Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tayanch konspekt ko’rgazmali sxemani tashkil etmoqda




Download 0.68 Mb.
bet42/50
Sana14.05.2023
Hajmi0.68 Mb.
#59683
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Bog'liq
5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
3-dedline, Kons.MI
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tayanch konspekt ko’rgazmali sxemani tashkil etmoqda.
V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini, ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi.
Tayanch signal o’zaro uzviy bog’lovchi ramzlar (ishora, so’z, sxema, rasm va h.o) bo’lib, qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi.
Tayanch konspekt - o’quv materiallari o’zaro bog’langan usullarining
butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g’oyalar tizimi o’mida qo’llana oladigan ko’rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt ko’rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg’ulotlarda etarli darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o’quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalovning o’quv jarayoni texnologik sxemasi tablisada
ko’rsatilgan.
V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo’lib, ular bir qancha usul va metodik echimlarni o’z ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o’rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo’r, ko’rgazmali qurol, O’TV bilan) bo’yalgan plakat — tayanch konspekt bo’yicha qayta tushuntirish; plakat bo’yicha qisqacha bayon qilish; o’quvchilarning o’z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt bloklari bo’yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspektQdarslikQota-onalar yordami. O’quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda o’qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o’qi; o’qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik materiallarini so’zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni so’zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab chiqqish va namunaga qiyosla.
3. Birinchi takrorlash - konspektni o’zlashtirishni har tomonlama keng nazorat qilish: barcha o’quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, o’qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi bir vaqtning o’zida «asta» va magnitafon orqali so’rab boradi yozma ishdan so’ng og’zaki so’rash boshlanadi.
4. Tayanch konspektni og’zaki so’zlab olish - o’zlashtirishdagi tashqi nutq (og’zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol-javoblar jarayonida yuz beradi.
5. Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish): o’zaro nazorat darslari; oldindan sinov savollari ro’yxatini nashr qilish; tayyorlash; barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.) o’zaro so’rash va o’zaro yordam; o’yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).
Nazorat, baholash. V.F. Shatilov o’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi. Doimiy tashqi nazoratni o’zini-o’zi nazorat qilish va o’z-o’zini baholash bilan bog’lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi etadigan darajada talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki bahoning yo’qligi va past bahodan qo’rqishning yo’qligi.

Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo’yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland ovozda so’rash, magnitafonda, juftlikda o’zaro nazorat, guruhdagi o’zaro nazorat va uy nazorati, o’z-o’zini baholash.


O’quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar uchun maxsus ochilgan ko’zguga qo’yib boriladi. U go’yo o’quvchiga xizmat qiladigan ro’yxat vazifasini bajaradi. Baholar esa ijobiy shifrlangan tavsifnoma ahamiyatiga ega bo’ladi. Bunday tavsifnomani e’lon qilish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’ladi. Bu tavsifnomaning eng muhim tomoni shundaki, unda o’quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o’zgartirishi mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb ta’kidlaydi V.F. Shatalov, awalambor, o’quvchida ijobiy e’tiborni qo’zg’atadigan vosita, turtki bo’lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo’ladi hamda o’qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli vaziyatlarni bartaraf qiladi.
«cho’milmoq», kitobdagi xatolarni topmoq, varaqchalarda misol-masala echish, tanlov asosida misol-masala echish, qo’lda echish, tajriba darslari, «miyaga» niqtash, quyidan yuqoriga qarab echish, aytib beiganni rag’batlantirish, ochiq fikiiar darsi, oltinchi ball, ijodiy konspekt, tezaytish hamda keskinlikni yumshatish usullari (musiqa, yorug’lik, tanaffus va b.) va b.
V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o’quv faoliyati tizimi maktab o’quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o’qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar: til, tarix kabi fanlarni o’qitishda ham keng tarqaldi.
V.F. Shatalov metodikasi oliy o’quv yurtlarida ham muvaffaqiyatli qo’llanmoqda.

Download 0.68 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Download 0.68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tayanch konspekt ko’rgazmali sxemani tashkil etmoqda

Download 0.68 Mb.