-Ma’ruza CHASTOTA UZGARTIRGICHLAR




Download 1.48 Mb.
bet4/21
Sana04.04.2023
Hajmi1.48 Mb.
#48700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
II-SEMSTR Elektr signallar 49-60 Ma\'ruza TAYYOR
3-labaratoriya ishi Elektron to\'lov tizimlari Hamroyev Dilshod, KURS ISHI, Koaksial kabellar, 11-Mavzu Tarbiya Jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qon, 31-сем физика тест базаси, Regratsion taxlil BI Mustaqil sih, namozov asilbek, Ichki tartib-qoidalar, RAZZAQOVA NAVBAHOR 201 GURUX TALABASI Virusli infeksiya qo’zg’tuvchisi, Sadullayeva Saida Mikrobiologiya., ST MUT, 9-mavzu, 11-mavzu, Reja Media va axborot savodxonligi talablari va afzalliklari
50-Ma’ruza
CHASTOTA UZGARTIRGICHLAR
CHastota o‘zgartirish haqida umumiy tushunchalar

Odatda, chastota o‘zgartish jarayoni, o‘zgartgichlar sxemasiga kamida ikkita Yuqori chastotali signal kuchlanishi ta’sir etganda u kuchlanishlarning bir-birlari Bilan o‘zaro ta’siri natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayonni analitik ifodasini topish amali kuyidagicha bo‘ladi.


Faraz qilaylik, o‘zgartgichga ta’sir eiayotgan Yuqori chastotali signal
kuchlanishi quyidagicha ifoda etilgan bo‘lsin.

(8.1).

Ikkinchi signal maxsus generatordan chiqayotgan bo‘lsin. Bu generatorni geterodin deb ham ataladi. Geterodin signalining kuchlanishi quyidagcha bo‘lsin.

(8.2).

Ma’lumki, ikkita funksiyani o‘zaro ko‘paytmasining tarkibida ham
chastotalarning yig‘indisidan ham ayirmasidan tashkil topgan chastota bo‘ladi. SHu sabab, bizning xususiy holda ham xudi shu jarayonni takrolovchi kuchlanishlar sodir bo‘lsa. YA’ni:

(8.3).

Ikkinchi tashkil etuvchi o‘z navbatida ikki xil qiymatli bo‘ladi.
Agarda ______________ bo‘lsa, buni geterodinning Yuqori sozlanganligi deb ataladi.
Bu xoll uchun U e 1 quyidagiga teng bo‘ladi.

(8.4).

Agarda r c w < w bo‘lsa, buni geterodinning quyi sozlanganligi deb
ataladi. Bu hol uchun U e 1 quyidagiga teng bo‘ladi

(8.5).

Bu kuchlanishlarning amplitudasi, quchlanish mg U va mc U larning amplitudalariga, sxema koeffitsenti cx K ning qiymatiga bog‘liq bo‘ladi.
CHastota o‘zgartish jarayonini ikki hil usul bilan sodir etish mumkin.
Ulardan biri elementlarni egri chiziqli o‘tkazuvchanliklarining xossalariga asoslangandir.
Elektr va radiotexnik zanjirlar nazariyasidan shu narsa ma’lumki, __________kurinishli voltamper xarakteristikiga ega bo‘lgan
egri chiziqli elementlarga turli chastotaga ega bo‘lgan ikkita kuchlanish
ta’sir etsa. SHu elementlardan chikayotgan chiqim tokining tarkibida ta’sir
etayotgan kuchlanish chastotalarining turli kombinatsiyalari hosil bo‘ladi.
CHastotalarning bu kombinatsiyalarini quyidagicha ekanligi ko‘rsatish mumkin.

(8.6).

Bu erda r va g lar musbat butun sonlardir.
Astota o‘zgartishning ikkinchi usuli o‘zgaruvchchan parametrli chiziqli
elementlarning xossalariga asoslangandir. Agarda to‘rt qutbli, kirish unsurlariga nisbatan chiziqli bo‘lsa, bunday to‘rt qutblilar davriy o‘zgarib
turuvchi uzatish koeffitsentiga ega bo‘ladi. Bu koeffitsentni quyidagicha ifoda etiladi.


----

Bunday to‘rt qutbli kitrishiga (8.1)ga o‘xshash kuchlanig ta’sir ettirilsa uning chiqishida quyidagicha kuchlanish hosil bo‘ladi:


----

CHiziqli to‘rt qutiblilarning ko‘payotira olish xossasiga asosan ularning tarkibidan tenglama (8.3) va (8.5) larga o‘xshash kuchlanishlarni ajratib olish mumkin. Farqi shuki, bu erda asosiy chastotaga r w dan tashqari uning Yuqori garmonikalari ham sodir bo‘ladi. Bunday holatda chiqishidagi kuchlanish kichik chastotasining kombinatsion ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.

(8.7).

SHunday qilib, chiqishdagi kuchlanish uchun chastotalar kombinatsiyalari orasidan birortasini tanlab olish mumkin. U chastotani oraliq chastota deyiladi. SHu chastotali kuchlanishni esa, oralik chastota kuchlanishi deb ataladi va uning quyidagiko‘rinishga ega.

(8.8).

Bu kuchlanishning amplitudasi, chastota va fazalarning o‘zgarishi kirish signali kuchlanishining amplituda, chastota va fazalarning o‘zgarish qonuniyatiga o‘xshash bo‘ladi.
Agarda oraliq chastota wor kirish signali va geterodindan kelayotgan
signali chastotolarining birinchi garmoniklari natijasida hosil bo‘lsa,
bunday o‘zgartishni sodda o‘zgartish deb ataladi. Boshqa xususiy hollarda
esa, o‘zgartish murakkab o‘zgartish deb ataladi.
CHastota o‘zgartirib beradigan qurilmalarni chastota o‘zgartirgichlari
deb ataladi. Demak, chastota o‘zgartirgichlarining tarkibida egri chiziqli
elementlar yoki o‘zgaruvchan parametrli chiziqli elementlar, geterodin va
nagruzka bo‘lishi kerak ekan ( 8.1-rasm).



8.1-rasm.


CHastotani aralashtirib beradigan, egri chiziqli elementlarda yoki o‘zgaruvchan parametrli elementlardan tashkil topgan zvenoni aralashtirgich deb ataladi. Demak, chastota o‘zgartirgichi ikki qismdan aralashtirgich va geterodindan tashkil topgan bo‘ladi.
Aralashtirgich sifatida turli elementlar ishlatiladi, masalan egri
chiziqli sig‘im, induktivlik, turli elektron yoki yarim o‘tkazgichli asboblar
ishlitiladi. Geterodin, odatda o‘z-o‘zidan uyg‘onuvchi generator bo‘ladi.



Download 1.48 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 1.48 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Ma’ruza CHASTOTA UZGARTIRGICHLAR

Download 1.48 Mb.