|
Azot Azotli oʻgʻitlar
|
bet | 1/2 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 70,5 Kb. | | #150414 |
Bog'liq Azotli organik birikmalar.
Mavzu: Azotli organik birikmalar.
Reja:
Azot
Azotli oʻgʻitlar
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi.Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi.
Xossalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiak, gidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.
Sanoatda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Azot oʻsimliklar uchun asosiy „oziq“lardan biridir. Mineral va organik birikmalari tuproqqa yogʻin-sochin bilan yoki oʻgʻit sifatida tushadi. Erkin azot ammiak sintezida, baʼzi kimyoviy reaksiyalarda inert muhit hosil qiluvchi sifatida, simobli termometrlardagi boʻshliqni toʻldirishda, yonuvchan suyuqliklarni bir idishdan ikkinchi idishga haydashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Suyuq azotdan past temperatura bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda (kriostatlar, vakuum qurilmalar va boshqalarda) foydalaniladi. Azotning tabiiy birikmalari ammoniy xlorid va turli nitratlar (selitralar)dan iborat. Oʻrta Osiyoning quruq choʻl iqlimida koʻp miqdorda selitra toʻplanadi. Azot oqsillar, nuklein kislota,xlorofill va fermentlarning ajralmas tarkibiy qismi boʻlganligidan oʻsimliklar hayot faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Oʻsimliklar tuproqdagi azotli moddalarni oʻzlashtirib, ulardan oqsil hosil qiladi. Havodagi erkin azotni azot birik-malariga aylantiruvchi mikroorganizmlar tufayli tuproqda ancha miqdorda azot toʻplanadi. U tuproqda asosan toʻrt xil birikma holida: chirindi (gumus) azoti, ammoniy tuzlari, nitratlar (NO3), oqsil organik azoti (toʻliq parchalanmagan oʻsimlik qoldiqlari) va ularning oʻzgarish mahsulotlari – aminokislotalar, peptidlar, amidlar va aminlar holida mavjud boʻladi.
Azotni tuproqdagi organik birikmalarini eruvchanligi boʻyicha uch guruhga: suvda eriydigan, suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda eritmaga oʻtuvchi va suyultirilgan kislota bilan gidrolizlanganda erimaydigan guruhga boʻlish mumkin. Erimaydigan guruhga mansub boʻlgan azot kam harakatchan va oʻsimliklarga yaxshi singmaydi. Oʻrta Osiyoning ayrim tuproqlari tarkibidagi umumiy azotning taxminiy miqdori: och tusli boʻz tuproqlar (haydalma qatlam)da – 0,04–0,07 %, koʻpdan beri sugʻorilib kelinayotgan tipik boʻz tuproqlarda – 0,10–0,15 % va toʻqtusli oʻtloq tuproqlarda – 0,20–0,50 %. Oʻrta Osiyoning sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida yuqori hosil olish uchun tuproqda azot zahirasi yetarli emas, shuning uchun bu yerlarda azotli oʻgʻitlar qoʻllaniladi. Oʻsimliklardagi azotning koʻp qismi oqsil moddalari holida boʻladi. Turli urugʻlar oqsili tarkibidagi azot miqdori 16,5–17,5 % ni tashkil qiladi. Gʻoʻza-beda almashlab ekishda beda ekilgan har gektar yerda biologik azotga boy 20 tonnagacha organik modda hosil boʻladi; undagi biologik azot miqdori 400– 600 kg/g. Azotdan oʻgʻitlar ishlab chiqarishda, koʻpchilik sanoat sohalari, jumladan, metallurgiyadagi turli kimyoviy jarayonlarda inert muhit sifatida foydalaniladi.
|
| |