|
5- mavzu: «Raqamli texnologiyalar»
|
bet | 1/4 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 202,71 Kb. | | #137977 |
Bog'liq 5- mavzu 5- mavzu: «Raqamli texnologiyalar» Reja - 1.Raqamli texnologiyalar nima?
- 2.Raqamli texnologiyalarni raqamli iqtisodiyotni shakllantirishga ta’siri.
- 3.Raqamli platforma. Katta ma’lumotlar analitikasi.
- 4. Internet buyumlar. Kvant informatikasi.
ELEKTRON TIJORIY MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Sun’iy intellekt (Artificial Intellect) texnologiyalari va kompyuterlar yordamida o’qitish - Sun’iy intellect deb, komp’yuterlarning an’anaviy ravishda insonlar bajaradigan aqliy va ijodiy ishlarni bajara olish qobiliyatiga tushuniladi. Yana ushbu atama bilan intellectual mashinalar yaratish ilmi va texnologiyasini ham tushunadilar. Sun’iy intellektning bunday aniqlanuvu 1956 yilda amerikalik informatik Djon Makkarti tomonidan kiritilgan. Ingliz tilida artificial intelligence so’z birikmasi bizda “sun’iy intellect” ma’nosini bildirsa, intelligence so’zi inglizchada “aqlli fikrlash qobiliyati” deb tushuniladi. Shu sababli, sun’iy intellect information texnologiyalari qandaydir tizimning o’z-o’zini o’qitish evristik jarayonida qandaydir sinfga oid masalalarni yechish uchun dasturlar yaratish va bu dasturlar yordamida ushbu masalalarni yechishni anglatadi. Sun’iy intellektni aniqlashning empiric testini 1950 yilda Alan T’yuring taklif qilgan. Unga ko’ra, fikrlovchi mashina deb, inson u bilan so’zlashganda uni inson sifatida qabul
- qilinishi tushunilishi lozim. Sun’iy intellect tizimlarini yaratish bo’yicha bir qancha yondoshuvlar mavjud. Ular ichida eng ommabopi evristik yondoshuv bo’lib, bunda mashina o’zini o’rab turgan dunyoni sinab ko’rish va xatolar tahlili usuli bilan o’rganadi. “O’qituvchisiz o’qish jarayoni” deb nomlangan extimollik mashinasi g’oyasini ilk bora 1956 yilda Dartmund konferentsiyasida Rey Solomonoff aytib o’tgan.
1.Raqamli texnologiyalar nima? - Raqamli texnologiya bu – xo‘jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo‘lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an’anaviy ho‘jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko‘rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarm saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
|
| |