• Kalit so‘zlar
  • 1-rasm. Investitsiya iqlimiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar (%)da[3]
  • Adabiyotlar ro‘yxati
  • Anjuman qatnashchilari talabnomasi
  • O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari




    Download 32,31 Kb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi32,31 Kb.
    #229617
    Bog'liq
    1-sho‘ba Tezis Suyunov Sh


    O‘ZBEKISTONDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISH VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO‘LLARI
    Suyunov Shohzod Murod o‘g‘li
    Guliston davlat universiteti, stajyor-o‘qituvchi
    Annotatsiya. Milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqish hozirda juda ahamiyatli hisoblandi. Shu boisdan ushbu ilmiy ishda mamlaktimizning investitsion jozibadorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan.
    Kalit so‘zlar: milliy iqtisodiyot, texnika, investitsiya, texnologiya, investor, strategik aktiv, siyosiy vaziyat, tavakkalchilik, risk.
    Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish zamonaviy ilg‘or texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifani samarali hal etish uchun esa iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish talab qilinadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat investitsiya siyosatining ahamiyati juda muhim hisoblanadi. O‘zbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning quyidagi fikrlari shu haqida: “Mamlakatimizda investitsiya siyosatini kuchaytirish masalasiga biz alohida ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xorijiy sarmoyalarni va ilg‘or texnologiyalarni iqtisodiyotga jalb etish uchun chet ellardagi diplomatik vakolatxonalarimiz jiddiy ish olib borishi lozim. Buning uchun tashqi ishlar vazirligi faoliyatini kuchaytirish, chet mamlakatlaridagi elchilarimiz nafaqat siyosiy, ayni vaqtda yurtimizga investitsiyalarni jalb qilish masalalari bilan ham faol shug‘ullanishlari darkor. Ularning bu boradagi faoliyati nazorat qilish uchun Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasining faoliyat sohasi va vakolatlarini kengaytirish zarur, deb hisoblayman”[1].
    To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar investorlarning mazkur mamlakatda ishlab chiqarishni joylashtirish qaroriga ta’sir etuvchi, ya’ni motivatsiyasi omillariga ko‘ra quyidagicha tasniflanadi[2]:

    • Resurslarni ko‘zlovchi investitsiyalar (resource seeking FDI) – xorijiy investor sarmoya kiritishining klassik motivatsiyasi bo‘lib, rivojlanayotgan davlatning arzon tabiiy resurslarga boyligi ularni jalb etadi va bu investitsiyalardan asosiy maqsad tabiiy resurslarni ichki bozor hamda eksport uchun qazib olish va ishlov berish.

    • Samaradorlikni oshirish maqsadidagi investitsiyalar (effisiencu seeking FDI) - ishlab chiqarish xarajatlari past va ishlab chiqarishda ishchi kuchidan intensiv foydalanish mumkin bo‘lgan iqtisodiyotlarga sarmoya kiritish, ya’ni global bozor uchun ishlab chiqarishda band bo‘lish.

    • Bozorni kengaytirish maqsadidagi investitsiyalar (market seeking FDI) – bu importga qat’iy cheklashlar qo‘yilgan bo‘lsa, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish va rivojlanayotgan mamlakatlarning mahalliy bozorlariga kirish maqsadida ishlab chiqarish sektoriga investitsiya kiritish, ya’ni keng miqyosda ichki bozorga xizmat ko‘rsatish. Qo‘shimcha sabablar transport xarajatlari, mahalliy iste’molchilar dididagi farqlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.

    • Strategik aktivlarni ko‘zlovchi (strategik asset seeking FDI) – investorlarga raqobatda ustunlik yaratuvchi va ko‘p hollarda boshlanayotgan monopoliyani beruvchi aktivlarni qidirish, ya’ni nou-xau, ilmiy tadqiqotlarga investitsiya kiritish.


    1-rasm. Investitsiya iqlimiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar (%)da[3]
    Yuqoridagi 1-rasmning tahlili shuni ko‘rsatadiki, investitsiyaviy faollikning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy omillar:

    • makroiqtisodiy beqarorlik, bu – salbiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy rivojlanishning salbiy dinamikasi, inflyatsiyaning yuqori darajasi, byudjet taqchilligi, to‘lov balansi taqchilligi, ichki va tashqi qarzlarning yuqoriligi).

    • mamlakatdagi siyosiy beqarorlik, ijtimoiy keskinlik (etnik va diniy tartibsizliklar, ish tashlashlar, korrupsiya, byurokratiya, aholi turmush darajasining pasayishi va h.k.).

    O‘zbekistondagi mavjud investitsiya muhiti, fikrimizcha, investorlarning investitsiya risklarini baholash asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga qulayliklar yaratish kerak. Chet ellik investorlar qabul qiluvchi mamlakatdagi investitsiya muhitini, uning xavfsizligi, siyosiy risklar darajasi va ularning sug‘urtalanishi, investitsiyalash maqsadlarga muvofiqligi, iqtisodiyotning boshqalarga qaraganda qulayligi nuqtai nazaridan baholaydilar.
    Mamlakatimizdagi eng asosiy hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar: korrupsiya, sansolarlik, byurokratiya, muammolarni hal etish va qulay investitsiya muhitini yaratish uchun xorij tajribasiga yuzlanmog‘imiz kerak.
    Adabiyotlar ro‘yxati:

    1. Shavkat Mirziyoev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash- yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017 y.

    2. Dunning J. The Globalization of Business. – London: Routledge, 2017. – p.67.

    3. https://cedr.tsue.uz/index.php/journal/article/view/816/748



    Anjuman qatnashchilari talabnomasi:

    1. Familiya, ism, sharifi – Suyunov Shohzod Murod o‘g‘li


    2. Ilmiy darajasi va unvoni – yo‘q
    3. Ish joyi, lavozimi – Guliston davlat universiteti stajyor-o‘qituvchi
    4. Maqolaning nomi - O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari
    5. Qaysi sho‘baga tegishli – 1-sho‘ba. Milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari
    6. Telefon raqami – 99-473-52-42
    Download 32,31 Kb.




    Download 32,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish yo‘llari

    Download 32,31 Kb.