• Ikkinchi bosqichda
  • Uchinchi bosqichda
  • 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Asosiy savollar




    Download 0.6 Mb.
    bet14/50
    Sana23.02.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #161370
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    2-amaliy ish webb, кандидата шаблон пустая, kimyo 8 chsb, Лаборатория ишларига курсатма 5 (1), Individual loyiha (1), Individual loyiha mavzulari Loyihada ishtirok etuvchi talabalar , Interactive xizmatlar ushbu loyiha maqsad va vazifalari-kompy.info, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiy, Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasi Induvidual loyiha, Mundarija kirish 3 I. Nazariy qism, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v, Loyiha pasporti, 3. Х.K. Aripov, A.M. Abdullayev, New Round up 1, Klass jurnalı
    Birinchi bosqichda o’qituvchi talabaning seminar mavzusini aniqlab beradi. Mavzuni tanlash va bo’lg’usi ma’ruza yoki axborotni tayyorlashda ularga nisbatan shunchaki o’qituvchi, talaba deb qaramaslik kerak, balki ularni seminarda muhokama qilinadigan mavzuning ahamiyatini, dolzaibligini fikrlashga, o’quv fanini keyinchalik muvaffaqiyatli egallash uchun uni chuqur o’rganishi lozimligini anglashga, bo’lg’usi kasbiy faoliyatining hozirgi ijtimoiy, ilmiy muammolarini rejalashtira olish darajasiga olib kelish zarur. Bunda vaqtni tejash, tashkiliy ishlarni olib borishni jadallashtirish uchun talabalarga mavzu bo’yicha adabiyotlarni, imkoni boricha, mavzulari, paragraflari va sahifalarini ko’rsatgan holda tavsiya etish lozim. Talabalami ma’ruza va axborotlarga tayyorlashning birinchi bosqichida uning mavzusi bo’yicha referatning batafsil rejasini tuzish vazifasi yuklanadi.
    Ikkinchi bosqichda talabalami ma’ruza qilishga tayyorlashda o’qituvchi u bilan birga referat rejasini muhokama qiladi, uning ayrim o’rinlarini tuzatadi. Bu o’z navbatida dastlabki fikrlarni tezlikda tuzatish, aniqlik kiritish, to’ldirish imkonini beradi va u pirovard natijada bo’lg’usi ma’ruzaning sifatini oshiradi.
    Uchinchi bosqichda o’qituvchi talaba tayyorlab kelgan referatning mazmuni bilan tanishadi. Zaruriyat tug’ilganda, unga savollar qo’yish, talaba esa bu suhbatdan so’ng tegishli tuzatishlar qilishi lozim bo’ladi. Shuningdek, shunday savollarni ham berish kerakki, talaba bu savollarga o’z chiqishida javob bersin. Ayni o’rinda talabaning seminarda ma’ruza qilish uslubi ham muhokama qilingani ma’qul.
    Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, faqat ma’ruza bilan qatnashadigan talabalar bilan ishlab, boshqa talabalar nazardan chetda qolmasin. Balki guruhdagi barcha talabalar oldindan muhokama qilinadigan mavzular bilan tanish bo’lishi, seminar mavzusi bilan aloqador leksiya va qo’shimcha materiallar mazmuni ustida ishlagan bo’lishi, mavzuga muvofiq ravishda olinayotgan bilimlarni nazorat qilishga va mavzuni muhokama qilishga tayyor bo’lishlari lozim. Bunday seminar mashg’uloti odatda muhokama qilinadigan mavzuning mohiyati va dolzarbligi lektsiya materiali bilan bog’lashni eslatish bilan boshlanadi. Shundan so’ng talabalar o’rganilayotgan masalani muhokama qilishga faollashtiriladi, bilimlarini namoyish qila olishi aniqlanadi.
    Bu ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: yo qisqacha javoblar talab qiluvchi va oldindan tayyorlab qo’yilgan savollar bo’yicha suhbat shaklida yoki tuzatish (korreksiya) test savollari asosida nazorat qilish orqali. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bu har ikkala bilimlarni yuzaga chiqarish usuli tezkor usul bo’lib, seminarning ushbu bosqichini o’tkazishning muhim samarali sharti hisoblanadi. Talabalar bilimlarini yuzaga chiqarish jarayonida ularning egallagan bilimi keyingi seminarlarda va muhokamalarda qatnashishlari uchun etarli ekanligi aniqlanadi. Talabalarda muhokamadan so’ng ham bilimlar etarli bo’lmasa, o’qituvchining bayoni orqali yoki talaba bilan individual suhbat shaklida tushuntiriladi. Ulardan qay biri samara bersa, shunisidan foydalanilgani ma’qul. Keyingi variant nisbatan samarali bo’lishi mumkin.
    Bilimlar yuzaga chiqarilgan va ayrim tuzatishlar qilingandan so’ng, talabalarning ma’ruza va axborotlar bilan chiqishlari tashkil etiladi. O’qituvchi talabaning materialni mantiqiy bayon qila olishini, uni bayon qilish usulini, talabalarning unga bo’lgan e’tiborini kuzatib boradi. Ma’ruzaning mazmunini bayon qilish yoki muhokamaning borish jarayoni talabalarni zeriktirib qo’yganda yoki aksincha, undagi ayrim masalalarga qiziqish kuchli bo’lganda hamda uni muhokama qilish zaruriyati tug’ilganda, hurmatini saqlagan holda ma’ruzachini biroz to’xtatib, seminarni jamoa muhokamasiga aylantirish maqsadga muvofiqdir.

    Download 0.6 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Asosiy savollar

    Download 0.6 Mb.