46-mavzu: Messenjer dasturlarida ishlash




Download 361,8 Kb.
bet13/46
Sana15.05.2024
Hajmi361,8 Kb.
#235531
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bog'liq
46-90 mustaqil ishi

Veb portal tushunchasi


Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so’zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko’rsatuvchi yirik veb-sayt.
Portallar gorizontal (ko’p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag’ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo’lishi mumkin
Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv xizmatlar ko’rsatiladi:

    • Elektron pochta

    • Ma’lumotlarni qidirish

    • Veb-saytlarni joylashtirish

    • Konferensaloqalarni taqdim etish

    • Yangiliklar

    • forumlar va x.k





Internetda manzil tushunchasi.


57-Internetda manzil tushunchasi.
Kompyuterlar bir-biri bilan ulangandan so‘ng ularga aniq manzil berish muammosi tug‘iladi. Tarmoq tugunidagi texnik uskunaga beriladigan manzilga quyidagi talablar qo‘yiladi: manzil yagona bo‘lishi va tarmoqdagi kompyuterni istalgan tarmoq bo‘yicha aniqlab olishi shart;manzillarni belgilash tarmoq ma’muriyati tomonidan ko‘p vaqtni talab qilmasligi va takrorlanmasligi kerak;
manzillash tizimi iyerarxik tuzilishga ega bo‘lishi kerak;
manzil foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda bo‘lishi kerak;
manzil oddiy ko‘rinishda bo‘lib, kommunikatsiya qurilmalari uchun og‘irlik qilmasligi kerak.
Ushbu talablarni to‘liq bajarish oson bo‘lmaganligi sababli, amaliyotda uning bir necha variantlari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda quyidagi uchta manzillashtirish tizimlari qo‘llaniladi:
Tarmoq tugunining lokal manzili;
IP-manzil;
Belgili manzil.
Ushbu manzillarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Tarmoq tugunining lokal manzili – odatda kichik tarmoqlarda qo‘llaniladi. Bunda tarmoq adapterining yoki marshrutlash qurulmasining portidagi MAC-manzili asos qilib olinadi. MAC-manzili (ingl. Media Access Control — muhitga kirishni boshqarish, ba’zida Hardware Address deb yuritiladi) – kompyuter tarmog‘idagi barcha faol qurilmalarda mavjud maxsus takrorlanmaydigan kod. Ushbu manzil 6 baytdan iborat bo‘ladi, masalan, 00-30-18-A1-02-9D, uning birinchi 3 ta bayti bevosita qurilmani ishlab chiqaruvchi korxona kodi, qolgan 3 bayti esa ishlab chiqaruvchi tomonidan beriladi. MAC-manzili qurilmaga ishlab chiqarish jarayonida beriladi yoki qurilmaning o‘zi ishga tushishi bilanoq avtomatik ravishda ushbu kodni generatsiya qiladi. Umuman olganda ushbu kodni foydalanuvchi, ba’zi hollarda o‘zgartirishi ham mumkin.
Ushbu tizimning quyidagi kamchilliklari mavjud:
ierarxik tizim emas;
tarmoq adapteri almashtirilsa, kompyuterning manzili ham o‘zgaradi;
bir necha tarmoq adapteri o‘rnatilsa, kompyuterning manzillari ham ko‘payadi.
IP – manzil ( ingl. Internet Protocol Address) - IP bayonnomasi bo‘yicha kompyuter tarmog‘idagi qurilmaning maxsus manzili.
IP - Internet protocol - internetda ma’lumotlarni paketlash va ularni manzilga yetqazuvchi protokol.
TCP - ma’lumotlarni uzatish , xatolarni bartaraf qilish va kamchiliksiz ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. IP esa ma’lumotlarni optimal manzilga uzatishni ta’minlab beradi (marshrut). TCP\IP tarmog‘iga ulangan har bir kompyuter o‘zining IP manziliga ega bo‘lib u 32 razryadli ikkilik son bilan ifodalanadi, masalan, 01001011001001001011010010100101. Bunday manzillar bilan ishlash qiyin bo‘lganligi sababli 8 baytdan iborat 4 blokka bo‘linga manzillar qo‘llaniladi, ya’ni 123.45.67.89. IP manzil mantiqan ikki qismga bo‘linadi, ya’ni Network ID tarmoq identikatori va Host ID tugun id Internet manzili "Uniform Resource Locator" yoki "URL" deb ataladi. URL, internetdagi har qanday resursni topish uchun ishlatiluvchi usullardan biri. Bu manzilning boshlanishi "http" yoki "https" protokollari bilan boshlanadi, keyin esa saytning nomi keladi, va boshqa ma'lumotlar ham o'z ichiga oladi.entikatori.


Download 361,8 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Download 361,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



46-mavzu: Messenjer dasturlarida ishlash

Download 361,8 Kb.