5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari Etalon




Download 19.62 Kb.
bet1/3
Sana15.04.2024
Hajmi19.62 Kb.
#196456
  1   2   3
Bog'liq
5-амалий ЎФА
SIRTQILAR UCHUN MUSTAQIL ISH MAVZULARI, kompositsion materiallar hh, TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI, Texnik topshiriq 1902 s намуна, Mavzu Ekologik xavfsizlikni taʼminlashning iqtisodiy asoslari-fayllar.org, QAYTA, uy hayvoni, 4-amaliy topshiriq (1) (2), Mustaqil ta (1), 9-AMALIY MASHGULOT, EvaS 5-amaliy, 127904, Bayxonov.B, 11 sinf, Izox so\'zlar

5-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari

Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi Etalonga solishtiriladi. Etalon birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat Etalonlari, Etalon guvoh, solishtirma Etalon, ishchi Etalon, Etalon nusxalarga boʻlinadi.


Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq oʻlchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini oʻzgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga oʻxshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi oʻziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.


Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini oʻzgarishi 0,1-0,05 gradus (…°С) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat oʻlchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni oʻzgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 °С da ushlab turiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kerakli sifatini, texnikani, jumladan transportlarning, havfsiz va avariyasiz ishlashini hamda ishonchli tibbiy va ekologik diagnozlarni ta’minlashning asoslaridan biri bu ishonchli o‘lchash ma’lumoti hisoblanadi. Ishonchli o‘lchash ma’lumoti – har qanday boshqarish, tahlil qilish, oldindan aytib berish (prognoz), rejalashtirish yoki nazoratning asosi hisoblanadi. Tabiiyki, faqatgina juda aniq va kafolatli aniqlikdagi oʻlchash natijalari to‘g‘ri qaror qabul qilish imkonini beradi va natijada kerakli sifatdagi mahsulot (xizmat) yaratiladi.
Har qanday oʻlchashni bajarish albatta oʻlchash vositalari, ya’ni oʻlchash asboblari, oʻlchovlar, oʻlchash oʻzgartkichlari, oʻlchash uskunalariyu oʻlchash tizimlari yordamida bajariladi. Ular albatta oʻlchashga yaroqli va aniqligi kafolatlangan boʻlishi shart.
O‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun etalonlar yordamida faqat asosiy birliklarni markazlashtirilgan tarzda kayta tiklash etarli. Hosilaviy birliklarning o‘lchamlari esa maxsus talablarga qattiq rioya qilingan holda bilvosita o‘lchashlar yo‘li bilan olinishi mumkin. Lekin, o‘lchash aniqligining umumiy darajasini ko‘tarish uchun zamonaviy texnologiyalar uchun zarur va birlik o‘lchamlarini uzatish operativligini (tezkorligini) ko‘tarish uchun etalonlar yordamida hosilaviy birliklarni ham qayta tiklash keng qo‘llaniladi. Birlikni qayta tiklash aniqligining darajasi bo‘yicha va metrologik tobeligi bo‘yicha etalonlar birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga bo‘linadi.

Download 19.62 Kb.
  1   2   3




Download 19.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Etalonlar va ularning qo`llanilish sohalari Etalon

Download 19.62 Kb.