• KAR elementlarining asosiy xarakteristikalari va strukturaviy sxemasi
  • -Ma’ruza Kuchaytirishni avtomatik rostlash




    Download 1.48 Mb.
    bet21/21
    Sana04.04.2023
    Hajmi1.48 Mb.
    #48700
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    II-SEMSTR Elektr signallar 49-60 Ma\'ruza TAYYOR
    3-labaratoriya ishi Elektron to\'lov tizimlari Hamroyev Dilshod, KURS ISHI, Koaksial kabellar, 11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon, 31-сем физика тест базаси, Regratsion taxlil BI Mustaqil sih, namozov asilbek, Ichki tartib-qoidalar, RAZZAQOVA NAVBAHOR 201 GURUX TALABASI Virusli infeksiya qo’zg’tuvchisi, Sadullayeva Saida Mikrobiologiya., ST MUT, 9-mavzu, 11-mavzu, Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari
    60-Ma’ruza
    Kuchaytirishni avtomatik rostlash

    KARlar, qabul qilinayotgan signallarning jadalligi o‘zgarib qolgan sharoitlarda ham radiopriyomniklarning chiqimidagi kuchlanishni berilgan qiymatda saqlab turishlik uchun xizmat qiladi, ularning ishlash jarayoni kuchaytirgich asboblari hamda elementlarning xossalarini avtomatik ravishda o‘zgartirishga asoslangandir.


    Agarda qabul qilinayotgan signalning sathi ortib ketsa kuchaytirish koeffitsienti kamayadi va aksincha. Bu ta’rif KARlarning kuchaytirishni avtomatik rostlashning asosiy negizini tashkil etadi. KARlarning samaraligi chiqimdagi kuchlanishning nisbiy o‘zgarishi bilan baholanadi. U quyidagicha topiladi.
    V = Uφ maks / Uφ min (11.6)

    Yoki,
    .


    .
    (1.7)

    Bu erda V –ning qiymati 1,1÷10,0 oralig‘ida D-ning qiymati 104÷105 oralig‘ida bo‘ladi.


    KARlar quyidagi turlarga bo‘linadi.
    - teskari aloqali KARlar,
    - teskari aloqasiz KARlar,
    - aralash KARlar va hakozo.
    Teskari aloqali KARlarda rostlash chiqimdagi kuchlanishning sathitga bog‘liq bo‘ladi. Bunday KARlarni «orqaga» rostlashli KARlar deb ataladi (11.6-rasm).
    Agarda KARlarda teskari aloqa bo‘lmasa bu holda rostlovchi kirimdagi kuchlanishning sathi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday KARlarni «oldingga» rostlovchi deb ataladi (11.6-rasm).



    11.6-rasm.
    Bulardan tashqari KARlar uzluksiz va impulsli, inersion vainersionsiz, soda va ushlab qoluvchi turlarga bo‘linadi.

    KAR elementlarining asosiy xarakteristikalari
    va strukturaviy sxemasi
    11.6-rasmda barcha asosiy elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan teskari aloqali KARlarning strukturaviy sxemasi ko‘rsatilgan.
    Sxemada priyomnikning to‘g‘ri chiziq xarakteristikali bo‘lagi chiqimidagi kuchlanish rostlash zanjirida qo‘shimcha kuchaytirgich orqali kuchaytiriladi va KARning to‘g‘rilagichiga beriladi. To‘g‘rilagichdagi kuchlanishning doimiy tarkibiy qismi kirish signalining kuchlanishiga mutanosib bo‘ladi. Quyi chastotali filtr orqali ajratilgan kuchlanish o‘zgarmas tok kuchaytirgichida kuchaytiriladi va u go‘yo rostlovchi sifatida priyomnikning kaskadalariga beriladi. Kirimdagi signal kuchlanishining sathi qanchalik katta bo‘lsa, rostlovchi kuchlanish ham shunchalik kata bo‘ladi. Lekin rostlanuvchi kaskadning uzatish koeffitsienti shunchalik kichik bo‘ladi. To‘xtatib qo‘yadigan sxema orqali KAR ishlash holatining boshlanishiga qo‘yiladi.

