Narx shakllanishi uslublarini tanlash




Download 20.47 Kb.
bet2/3
Sana20.01.2024
Hajmi20.47 Kb.
#141765
1   2   3
Bog'liq
5-Mavzu marketing tizimida narx siyosati-fayllar.org
4.Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan baholardagi o’zgarishlar va xatolar, 1-mus ishi, Falsafa 00
5.2. Narx shakllanishi uslublarini tanlash
Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi. Quyidagi 34-chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o’z tovariga narx belgilashi keltirilgan. Juda past narx Mumkin bo’lgan narx Juda yuqori narx Bu narxda foyda olish mumkin emas Mahsulot Raqobatchi tannarxi lar narxi Tovarning tengi yo’q Bu narxda talab shakllanmaydi 166 xususiyatlari 34-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar Keltirilgan 35-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek, tovarning mumkin bo’lgan minimal narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo’lgan maksimal narxi esa tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo’q xususiyatlari asosida aniqlanadi. Korxona narx shakllanishi muammosini echar ekan, u yuqorida keltirilgan mulohazalardan birini tanlab ish ko’radi. Bunda korxona tanlangan uslub tovarning aniq narxini hisoblashda to’g’ri ekanligiga ishonib faoliyat yuritadi. Quyidagi 35- chizmada narx belgilashning 3 xil usuli ko’rsatilgan. 35-chizma. Narx belgilash uslublari Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan usuli. Bu usul eng oddiy hisoblanib, mahsulot tannarxiga shu mahsulotni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha etkazib berishgacha bo’lgan jarayonda vujudga keladigan xarajatlarni va korxonaning oladigan foydasini qo’shishga asoslanadi. Har xil tovarlar uchun savdo ustamalari bir-biridan farq qiladi. Narxni aniqlashga bunday yondashuvda bozor talabi va raqobatchilar narxi hisobga olinmaydi. Bundan tashqari, sotiladigan mahsulotning hajmini aniqlash qiyin bo’lganligi sababli, ishlab chiqarish xarajatlarining hajmini aniqlashda ham qiyinchilik tug’iladi. Shunga qaramasdan, bahoni aniqlashning bu usuli tez-tez qo’llaniladi, chunki bu usul oddiy va tushunarlidir. Narx belgilashning xarajatlarni hisoblashga asoslangan uslublaridan yana biri zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida olib boriladigan usul hisoblanadi. Talabga asoslangan usul Xarajatlarni hisoblashga asoslangan usul Raqobatchilar narxiga asoslangan usul Zararsizlik va maqsadli foydani ta'minlashning tahlili asosida narx belgilash usuli. Ma'lumki, har bir korxona ma'lum bir foydani ko’zlab narx qo’yishga intiladi. Narxlashtirishning bu usuli zararsizlik grafigiga asoslanadi. Zarasizlikning gipotetik grafigi 36-chizmada ko’rsatilgan. Bu grafikda yalpi daromad, foyda va jami xarajatlarning sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Keltirilgan 36-chizma ma'lumoti shundan dalolat beradiki, doimiy xarajatlar 300000 so’mga teng bo’lib, sotiladigan mahsulot hajmiga bog’liq emas. O’zgaruvchan xarajatlar doimiy xarajatlarga qo’shilib jami xarajatlarni tashkil qiladi va uning miqdori sotiladigan mahsulot hajmiga qarab o’zgarib turadi. Yalpi daromad egri chizig’ining tikkaligi tovar narxiga bog’liq bo’ladi. Bizning misolimizda tovar birligining narxi 20 so’mga teng. Yalpi daromad 1000 800 600 Jami xarajatlar 400 Doimiy xarajatlar 200 0 10 20 30 40 50 36-chizma. Zararsizlik va maqsadli foyda tahlili usuli bo’yicha narxni aniqlash Bunday narxda zararsizlikni ta'minlash uchun korxona eng kamida 30000 tovar birligini sotishi kerak. Shuncha miqdordagi tovar birligining har birini 20 so’mdan sotib, korxona 600000 so’m tushumga ega bo’ladi. Ana shu ko’rsatkich zararsizlik nuqtasiga mos keladi. Maqsad qilib qo’yilgan foydaga erishish uchun korxona sotish hajmini oshirishi zarur. Bizning misolimiz bo’yicha korxona 200 ming so’m foyda olishi uchun