|
4. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar. Tayanch iboralar
|
bet | 2/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 26,47 Kb. | | #117003 |
Animatsion roliklar. Animatsiya – multimediali texnologiya; tasvirning
harakatlanayotganligini ifodalash uchun tasvirlarning ketma-ket namoyishi. Tasvir harakatini tasvirlash effekti sekundiga 16 ta kadrdan ortiq videokadrlarning almashinishida hosil bo'ladi O'yinlar. O'yin dam olish, ko'ngil ochish ehtiyojlarini qondirish, organizmdagi zo’riqishni yo'qotish hamda ma'lum malaka va ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan multimedia ilovalaridandir.
Videoilovalar – harakatlanuvchi tasvirlar ishlab chiqish texnologiyasi va namoyishi. Video tasvirlarni o'qish qurilmalari – videofilmlarni boshqaruvchi dasturlar.
Multimedia-galereyalar. Galereyalar – tovush jo'rligidagi harakatlanuvchi suratlar to'plami.
Audioilovalar. Tovushli fayllarni o'quvchi qurilmalar – raqamli tovushlar bilan ishlovchi dasturlar. Raqamli tovush– bu elektrik signal amplitudasining diskret sonlarbilan ifodalanishi.
Web uchun ilovalar – bu alohida vebsahifalar, uning tarkibiy qismlari (menyunavigatsiya v.b.), ma'lumot uzatish uchun ilovalar, ko'p kanalli ilovalar, chatlar va boshqalar. Multimedia ilovalari yaratish texnologiyasini o'rganishda ularning qanday yaratilishini ifodalovchi ssenariy ishlab chiqiladi. Har bir multimedia ilovasi alohida tarkibiy qismlar (turli mavzular, mantiqiy bo'laklar)dan tashkil topadi.
Multimedia ilovalarini yaratish quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:
yaratilayotgan multimedia ilovasi uchun mavzu tanlash, ish maydonini belgilash (masshtab va fon),
kadrlar, qatlamlardan foydalanish,
turli shakllar simvollarini yaratish,
dasturlash tilida o'zgaruvchilar kiritish va skriptlar yozish,
tovushli fayllar bilan ishlash,
matn qo'shish,
effektlar yaratish,
rasmlardan foydalanish va import qilish,
kutubxonadagi tayyor komponentlardan foydalanish,
navigatsiyani yaratish,
matn razmetkasi tillari va skriptlash tillaridan foydalanish.
Multimedia ilovalarini ishlab chiqish bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
|
| |