    11.7-rasm.
    Quyida KARlarning asosiy xarakteristikalari bilan tanishamiz.
    1. Rostlanuvchi kuchaytirgich.
    Rostlanuvchi kuchaytirgich tarkibiga rostlanuvchi kuchaytirgich koeffitsientli kaskadlar, muttasil kuchaytirilishi boshqarilmas kaskadlar, kaskadlararo bog‘lovchi elementlar kiradi.
    Kuchaytirgichli kaskadlar orasida Yuqori va oraliq chastotali kuchaytirgichlarni rostlangani ma’qul. CHunki rostlashning bu usulida egri chiziqli buzilishlar bo‘lmaydi. Rostlanadigan kaskadalarning soni KARlarning samarali ishlashlariga qo‘yilgan talablar orqali aniqlanadi.
    Rostlanadigan kuchaytirgichlarning samarali ishlashini baholashda uning kuchaytirish koeffitsientini o‘zgartirish qonuniyatini bilish kata ahamiyatga egadir. Bu qonuniyat kuchaytirgichlarning rostlaydigan xarakteristikasi orqali topiladi. Bu xarakteristika (11.7-rasm) rostlanuvchi kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti bilan rostlovchi kuchlanish orasidagi munosabatni ko‘rsatadi.



    11.8-rasm.


    Bu xarakteristika orqali rostlash usuli rostlanuvchi va rostlanmaydigan kaskadlarning soni bilan aniqlanadi. Bu munosabatni analiptik ko‘rinishini quyidagicha ko‘rsatish mumkin.

    (11.8)

    Bu erda m – rostlanuvchi kaskadlarning soni
    n - rostlanmaydigan kaskadlar soni.
    Ur=0 bo‘lganda, kuchaytirish koeffitsientning, Ur=Urmaks bo‘lgan paytdagi uning minimal qiymatiga bo‘lgan nisbatini rostlashning chuqurligi deb ataladi.
    Agarda tenglama (11.6), tenglama (11.7) orqali V va D lar aniqlanadigan bo‘linsa yoki berilgan bo‘lsa, kuchaytirgichlarning rostlovchi xarakteristikalari.

    (11.9)

    shartni bajarishi kerak. Bu holda rostlashning chuqurligi rostlovchi kuchlanishning doirasi va rostlanuvchi kuchaytirgichning xossalari orqali aniqlanadi.
    Rostlash zanjiridagi kuchaytirgich.
    Ayrim paytlarda, rostlovchi kuchlanish kerakli rostlash chuqurligini berolmasligi mumkin. Bunday hollarda rostlash zanjiriga qo‘shimcha kuchaytirgich ulanadi. Bu kuchaytirgich KARgacha o‘zgaruvchan, KARdan keyin ulangan bo‘lsa, o‘zgarmas tok kuchaytirgichi bo‘lishi mumkin.
    2. KAR to‘g‘rilagichi.
    To‘g‘rilagich, kirish signalining kuchlanishiga mos ravishda, oraliq chastota kuchlanishini o‘zgarmas kuchlanishga aylantirib berish uchun xizmat qiladi. To‘g‘rilagich sifatida, odatda detektorlar qo‘llaniladi, ayniqsa diodli detektorlar ko‘proq ishlatiladi. Bunday detektorlar uchun qarshiligi katta bo‘lgan yuk ishlatiladi. Bundan maqsad ularning uzatish koeffitsientini birga yaqinlashtirishlikdir.
    3. Ushlab qolish sxemasi.
    Kuchlanishni ushlab qolish sxemasi turlichadir. 11.8-rasmda kuchlanishni bo‘lish usuli orqali ushlab qoluvchi sxema ko‘rsatilgan.
    Sxema kuchlanish qarshilik R1 va R3 larda bo‘linadi. Qarshilik R2 to‘g‘rilagichning yuki vazifasini bajaradi. Rezistor Rf va kondensator Sf
    KARning filtrlaridir.

    11.9-rasm.


    4. KAR filtri.
    Filtr rostlash zanjirining inersion xossasini aniqlab beradi.
    Bundan tashqari u ikkita vazifani bajaradi.
    1. Oraliq chastota kuchlanishini tozalab, shu chastota bo‘yicha teskari aloqani yo‘qotadi.
    2. Agarda amplitudasi bo‘yicha modulyasiyalangan signal qabul qilinib qolguday bo‘linsa, KAR to‘g‘rilagichining yuqida u signalning ham o‘zgaruvchan, ham o‘zgarmas tashkil etuvchisi paydo bo‘ladi. SHu ikki tarkibiy qismni rostlanuvchi kaskadga beriladigan bo‘linsa signalni kuchaytirish jarayonida signal demodulyasiyalanib qoladi. Bunday hollarda rostlash zanjiri signalni ohista o‘zgarishiga qarshilik qiladi. Bundan tashqari modulyasiya qonunini ham o‘zgartirib yuboradi. KARlarda shu hodisa sodir bo‘lmasligi uchun ularda filtrlar qo‘llaniladi.


    Download 1.48 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 1.48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Ma’ruza Kuchaytirishni avtomatik rostlash

    Download 1.48 Mb.