45
Tarmoq xavfsizligi bu tarmoqqa bo’ladigan xujumlar va suqulib kirishlarni
monitoringlash, bartaraf etish va javob qaytarish uchun mo’ljallangan
xavfsizlik
siyosati, taktikasi va instrumentlarini tavsiflovchi soha hisoblanadi. U hujumlarni
aniqlab, buzg’unchilarning hujumlarini yengib, tarmoqdagi faoliyatni aniqlay oladi va
tarmoq o’tkazuvchanligi va blokirovkadan foydalanadi.
Bunday holatda
yechimlaradan biri xujumlarni bartarat etish tizimidan (IPS – Intrusion Prevention
System) foydalanish, IPS - kirish ma'lumotlarini tahlil qilish orqali buzg’unchilarning
mavjudligini aniqlashga imkon
beradigan himoya vositasi, bu vositalar ma'lumotlar
to'plamiga ega bo'lgan holda, kirish ma'lumotlar paketi namunalarini o'z ichiga olgan
ma'lumotlar bazasi qoidalari va imzolari bilan taqqoslash orqali tahlil qilinadi. Bunda
agar tarmoq paketlari ma’lumotlar bazasidagi qoidalarga mos kelsa tarmoq ma’muri
buzg’unchilik holati haqida ogohlantirish yuboradi va aksincha [1].
Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bu biznesni
tashkil qilish uchun ham, jismoniy shaxslar uchun ham ma'lumotlarni o'g'irlashga
qaratilgan jiddiy tahdidlardan himoya qilish uchun juda muhimdir. Hozirgi kunda IT-
bozorida ko'plab xavfsizlik yechimlari mavjud. Ulardan ba'zilari Tarmoqlararo ekran,
Xujumlarn aniqlash va bartaraf etish tizimi (IDPS – Intrusion
Detection Prevention
System), Honeypot kabilar quyida keltirilgan va tahlil etilgan.