5-Amaliy mashg’ulot Mavzu




Download 15.02 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi15.02 Kb.
#39857
Bog'liq
5-Amaliy mashg’ulot
Презентация1, barchin ijtimoiy , 6-Amaliy Mashg\'ulot, 1 самостоятельный., Умида Мой город., Mavjuda essey 1, Boronova ijt mus tal 2, Faxriddin akt1, 1Elementar piramida, Sevara yvt, 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir (1), 2- mavzu. Sinf rahbarining o‘quv faoliyati samaradorligini oshir, muqaddas1, Maftuna Fiziologiya1

5-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni yakka ijrochilikka o’rgatish
Reja:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni yakka ichrochilikka o’rgatish
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni jamoviy ichrochilikka o’rgatish
Jamoaviy ijrochilik ya'ni xor bo'lib qo'shiq kuylash o'z o'rnida bir qator vocal xor malakalarini talab qiladiki, bu malakalarsiz xor bo'lib kuylashni tasavvur etish qiyin. Bolalarni xor bo'lib kuylashga o'rgatish uchun vokal-xor malakalarini qunt bilan, sabr-bardosh bilan egallab borishni va zarur ko'nikmalarga ega bo'lishini taqazo etadi. Jamoa bo'lib xor bo'lib kuylash bolalarda l bir qator jihatlarni jumladan, ularda ko'pchilik bo'lib kuylash davomida o'zgalarni kuylashini eshitib, yagona organizmga birlashib, ansambllikni his etib kuylashga o'rgatadi, o'z navbatida bu ularni axloqiy va ma'naviy jihatdan shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Hozirgi kunga kelib bolalar xor ijrochiligining yangi-yangi shakllari yuzaga kelmoqdaki, bulardan eng asosiylari quyidagilaridir:
1. Musiqa darslaridagi sinf-xor jamoasi. (Bular o'z o'mida maktab madaniy tadbirlarida, sinf-konsert chiqishlarida o'zlarini namoyish qilishadi).
2. Maktabda tashkil qilinadigan bolalar xor to'garaklari.
3. Bolalar ijodiyot markazlarida tashkil etiladigan xorlar.
4. Bolalar xor studiyalari.
5. Bolalar musiqa va san'at maktablarida tashkil etiladigan xor jamoalari.
6. Madaniyat muassasalari qoshiqa tashkil etiladigan badiiy havaskorlik xor jamoalari.
Xor jamoasi ishini avval boshdan to'g'ri yo'lga qo'yish va uning muvaffaqiyatli ishlashida rahbarning tashkilotchilik faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki xor bo'lib kuylash vokal kuylashga asoslanadi. Xor jamoasi qanday tur va tipda bo'lishidan qat'iy nazar, xonandalarda vokal kuylash ko'nikmalarini hosil qilish eng muhim ish hisoblanadi. Xor jamoasida olib boriladigan vokal ishlarining maqsadi ijrochilarda to'g'ri, jarangdor ovoz, interval-akkordlarni sof intonatsiya qilish malakalarini hosil qilishdir.
Bunda quyidagi jihatlarga asosiy e'tibor qaratiladi:

-vokal xor ijrochligining muhim elementlari ustida ishlash, yaxshi soz

ansambllik, so'z talaffuzi, badiiy ifoda vositalarini egallash;

-to'g'ri nafas olish, vokal tovushni barpo qilish va shakllantirish;

-jamoa a'zolarini yagona organizmga birlashgan kuylash makalariga ega qilish,

ijroni boshlash, tugallash, dirijorlik ishoralariga amal qilib kuylash omillariga erishish;


Xor jamoasi uchun asarlar tanlashda quyidagi shatlarga amal qilish foydali bo'ladi:

- asar matnining badiiy mazmuni va tarbiyaviy ta'sirchanlikka ega bo'lishi; - qo'shiqni bolalar tabiati, ruhiyatiga, ijro imkoniyatlariga mos kelishi, yengil,



oson o'zlashtiriladigan, xalqchil bo'lishi; - asarning umumjamoa kuchiga to'g'ri kelishi;

- asar diapazonining xor turi va umuman diapazonga muvofiq kelishi; - yengil va kichik asarlardan kattaroq, ijrosi nisbatan qiyiqroq asarlarga o'ta borish jamoani o'sishiga olib keladi.
Download 15.02 Kb.




Download 15.02 Kb.