eng kamida 50 ming tovar birligini sotishga erishishi kerak bo’ladi. Talabga asoslangan usul. Ko’pchilik hollarda korxonalar narxlashtirishning asosiy omili xarajatlar emas, balki tovarning iste'molchilar tomonidan xaridor sifatida qabul qilinishi, ya'ni tovarning xaridor xohlaydigan foydaliligidadir deb biladilar. Demak, narx bu holda tovarning qiymat jihatidan muhimligiga muvofiq kelishi kerak. Aslida ham har bir xaridor u yoki bu tovarni xarid qilar ekan, u xayolan xarid qilingan tovarning narxini uning foydaliligi bilan taqqoslab ko’radi. Ming so’m Sotish hajmi, ming dona Tovarning foydaliligi asosida narxlashtirish usulidan foydalanadigan korxona iste'molchilar ongida shu korxonaning tovariga raqobat qilayotgan tovarlar haqida ham qanday tasavvur mavjudligini bilishlari talab etiladi. Bu erda iste'molchilarning bitta tovar uchun har xil sharoitlarda qancha pul to’lashga tayyor ekanliklarini bilish ham muhim hisoblanadi. Agar sotuvchi tovarga narxni uning foydaliligidan ko’proq belgilasa, sotish hajmi belgilangandan kamroq bo’lishi mumkin. Ko’pgina kompaniyalar o’z tovarlarining narxlarini juda yuqori belgilaydilar va natijada tovar bozorda yomon sotiladi. Ba'zi kompaniyalar esa o’z tovarlariga haddan tashqari past narx belgilaydilar. Bu holda tovarlar bozorda yaxshi sotilsada, korxonaga kam daromad keltiradi. Iste'molchilarning narx darajasiga munosabatlarini bilish uchun maxsus marketing tadqiqotlari o’tkaziladi. Masalan, iste'molchilar orasida so’rovlar o’tkazish va bozorni testlashtirish shular jumlasiga kiradi. Iste'molchining tovarni xarid qilishiga uzoq muddat davomida mavjud bo’lib kelayotgan va xaridor odatlanib qolgan narxlar ham katta ta'sir ko’rsatadi. Bunday holatda tovar narxining ozgina oshishi ham tovar xaridining keskin kamayib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunda iste'molchining odatlanib qolgan narxlarga nisbatan fikrini tovarning sifatini, o’rab-joylanishini va dizaynini juda yaxshilash hisobiga o’zgartirish lozim. Iste'molchilar talabi asosida narx belgilashning variantlaridan biri kim-oshdi savdosi o’tkazishdir. Agar tovar iste'molchi uchun juda ahamiyatli, katta qiymatga ega bo’lsa, u holda kim-oshdi savdosining boshlang’ich narxini juda yuqori belgilash mumkin bo’ladi. Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuli. Korxonaning narx siyosatiga raqobatchilarning narxlari va bozorda narx o’zgarishiga raqobatchilarning munosabati katta ta'sir ko’rsatadi. Demak, raqobatchilar narxini o’rganish - narx shakllanishi sohasida muhim elementlardan biri hisoblanadi. Dastavval korxonaning narx siyosati bozor tipiga bog’liq ekanligini qayd etishi lozim. Agar bozor sof raqobatchilar bozori bo’lsa, unda sotuvchi bozordagidan yuqori narxni talab qilishi mumkin emas, chunki xaridorlar ushbu bozor narxi bo’yicha tovarning xohlagan miqdorini ochiq sotib olishlari mumkin. Demak, bu erda narxlar talab va taklif asosida belgilanadi. Bunda narxlar qat'iy va ularga alohida korxona tomonidan ta'sir ko’rsatish deyarlik mumkin emas. Bozor tiplaridan yana biri monopolistik raqobat bozori hisoblanadi. Bunday bozor ko’p sonli xaridorlar va sotuvchilardan iborat. Ular o’zlarining bitimlarini yagona narx bo’yicha emas, narxlarning keng diapazoni bo’yicha amalga oshiradilar. Bunday sharoitda korxona narxni o’zgartirishi uchun keng imkoniyatlarga ega. Narx belgilashning raqobatchilar narxiga asoslangan usuliga korxonaning bozorda mustahkam o’rin egallab turgan etakchi korxona belgilangan narxiga qarab narx belgilashini ham kiritish mumkin. Bunday holda korxona o’z tovariga bozor etakchisi belgilagan narxdan ko’ra pastroq narx belgilaydi.

Download 20.47 Kb.
1   2   3




Download 20.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Narx shakllanishi uslublarini tanlash

Download 20.47 Kb.