• Ichki teskari aloqaning kuchaytirgich xossalariga ta’siri
  • Radiochastota kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari




    Download 1.48 Mb.
    bet2/21
    Sana04.04.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #48700
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    II-SEMSTR Elektr signallar 49-60 Ma\'ruza TAYYOR
    3-labaratoriya ishi Elektron to\'lov tizimlari Hamroyev Dilshod, KURS ISHI, Koaksial kabellar, 11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon, 31-сем физика тест базаси, Regratsion taxlil BI Mustaqil sih, namozov asilbek, Ichki tartib-qoidalar, RAZZAQOVA NAVBAHOR 201 GURUX TALABASI Virusli infeksiya qo’zg’tuvchisi, Sadullayeva Saida Mikrobiologiya., ST MUT, 9-mavzu, 11-mavzu, Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari
    Radiochastota kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari.
    Radiochastota kuchaytirgichlarining quyidagi asosiy parametrlari bor:
    - kuchaytirish koeffitsienti. Kuchaytirish koeffitsienti o‘z navbatida kuchlanish va quvvat bo‘yicha bo‘ladi;
    Kuchaytirgich chiqishidagi signal kuchlanishining uning kirishidagi signal kuchlanishiga bo‘lgan nisbatiga kuchaytirgichning kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:
    (7.1).

    Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar uchun umumiy kuchaytirish koeffitsienti


    quyidagicha aniqlanadi,

    (7.2).

    YUklamadagi chiqish quvvatning kuchaytirgichning kirishidagi signal quvvatiga bo‘lgan nisbatiga kuchaytirgichning quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi va u quyidagicha ifodalanadi, Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlar uchun bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi,
    (7.3).

    Kuchaytirgichning tanlovchanligi. Kuchaytirgichlarning bu parametri tanlovchi zanjirning turi va uning parametri hamda kuchaytirgich asbobining yuklamasiga bog‘liq bo‘ladi. U tanlovchanlik koeffitsienti σ=K0/KΔf bilan baholanadi. Bu koeffitsient rezonans paytidagi kuchaytirish koeffitsienti, tebranma kontur nosozlanib qolganda qanchalik kamayishni ko‘rsatadi. Ko‘p kaskadli kuchaytirgichlarda bu koeffitsient quyidagicha aniqlanadi,


    (7.4).

    Kuchaytirgichning chastota o‘tkazish yo‘li. Bu shunday yo‘lki, bu yo‘lning chegaralarida kuchaytirish koeffitsienti rezonans kuchaytirish koeffitsientiga nisbatan o‘zgarishi sezilarli bo‘lmaydi. Bu yo‘lning kengligi rezonans kuchaytirish koeffitsientining 0,707 ga teng bo‘lgan sathi bilan aniqlanadi.


    Kuchaytirgichning barqaror ishlashi. Kuchaytirgichning bu parametri uni ishlash jarayoni shartlari o‘zgarib qolganda o‘z parametrlari qiymatini saqlab qolish qobiliyatini ko‘rsatadi.
    Ichki teskari aloqaning kuchaytirgich xossalariga ta’siri
    Kuchaytirgichlarda ichki teskari aloqa manba zanjiri, elementlarni o‘zaro bog‘laydigan zanjirlar, hamda kuchaytirgich asboblarining o‘zida sodir bo‘ladigan ichki aloqa o‘tkazuvchanliklari natijasida sodir bo‘ladi. Biopolyar tranzistorlarda bu aloqa kompleks o‘tkazuvchanlik orqali topiladi, ya’ni:
    (7.5).

    Bu erda,
    (7.6).


    (7.7).
    Kuchaytirgichlarning xossalariga ichki teskari bog‘lanish ta’sirini aniqlash uchun 7.2-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan foydalaniladi.



    7.2-rasm
    Faraz qilaylik, chiqish konturi, kirish konturi chastotasiga sozlangan bo‘lsin. Agarda kirishdagi dinamik o‘tkazuvchanlik chastotaga bog‘liq bo‘lmaganda, kirishdagi konturning amplituda – chastota xarakteristikasi ACHX 7.3-rasmda ko‘rsatilgan qalin chiziq o‘xshagan bo‘lardi. Ammo o‘tkazuvchanlik G12 va S12 lar chastotaga bog‘liq bo‘lgani uchun rezonans chastotadan kichik chastotalarga bu o‘tkazuvchanliklar manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Bu kuchaytirish koeffitsientini ko‘paytirib yuboradi. 7.3-rasmda kuchaytirish koeffitsientining ortib borishi uzun- uzun chiziqlar bilan ko‘rsatilgan.

    7.3-rasm. 7.4-rasm.
    Rezonans chastotasidan katta chastotalarda GKTA2 musbat qiymatli bo‘ladi. Buning oqibatida konturda isrofgarchilik paydo bo‘ladi va kuchaytirish koeffitsientining kamayishi sodir bo‘ladi. Bu esa zanjirda manfiy teskari bog‘lanish o‘z ishini ko‘rsatadi demakdir.
    Agar chastota rezonans chastotasi atrofida o‘zgarib turadigan bo‘lsa, u holda o‘tkazuvchanlik GKTA1 kamayadi, va konturning aslligini oshishi kuzatiladi. Kuchaytirish koeffitsienti esa rezonans xarakteristikasining har ikki tomoni bo‘yicha ko‘payadi, hamda rezonans xarakteristikasining cho‘qqisi kengayadi (7.4-rasm).
    SHunday qilib, teskari bog‘lanish rezonans xarakteristikasini deformatsiyalashga olib kelar ekan. GKTA2 manfiy bo‘lganligi uchun, ayrim paytlarda kuchaytirgich o‘z-o‘zidan uyg‘onib ketishi ham mumkin.



    Download 1.48 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 1.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Radiochastota kuchaytirgichlarning asosiy parametrlari

    Download 1.48 Mb.