• Modem tushunchasi va uning vazifasi.
  • 56-Mavzu: Internet provayderlari va ularning vazifalari.
  • Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish




    Download 361,8 Kb.
    bet11/46
    Sana15.05.2024
    Hajmi361,8 Kb.
    #235531
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46
    Bog'liq
    46-90 mustaqil ishi

    Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.
    Agar mobil telefonning o‘zida turib Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak bo‘lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‘lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.
    Modem tushunchasi va uning vazifasi. Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.
    Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.

    56-Mavzu: Internet provayderlari va ularning vazifalari.

      • Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotdir.

      • Internet provayderlarining ikk-i turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder

      • Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda.

      • Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat ko’rsatmoqda, bular:

      • UzNet,

      • Sarkor Telecom,

      • Sharq Telecom,

      • TPS,

      • ARS Inform,

      • Cron Telecom va boshqalar



    Download 361,8 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   46




    Download 361,8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish

    Download 361,8 Kb.