|
Multimedia yaratish uchun dasturlar
|
bet | 4/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 26,47 Kb. | | #117003 |
2. Multimedia yaratish uchun dasturlar.
Multimedia mahsuloti yaratish uchun quyidagi instrumental vositalarni jalb
qilish mumkin:
- Macromedia Flash, Adobe Flash;
- Macromedia Director;
- Formula Graphics Multimedia System;
- Multimedia Creator;
- Asymetrix ToolBook;
- AuthorWare Professional;
- MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasi
va boshqa shu kabi maxsus dasturiy mahsulotlar.
MS PowerPoint dasturining iSpring ilovasida dasturlar ancha oson yaratiladi,
lekin ular unchalik universal emas, qo'llanilgan instrumentlar imkoniyatlari
cheklangan bo'lsa-da, malakali foydalanuvchilar bunday instrumental vositalar
yordamida ishlay oladilar.
Multimedia mahsulotlari yaratishda dasturlarning quyidagi imkoniyatlaridan
foydalaniladi:
- Macromedia Director – taqdimot va multimedia mahsulotlari yaratishga
xizmat qiladi. Ushbu dastur MMX-texnologiyalar bilan ishlaydi va tugmalar,
slaydlar, klip va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi;
- Macromedia Flash, Adobe Flash - ob'ektlarning ikki xildagi animatsiya
yaratish imkonini beradi (Shape va Motion), "tools" asboblar paneli orqali vektorli
va rastrli grafika bilan ishlaydi, vaqt bo'yicha jarayonlarni "layer" larda tashkil qilish
uchun "timeline" asbobiga ega. Dasturiy mahsulotlar swf, exe, html, jpg va boshqa
formatlarda saqlanishi mumkin;
- Formula Graphics Multimedia System – interfaol rejimda ishlovchi mul-
timedia dasturlarini tayyorlashni ta'minlaydi.
- Multimedia loyihalarni ishlab chiqish uchun Microsoft Office dasturlaridan
foydalanish mumkin. Bunda ma'lumotlar bazasini MS Access, animatsiya effektlari
va taqdimotlarni MS PowerPoint dasturlarining iSpring ilovalarida yaratish
mumkin.
3. MS Office ning dasturlash imkoniyatlari.
Ta'lim berish maqsadida multimedia mahsulotini Microsoft Office dasturlari
asosida ishlab chiqish mumkin, materialni tayyorlash uchun esa PhotoShop
(rasmlarni qayta ishlash), Adobe Premier yoki Vstudio2 (videokliplarni qayta
ishlash), Stoik Software (tasvirlarni qayta ishlash va morfing yaratish), tovush
yozish va uni qayta ishlash kabi qo'shimcha dasturlardan foydalaniladi.
Turli hisob ishlarini bajaruvchi virtual stendlarni va o'quv trenajyorlarini
tuzishda MS Excel dasturidan foydalanish mumkin.
|
| |