• 3. Infоrmаtikа o’qitish uslubiyoti kursining va uning bo‘lajak fаn o’qituvchisining uzluksiz tа’lim tizimidаgi o’rni «Informatika o’qitish metodikasi» fanining dasturi
  • 4Amaliy mashg’ulot Mavzu




    Download 45.1 Kb.
    bet1/4
    Sana05.03.2024
    Hajmi45.1 Kb.
    #166960
      1   2   3   4
    Bog'liq
    4.amaliyyyy
    Signallarga raqamli ishlov berish orqali bemorlarning tashxis aniqligini, 6-maruza (1), 77, Azotli organik birikmalar., Ma’lumotlarni berilgan shablon bo’yicha izlash va qayta ishlash, FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI , ЯШИЛ МАКОН1111, To\'quvchilik maxsus texnologiyasi va jihozlari (E.Alimboyev va b.), Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari-fayllar.org, 153734, 1, DEVID, Hujjat (22), 12 MARUZA Eyler funksiyasini hisoblash formulasi Eyler teoremasi

    4Amaliy mashg’ulot
    Mavzu: Informatika o‘qitish metodikasi fani va uni o‘qitish tendensiyalari. Uzluksiz tizimida Informatika va axborot texnologiyalari fanlarining mazmuni
     
    1. «Informatika o’qitish metodikasi» fanining dasturi
    2. O’zbеkistоn Rеspublikаsi uzluksiz tа’lim tizimidа infоrmаtikа yo’nаlishdаgi fаnlаr
    3. Infоrmаtikа o’qitish uslubiyoti kursining va uning bo‘lajak fаn o’qituvchisining uzluksiz tа’lim tizimidаgi o’rni
     
    «Informatika o’qitish metodikasi» fanining dasturi
     
    «Informatika o’qitish metodikasi» fani umumta’lim maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi bo’lim hisoblanadi.
    Informatika fanini o’qitish qo’yidagi maqsadni ko’zda tutadi:
    n bo’lajak o’qituvchilarni informatika fanini ijodiy o’qitish va o’zlarining amaliy faoliyatlarida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari bilan qurollantirish;
    n bo’lajak o’qituvchilarni informatika sohasi bo’yicha turli-tuman shakldagi sinf va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazishga tayyorlash;
    n bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim sohasini axborotlashtirishning yo’llari va ulkan istiqbollari haqidagi tasavvurlarini rivojlashtirish hamda chuqurlashtirish.
    Bo’lajak informatika o’qituvchisi o’sib kelayotgan avlodning umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’qitiladigan «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari», «Informatika» va «Axborot texnologiyalari» fanlarining ahamiyatini, ularning mazmunini ajratish tamoyillarini, shuningdek, ularning boshqa fanlar bilan aloqadorligini tushunishi zarur.
    «Informatika o’qitish metodikasi» fani bo’yicha talabalar quyidagi bilimlar bilan qurollangan bo’lishi zarur:
    - informatika va axborot texnologiyalari haqida tushunchalar;
    - informatika va axborot texnologiyalarining har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi roli;
    -  informatikaning texnik va dasturiy vositalarining mohiyati va didaktik imkoniyatlari;
    - yangi pedagogik va axborot texnologiyalari va ularning o’quv-tarbiya jarayonida qo’llash.
     Bo’lajak informatika o’qituvchisi yangi axborot texnologiyasini, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarni chuqur o’rgangan, shuningdek, jamiyatni, ta’limni axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallagan bo’lishi lozim.
     

    Download 45.1 Kb.
      1   2   3   4




    Download 45.1 Kb.