar va o’zlari chizadilar, kesma chegaralangan ekanligini, to’g’ri chiziq esa chegaralanmaganligini, qo'g’ozda uning bir bo’lagi chizilishini asta-sekin anglaydilar. Kesma tushunchasining mustahkamlanishiga bunday amaliy mashqlar yordam beradi: ikki nuqtani kesma bilan tutashtirish; bir to’g’ri chiziqda yotgan uchta nuqta orqali kesma o’tkazish, bunda xosil bo’lgan barcha kesmalarni ko’rsatish. Kesmalarni o’lchashga qadar teng va teng bo’lmagan kesmalar haqida tushunchalar kiritiladi, bu munosabatlarni aniqlash usuli-ustiga qo’yish tushuntiriladi. Keyinchalik, santimetr, detsimetr, metr va h.k. bilan tanishilganidan so’ng o’quvchilar kesmalarni o’lchash va chizishga doir ko’p amaliy mashqlarni bajaradilar.
Ko’pburchaklarni yasash jarayonida ham uning elementlaridan biri kesma ekanligiga ishonch xosil qiladilar.
O’quvchilar 2-sinfda kesmalarni haflar bilan belgilash bilan tanishganlaridan so’ng yozma-amaliy mashqlar beriladi, bunday mashqlar boshqa kesmalarning bo’lagi bo’lgan kesmalarni ajrata olish, shuningdek, boshqa kesmalardan tuzilgan kesmalarni ajrata olish uquvini mustahkamlaydi. Masalan, chizmadagi (l-rasm) shakllarning har bir tomoni uzunligini o'lchang: Yozuv namunasi: BC=5sm 2mm(2-sinf,112-b,465-m)
Quyidagi shakllarni har bir tomoni uzunligini o’lchang:

Yozuv namunasi: BC=5 sm 2 mm.


Asta-sekin o’quvchilar kesma bir nechta ko’pburchakning tomoni bo’lishi mumkinligini anglaydilar va bunga tayanib, II-IV sinflarda ko’pburchaklar ichida yangi figuralar hosil bo’ladigan qilib kesmalar yasashga doir mashqlar bajaradilar; masalan, daftaringizda shunday ikkita to’rtburchak chizing va ularda bir kesmani shunday o’tkazingki: a) albatta to’g’ri to’rtburchak va bitta uchburchak hosil bo’lsin b) bitta kvadrat va boshqa to’rtburchak hosil bo’lsin (2-rasm) (2-sinf, l15-b, 477-m. Matematika)
Bunday mashqlar bolalarda fikrlash qobiliyatini va fazoviy tasavvurlarini rivojlantiradi, shuningdek, geometrik tushunchalarni mustahkamlaydi.
Ko’pburchak, burchak, doira.
Ko’pburchakning ayrim turlarini o’rganishga kirishilayotgan paytda quyidagi amaliy ishlarni tashkillashtirish mumkin. Bu bosqichda ko’pburchak elementlari ko'rsatiladi. Masalan 3 sonini o’rganilayotganda turli uchburchaklar qaraladi. Rangli qalin qog’ozdan plastmassadan, yog’ochdan va h.k.lardan yasalgan uchburchak modellarida o’quvchilar har bir figuraning uchta tomoni, uchta uchini va uchta burchagini ko'rsatadilar. Keyin uchburchak modelini bolalarning o’zlari cho’plardan, plastilindan, qog’oz poloskalardan yasaydilar: uchburchaklarni daftarlarida chizadilar, uchlarini nuqtalar bilan belgilaydilar va bo'yaydilar. Bunda o’quvchilar uchburchakning har xil turini (teng yonli, ten tomonli, to'g'ri burchakli o'tkir burchakli, o'tmas burchakli uchburchaklar) qarashlarini o’qituvchi oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Bu uchburchak haqida to’g’ri tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi.
Geometrik testlar – bu masalalar to’plami emas, balki maxsus vazifalar to’plami bo’lib, ular shunday tuzilganki o’quvchi maktab dasturidan nimani va qay darajada egallaganini tekshiruvchi omildir.
Biz quyida 1-4 sinflar uchun geometriya elamentlari bo’yicha testlarga misollar keltiramiz.


Download 78.81 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 78.81 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan didaktik materiallardan foydalanish metodikasi

Download 78.81 Kb.